loading...

Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar 

30153

  Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi, tabiatning xavfli holatlari, ofatlari, ishlab chiqarish korxonalaridagi avariyalar, og’ir oqibatlarni yuzaga keltiruvchi insonlar tomonidan ekologik holatlarning o’zgarishiga sababchi iqtisodiy faoliyatlari oqibatida, katta masshtabdagi harbiy nizolar, butun jahon jamiyatiga katta zarar yetkazadi.
            Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi.
  U kutilmaganda ro’y berib moddiy  va ma’naviy zarar yetkazadi. Shu bilan birga odamlarning halok bo’lishiga olib keladi. Bunday holatlarda turli ko’rinishdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga keladi. 
  Favqulodda vaziyatlar yuzaga keltiruvchi sabablarni o’rganishda mavjud kriteriyalarga asoslanadi, ya’ni: avariya yoki tabiiy hodisalar yoki portlashlar, radioaktiv chiqindilar tashlash miqdori hisobga  olinadi. Har qanday boshlang’ich holatda yuzaga kelgan texnogen yoki tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hisoblanadi.
  Favqulodda vaziyatlar halokatlarini moddiy zararlarni odamlarni halok bo’lishlari va boshqa kelib chiqadigan holatlarini o’lchov birligi kriteriyasiga asoslanib oldindan tahlil qilinadi. 
                   Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi.  
  Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi kelib chiqishiga, davom etishiga, keltiriladigan zararlarga, aholi joylashishiga qarab tuziladi. 
Favqulodda vaziyatlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
 1. Texnogen.
 2. Tabiiy.
 3. Ijtimoiy-biologik.
 4. Ijtimoiy.
 5. Iqtisodiy.
 6. Harbiy tusdagilarga bo’linadi. 
  Texnogen favqulodda vaziyatlar quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi: ob’ektlar konstruksiyalashda kamchiliklarga yo’l qo’yishdan, yaroqsizligi sababli, ishlovchi xodimlarni texnika xavfsizligiga sust tayyorlashdan.
  Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlar atrof muhitni zararlashi yoki zarar yetkazmasligi mumkin. Atrof-muhitga zarar keltiruvchi texnogen avariyalar ishlab chiqarish korxonalaridan radioaktiv, kimyoviy chiqindilar tashlashdan kelib chiqadi. Texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar yana atrof-muhitni elektromagnit zararlanishi kiradi. Atrof-muhitni zararlamaydigan texnogen favqulodda vaziyatlarga binolarni portlashi, yong’inlar, binolarni qulashi, kommunikatsiyalarini buzilishi vash u kabilar kiradi.
Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi sabablari 
  Tabiiy ofatlar natijasida, ichki va tashqi tabiiy ofatlar sababidir. Yerning ichki jarayoni fizik va mexanik qatlamlar holatiga bog’liqdir. Magnit maydonda magmatik va tektonik faollik vulqon va yerning seysmik holati kuzatiladi. Bu sodir bo’ladigan jarayonlar o’z navbatida biomaydonda falokatlar yuzaga kelishini yuzaga chiqaradi. 
  Geofizik harakatlar xavfi bilan bog’liq tabiiy hodisalarga -  zilzila, vulqonlarning otilishi kiradi. Rossiya hududida 7 balli zilzilalar 7% ni, 8-9 balli 6%ni (Kamchatka, Saxalin va b.) 20 mln.dan ortiq Rossiya aholisi vayronagarchilik keltiruvchi zilzila bo’ladigan hududlarda yashaydilar. Deyarli yarim (50 yil) asr MDH hududida ko’plab yirik zilzilalar bo’lib o’tdi. 1948-yil Ashxobodda 110000 odam o’lgan; 1966-yil Toshkentda shahar butunlay vayron bo’lgan; 1988-yil Armanistonda 25000 dan ortiq aholi o’lgan, 55000 ziyodi jarohatlangan, 1995-yilda Saxalin viloyatida zilzilada 3000 ta aholidan 1841 kishi o’lgan. Rossiyada vulqonlarni yuzaga kelishi  Kuril va Kamchatkada kam sonli hududlarda nazorat qilib turiladi. Geologik o’ta xavfli hodisalarga, sel, ko’chki va lavalar kiradi. Bu kabi tabiiy hodisalar Uralda, Sibir va kavkazda ko’proq kuzatiladi. Meteorologik va agromateorologik tabiiy hodisalarga shamol chiqaruvchi bo’ron, dovul ko’chki; kuchli yog’in 50 mm li namlik 12 soat va undan oz vaqtda; kuchli qorbo’ronlar, kuchli muzlamalar kiradi. 
Yer qimirlashi sodir bo’lganda favqulodda holat rejimida aholi va hududlarni himoya qilish bo’yicha tadbirlar o’tkazish. 
  1. Yer silkinishlari tugagandan so’ng fuqaro muhofazasi organlari tomonidan mavjud holat baholanadi, vayronalar hajmi va xarakteri aniqlandi, oqibatlarini bartaraf etish uchun takliflar tayyorlanadi. 
  2.  Fuqaro muhofazasi boshlig’i yer qimirlashlarining oqibatlarini bartaraf etish uchun qaror qabul qiladi va favqulodda holatni e’lon qiladi.
  3. Aholi vayronalar xarakter iva ularni bartaraf etish uchun choralar haqida xabardor qilinadi. Axborot radio va avtomashinalar yordamida grammafon orqali xabardor qilinadi.
  4. Yer qimirlashi oqibatlari bartaraf etish o’sha zahoti barcha kuch va vositalari yordamida boshlanadi. 
 Avariya-qidiruv ishlari tashkil etiladi, shuningdek yong’inni oldini olish, lokalizatsiyalash va ularni o’chirishga  qaratilgan ishlar boshlanadi.
  Kuchli yer qimirlashlari paytida tabiiy ofat  hududidagi fuqaro muhofazasi mavjud ma’muriy-hududiy bo’linishga muvofiq rayonlar bo’yicha tashkil etiladi, ularni boshqarish esa fuqaro muhofazasining operativ guruhlari yoki u tomonidan tayinlangan favqulodda vaziyatlar bartaraf etish boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur paytda ular mustaqil ravishda  qaror qabul qilishlari mumkin, evakutsatsiya tadbirlarini o’tkazish, korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi holati, RF qonunlariga asosan favqulodda vaziyat hududida aloqa xizmatlaridan, transport  va boshqa buyumlarni ishlatish tartibi, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlariga shtatdan tashqari va jamiyat tuzilmalarini hamda ixtiyoriy ravishda aholini jalb etish. 
  Zilzila - tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga ko`ra zilzila - yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallaydi.
  Avvalo, zilzila to’g’risida mukammal ma’lumotga ega bo’lish uchun o’tmishda va hozirda bo’layotgan zilzilalarning statistik ko’rsatkichlariga e’tibor bersak.
  Zilzilani qayd qilish bundan to’rt ming yil avval boshlangan bo’lib, shu vaqt mobaynida 671 ta halokatli zilzilalar qayd qilingan. Shulardan 82 tasi XX asrga to’g’ri keladi. Zilzilalarning davriyligiga e’tibor beradigan bo’lsak bir yilda 8 balli (Rixter shkalasi bo’yicha) zilzila bitta; 7 dan 7,9 balli - 18 ta; 6 dan 6,9 balli - 120 ta bo’lishi kuzatilgan. Nisbatan kuchsiz bo’lgan zilzilalar ko’proq uchraydi, ya’ni 3-4 balli zilzila bir yilda 49 mingtagacha bo’lishi aniqlangan.
 XX asrning oxirlaridagi yirik zilzilalardan  Iroqdagi (1990-y.) - 50 ming kishi; Turkiyadagi (1999-y.) 45 mingdan ortiq odam shikastlanganligining o’zi tabiiy ofatlar ichida eng kam tarqalgan zilzila nechog`lik  katta kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.
  Tabiatda zilzilaning sodir bo`lish davriyligi bir necha o`n yillarni qamrab olsada (ayrim vaqtlarda 100 yillarni), u sodir bo`lganda qisqa (10-15 sek) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan shaharlarni vayron qilish qudratiga ega. Shunga qaramasdan kishilar bunday xavf oldida esankirab qolmasdan, uning oqibatlarini bartaraf qilishga, shikastlanganlarga yordam berishga oshiqadilar va xarobalar o’rnida yanada zamonaviyroq maskanlar barpo etadilar.
  Aksariyat hollarda zilzila bo’lib o’tgandan so’ng xavf to’g’risidagi tasavvurimiz keyingi zilzilagacha so’nib boradi. Ya’ni faqat zilzila sodir bo’lganidagina unga tayyorgarlik ko’rish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida o’ylab qolamiz. Vaholanki, O’zbekiston zamini yuqori seysmik faollashgan zonada bo’lganligini e’tiborga olgan holda zilzila to’g’risida aholiga yetarli ma’lumot berishning o’zi shu xavfning oldini olish borasida bajarilishi lozim bo’lgan tadbirlarga katta hissa qo’shishga olib keladi.
  Muammoning muhimligiga Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ham e’tibor berib shunday yozadilar: «O’zbekiston seysmik jihatdan faol zonada joylashgan bo’lib, tabiiy falokatlarning achchik oqibatlarini bir necha bor boshdan kechirgan. Shu sababli olib borilayotgan tadqiqotlarning yetakchi yo’nalishlaridan biri seysmologiya va inshootlarning zilzilaga bardoshligi bo’yicha nazariy va amaliy ishlar hisoblanadi. Shu maqsadda zilzilaning paydo bo’lishi, tarixi va xozirgi vaqtdagi geografik o’rni to’g’risida batafsil ma’lumot beramiz.
  Avvalo, zilzilaning hosil bo’lish sabablari turlicha bo’lib, hozirgi vaqtda mukammal o’rganilgan bo’lishiga qaramay, zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti qachon, qayerda, qanday kuchlanishda yer silkinishi bo’ladi degan savolga hamon to’liq javob berolmayapti. Muammoning o’ziga xos ob’ektiv sir-sinoati va hali mavhum tomonlari mavjud. O’ylaymizki, bu savollarga XXI asrda albatta, javob topiladi.
  Ilmiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, seysmik faollik kuzatiladigan joylarda zilzilalar ma’lum qonuniyat asosida bo’lib, o’z davriyligiga ega ekanligiga amin bo’lamiz. Masalan, Vatanimiz hududida Burchmulla – 1959-yil, Toshkent -1966-yil 26-aprel, Gazli- 1976-yil, Nazarbek - 1986-yil, v.b. Ayniqsa, Toshkent zilzilasining daxshati hali ko’pchilik aholining yodidan ko’tarilgani yo’q.
  Bir necha daqiqada shaharni chang-tuzon bosib, ko’pgina xalq xo’jaligi ob’ektlari, turar-joy maskanlari vayronaga aylandi. O’sha vaqtdagi aniq asboblar tabiiy ofatning kuchini Rixter shkalasi bo’yicha 8 ball, magnitudasi 5,3; zilzila uchog’i Yer yuzasidan 8000 metr chuqurlikda ekanligini ko’rsatdi.
  Toshkent zilzilasigacha va undan so’ng respublikamizning turli burchaklarida xar xil kuchga ega bo’lgan zilzilalar sodir bo’lgan va bo’lmoqda.
  Zilzilalarni o’rganishga, sir-sinoatlarini yechishga umrini baxshida qilgan olim, akademik B.Golitsin «Zilzilalar yer bag`rini bir lahza yorituvchi chiroqqa o`xshaydi», deb bejiz ta’kidlamagan.
  Shubhasiz, zilzilalar qanchalik daxshatli bo’lmasin ular zaminimizning ayrim jumboqlarini yechishga, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo’shadi. Binobarin, zilzilalarni xavfsiz hayot kechirishimizda, ulardan keladigan zararni kamaytirish bo’yicha doimo xushyorlikka chorlovchi tabiiy qo’ng’iroqlar deb qarash mumkin. 
Yer silkinishlar va uning oqibatlari.
    Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va daxshatlisi bu-yer silkinishidir. Yer sikinishi-yer osti zarbasi va yer ustki qatlamining tebranishi bo`lib, tabiiy ofatlar, texnologik jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bo`lish uchog`i, yerning ostki qatlamidagi uzoq vaqt yigilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish  jarayoni tufayli yuzaga keladi. Uchoqning ichki qismi markazi gipotsentr deyiladi, yerning ustki kismidagi markazi epitsentr deyiladi.
  Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
 - Tektonik zilzilalar;
 - Vulqon zilzilalari;
 - Ag`darilish, o’pirilish zilzilalari;
 - Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bog`lik) zilzilalar.
 Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigan va eng ko’p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera o’ramlarida bo’ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi.
  Qiya sathlarida tog jinslarining katta bo’laklarini ag`darilishi, yoki tog`larning o’pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag`darilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishning tarqalish maydoni kichik, ko’p hollarda talofotsiz bo’ladi.
  Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bog`liq bo’lgan yer silinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi. Bunday yer silkinishi vulqonning faollanishi bilan bog`liq bo’lganligi sababli aksariyat ko’p hollarda ular aniq bashorat qilinadi. Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli bo’lmaydi.
  Insonning muhandislik faoliyati bilan bog`liq bo’lgan yer silkinishlari asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda.  Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson o’zining muhandislik faoliyati bilan yer osti kompenentlari gap muayyan ta’sir etishi, u yoki bu darajada o’zgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda.
  Daryo vodiylariga tug`onlarning qurilishi natijasida maydonni bir necha ming km, kvadrat hajmi bir necha yuz km, kubdan katta bo’lgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy hajmi 2,1mld. M.kub, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer ka’rida 4000-5000 m chukurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga surib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan ko’mir ana shu yer qa’rida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida ba’zan yer osti g`orlariga, handaklariga va tog` jinslari g`ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer ka’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig`ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bo’lgan yer silkinishlari Hindiston, AQSh, O’zbekistonda kuzatilganligi fandan ma’lum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib bo’lingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar bo’lib o’tgan. 
  Tekshirishlarning ko’rsatishicha, bu yer silkinishlar o’zlarining tayyorlanish, sodir bo’lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig`ilgan suvning miqdori va yig`ilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bog`liq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld.m kubdan ortiq suv  bilan to’latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog jinslarining siqilishi va taranglanishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab bo’lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me’yorida chiqarilmasligi va tog` jinslariga ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda bo’shatilishi,  o’zgarishi sabab bo’lgan.
  Respublikamizning g`arbiy hududida 1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini ba’zi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni so’rib olish jarayoni bilan bog’lashadi. 1976- yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila uchog`i, litosferaning ma’lum chuqurlikdagi tog` jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobig`ining 5-25 km chuqur oralig`ida, 1984-yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oralig`ida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yig’ilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qa’ri tog` jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini ma’lum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir  bo’lish vaqtini tezlashtiradi.
  Zilzila turlaridan eng xavflisi (talafotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma’lumki, har yili planetamizda 100 000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo’lib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bo’lishiga, ming-minglab insonlar yostig`ining qurishiga olib keladi.
  Yer silkinish uchog`i gipotsentrning joylashgan chuqurligi bo’yicha: yuza - 70 km.gacha, o’rta - 70-300 km  va chuqur - 300 km.dan pastda mantiya qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning o’chog`i asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.
  Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila uchog`i vujudga  keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo bo’ladi, bular o’z navbatida yerning ustki qatlamlarini tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik to’lqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va ko’ndalang turlariga bo’linadi.
  Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) to’lqinlar o`z yo’nalishi bo’yicha navbatma-navbat yer po’stlog`ining siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldindan chiqadigan tovushning o’zginasidir. Ko’ndalang to’lqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila to’lqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi.
  Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi o’zgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik kismlar ishdan chiqish, insonlar o’limi yuz beradi.
  Yer silkinishi ko’pchilik hollarda ma’lum intensivlikda chiqadigan tovush yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashning kuchiga bog`liq. Yer qimirlashning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: yer silkinish o`chog`ining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi.
             Zilzilaning kuchini baholash.
  Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobayinida ko`p yer silkinishlarni boshidan kechirgan, uning ayanchli oqibatlarining guvohi bo’lgan. O`tgan XX asrda eng kuchli yer silkinishlar quyidagi joylarda kuzatilgan:
- 1920-yilda Xitoyda-180 ming.
- 1923-yilda Yaponiyada-100 ming.
- 1948-yilda Ashxabodda-110 ming.
- 1960-yilda Marokkoda-12 ming.
- 1968-yilda Eronda-12 ming.
- 1970-yilda Peruda-66 ming.
- 1988-yilda Armanistonda-25 ming.
- 1990-yilda Tayvanda (o’lganlar  soni aniq emas) 
- 1999-yilda Turkiyada –18 ming odam halok bo’lgan.
   Bizning asrimizda esa 2001-yilda Hindistonda 7,9 ball kuch bilan yer silkinib, unda 30 mingdan ortiq odam nobud bo’lgan va yuz mingdan ortiq insonlar boshpanasiz qolganlar.
   Uzoq tarixiy saboq, ya’ni yer silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bo’lgan ta’siri, imorat va inshootlarning buzilishi, vayron qilinishi, yer yuzasida vujudga kelgan o’zgarishlar (yer sathida yoriqlar va buloqlarning paydo bo’lishi) yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga o’rgatgan. Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bo’lgan.
    Zilzila kuchi ikki xil o’lchov birligida o’lchanadi. 1.Ballarda; 2. Magnitudada.
  Dunyoning juda ko’p davlatlarida yer silkininish 12 balli xalqaro o’lchov birligida o’lchanadi.
   Ball - yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko’rsatadi. Silkinish kuchini ballarda o’lchashda «seysmograf» lardan foydalanib, tog` jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi, ya’ni yozib olingan «seysmogrammalar» orqali zarrachalarning tebranish ampilitudasi aniqlanadi va shu asosida  seysmik to’lqin tezlanishini quyidagi formula orqali hisoblab chiqarish mumkin.
   Bunda, a-seysmik to’lqin tezlanishi,  M/s kvadrat;
      A-tog jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
      T-seysmik tebranish davri, s;

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив