loading...

Xavfli tabiiy jarayon va hodisalar 

11751

   Respublikaning qaysi bir burchagida yashamasin, har bir insonning xayolini turli savollar doim cho`lg`ab turadi. Olamning tuzilishi, tabiat sirlari, yashab turgan shahar yoki qishloq zamini nimadan tashkil topgan? Tabiiy manbalar — tuproq, suv, havo, qir-adirlar, bepoyon kenglik, osmono`par tog`lar qay yo`sinda paydo bo`lgan?
  Kishining yoshi ulgaygani sari, savollar ham ko`paya boradi, fikr teranlashadi, xayol doirasi kengayadi. Murakkab, ayni vaqtda qaltisroq savollar tugila boshlaydi? Yuqoridagi savollarga javob topishga harakat qilib, aniqrog`i tabiatda inson aql-zakovatiga bo`ysinmaydigan jarayonlar va hodisalar haqida baholi-qudrat fikr yuritib ko`raylik-a.
   Inson paydo bo`libdiki, u tabiat bilan doimo birga, uning manbalariga sig`inib yashagan (suv, havo, hayvonot olamidan o`zlariga xudolar yaratishgan). O`tmishda insonlar tabiiy jarayonlar paydo bo`lishining asl mohiyatiga to`la tushunib yetishmagan bo`lishsada, o`z aql-idroklari doirasida ma’lum darajada muhofaza tadbirlarini amalga oshirishga harakat qilishgan. Sodir bo`layotgan tabiiy jarayon va hodisalarning tub mohiyati yerning doimiy harakatidandir. Ma’lumki, harakat yer yuzasida atmosfera qatlamida, hayot qobigi — biosferada va yerning ichki qismi (litosfera, mantiya, yadro)da sodir bo`ladi.
  Atmosferada sodir bo`layotgan harakat tufayli yil fasllari o`rin almashadi, issiq, iqlim sovuq iqlimga o`zgaradi. Me’yoridan ortiq yog`inlar yogishi natijasida tog` va tog`oldi hududlarida sellar paydo bo`lishiga, qor ko`chkisi yuzaga kelishiga sababchi bo`ladi. Havo oqimi tufayli esa kuchli shamol, dovullar ro`y beradi.
  Yerning ichki harakati tufayli zilzila, vulqonlar yuzaga kelsa, tashqi va ichki kuch ta’sirida ko`chki, o`pirilish hodisalarini kuzatamiz. Har qanday xavfli holat yuzaga kelar ekan, u aholi istiqomat qilayotgan joylarga, odamlarning yashash tarziga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Albatta, bunday vaziyatlarda muhofaza tadbirlarini amalga oshirish, to`g`ri harakat qilish qoidalariga rioya etishimiz oqibatida xavfsizligimiz ta’minlanadi. XX asrning oxirgi yillarida tabiiy ofatlarning soni va halokatli kuchi oshib borishi kuzatildi. Oxirgi o`n yillikda tabiiy ofatlarning soni ikki barobar o`sdi. Bularning hammasi tabiatda ekologik muvozanatning buzilishi bilan bog`liq. bo`lib, aholi va hududlarni tabiiy ofatlardan yoki tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga e’tiborni kuchaytirishni talab etadi.
  Tabiiy ofatlar ichida o`zining insonga va hududlarga ayniqsa, halokatli ta’siri bilan birinchi o`rinda zilzila, suv toshqinlari va dovullar turadi. Ular sodir bo`lganda yirik xajmdagi kutkaruv ishlarini olib borilishi talab etiladi.
  Sodir bo`lishini oldindan aytib berish mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlar yuz berishidan avval yoki ular ro`y bergandan so`ng elektrosirena, ishlab chiqarish korxonalari gudoklari orqali aholiga xabar beriladi. Bu sirena ovozi «DIQQAT, BARCHAGA!» signalini bildiradi.
   Signal ovozini eshitgach, tezlikda radiopriyemnik, televizorlarni kuyish va mahalliy hokimiyat organlarining axborotini eshitish kerak. Axborotda aholi qanday harakat qilishi to`grisida ma’lumot beriladi. Masalan, suv toshqini bashorat qilinganda quyidagicha xabar berilishi mumkin: «Diqqat! Shahar (tuman) favqulodda vaziyatlar bo`limidan gapiramiz! Fuqarolar! … daryosida suv sathining keskin ko`tarilishi natijasida suv toshqini bo`lishi kutilmoqda. … tumanlarida joylashgan xalq xo`jaligi ob’ektlari va turar joy binolarining suv ostida qolish xavfi bor. Shu tumanlar aholisi tezlikda o`zlari bilan pul, hujjatlar, zarur buyumlar, 3 kunlik oziq-ovqat maxsulotlarini olib, tuman hokimiyat binosiga to`planishlari lozim. U yerdan ular transport vositalari yordamida xavfsiz joylarga olib chiqib ketiladilar. Uydan chiqishdan avval suv, gaz, elektr tarmoqlarini uchirishni unutmang!»

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив