loading...

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli 10 tabiiy ofat 

6166

Urush o'n minglab kishilarni hayotdan olib ketadi, lekin hatto eng qonli urush ham tabiiy ofatga tenglasha olmaydi. Qay biri dahshatliroq - to'fonmi yoki yong'in? Vulqon ko'tarilganda omon qolish imkoni bormi? Qor ko'chganda-chi? Afsuski, barcha holatlarda ham omon qolish imkoni minimal darajada. Don't Panic nashri insoniyat tarixidagi eng dahshatli 10 tabiiy ofatni jamlab, maqola tarzida havola etdi. Ehtimol, tabiat bizni sayyoraga beparvolik bilan ziyon etkazayotganimiz uchun jazolayotgandir.
 
Mon-Pele vulqoni (1902-yil)
 
1902-yilning 8-mayida ko'p yillar davomida tinchgina mudrab yotgan Mon-Pele vulqoni kutilmaganda portladi. Bu halokatni shunchaki otilish deb bo'lmaydi: lava oqimi va tog' jinslari bo'laklari Martinikining asosiy porti Sen-Perni deyarli yo'q qildi. Atigi bir necha daqiqa ichida 36 000 kishi halok bo'ldi.
 
Xitoydagi suv toshqini (1931-yil)
1931-yilning boshi butun Xitoy xalqi uchun katta sinov bo'ldi. Zamonaviy tarixchilar insoniyat tarixidagi eng yirik tabiiy ofat deb atovchi dahshatli toshqinlar seriyasi deyarli 4 million kishining hayotiga zomin bo'ldi.
 
Kurshadagi yong'in - 2 (1936-yil)
 
1936-yilning yozgi mavsumi juda issiq keldi. Shamol qishloq yaqinida boshlangan yong'inni kuchaytirib yubordi. Olov odamlar tomon harakatlanar edi. Tunda qishloqqa poezd yaqinlashdi, o'rmon-qutqaruv ishlariga tayyorgarlik boshlandi. Oxirida, xavf darajasi juda yuqori bo'lganida tarkib uzoqlashdi - qishloq aholisi xodalar ustida o'tirardi. Poezd kanalga yaqinlashganida yog'och ko'prik yonayotgandi. Undan xodalar bilan yuklangan tarkib yona boshladi. Odamlar tiriklayin yonib ketishdi. Birgina tunning o'zida 1200ga yaqin kishi halok bo'ldi.
 
Uaskarana ko'chkisi (1970-yil)

Peru qirg'oqlaridagi zilzila ikki o'rkachli Uaskaran tog'ining shimoliy yonbag'rini beqarorlashtirdi. Muz va qoyalardan iborat ko'chki soatiga 180 mil tezlikda pastga qarab qulay boshladi. Uaskarana etagida joylashgan Yungau shaharchasi 80 million kub metr loy, muz va qorni qarshi oldi. Qishloqning 25 000 aholisidan birortasi omon qolmadi.
 
Bxola sikloni (1970-yil)

Ushbu tropik siklon zamonaviy dunyoning eng halokatli ofatlaridan biri deb tan olindi. Ganga deltasi oroliga yopirilgan bo'ron to'lqini yarim million kishini hayotdan olib ketdi. Raqamlarga yana bir bor e'tibor bering: 500 000 kishi atigi bir kunda yo'q bo'ldi.
 
Erondagi bo'ron (1972-yil)

Dahshatli qor bo'roni bir hafta davom etdi: Eronning qishloq hududlari uch metrli qor qatlami bilan qoplandi. Ba'zi qishloqlar ko'chkilar ostida qoldi. Oxir-oqibat hukumat 4000 kishining halok bo'lgani to'g'risida ma'lum qildi.
 
Tanshan zilzilasi (1976-yil)

Bu tabiiy ofat Xitoyning Tanshan shahrida ro'y bergan. Tungi soat 4 atrofida 22 kilometr chuqurlikda eng kuchli zilzila sodir bo'lgan. Shahar er bilan yakson bo'lgan, 655 000 kishining hech biri omon qolmagan.
 
Daulatpurdagi bo'ron (1989-yil)

26-aprel tongida radiusi 1,5 kilometrdan oshgan halokatli bo'ron kuzatildi. Biroz o'tib, bu gigant Bangladeshga yopirildi. Bo'ron butun-butun uylarni osonlik bilan havoga ko'tarib tashladi. Bir kunning o'zida 1,5 ming kishi halok bo'ldi, yana 12 ming kishi shifoxonaga joylashtirildi.
 
Yevropa jaziramasi (2003-yil)

2003-yilning yozida avj olgan jazirama 70 000 kishining hayotiga zomin bo'ldi. Hukumat vakillarining ta'kidlashicha, mahalliy sog'liqni saqlash tizimi bunday misli ko'rilmagan vaziyatlarga tayyor bo'lmagan. Shunisi e'tiborga loyiqki, sinoptiklar taxminan har 13 yilda bunday issiqlik hujumlari takrorlanib turishini ta'kidlashgan.
 
Tinch okeanidagi sunami (2004-yil)
2004-yilning 26-dekabrida ro'y bergan suv osti zilzilasi juda kuchli tsunamiga sabab bo'ldi. Zilzilaning o'zi esa butun insoniyat tarixidagi eng kuchli silkinishlar orasida uchinchi o'rinni egalladi. 15 metrdan balandga ko'tarilgan to'lqinlar bilan kuzatilgan tsunami Indoneziya, Shri-Lanka, Tailand qirg'oqlariga yopirilib kelgan va 250 000dan ziyod kishini hayotdan olib ketgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив