Ob-havo injiqliklari
Sayyoramiz
atmosferasi pastki qatlamining holati va uning turli-tuman o’zgarishlari ob-havo deb
ataladi. Ob-havo so’zini ma’lum vaqtda muayyan joydagi havoning holati deb
tushunish kerak. Ob-havo mudom o’zgarib, turli tabiat hodisalari ro’y berib
turadi.
1976-yilda yer
sharida ob-havo misli ko’rilmagan darajada o’zgarib, turli ofatlar keltirib
chiqardi. Masalan, G`arbiy Yevropada, chunonchi, Angliya, Fransiya,
Belgiya va Italiyada so’nggi yuz yil mobaynida haddan tashqari issiq va
qurg`oqchilik bo’ldi. Shu tufayli bu mamlakatlarning ba’zi o’lkalarida
o’rmonlarda yong`in chiqdi. Sena, Temza, Reyn va Maas kabi daryolar benihoya
sayozlandi. Angliya hatto xorijiy ellardan ichimlik suv sotib olishga majbur
bo’ldi. Keyin ob-havo yana o’zgarib, bir necha kun to’xtovsiz jala quyib, ko’p
joylarni suv bosdi, qurg`oqchilikdan omon qolgan don ekinlari namgarchilikdan
nobud bo’ldi. Yer sharining boshqa joylarida ham ob-havoga bog`liq tabiiy hodisalari
ro’y berdi. Masalan, Braziliyada to’rt oy davom etgan qurg`oqchilikdan so’ng
to’satdan qor yog`di. Qizig`i shundaki, braziliyaliklarning ko’pchiligi umrida
qor ko’rmagan, chunki bu o’lkada deyarli qor yog`maydi. Argentinaning ayrim
joylarida havoning harorati —7°C gacha pasayib ketdi. Afrikada Sahroyi
Kabirning janubida joylashgan mamlakatlar qurg`oqchilik dastidan katta zarar
ko’rsa, subtropik o’lkalar toshqinlardan ozor chekdi.
Ob-havoning bu
qadar katta ko’lamdagi ofatlarni keltirib chiqarajagini hatto meteorologlar ham
oldindan bilolmadilar. Ular XX asr mobaynida yer sharida iqlim shu tarzda uch
marta keskin o’zgarganligini qayd qilganlar, xolos. Iqlimning
dastlabki o’zgarishi 1920-yilda sodir bo’lgan, shu vaqtda Arktikada iqlim
birdaniga ilib ketgan.
1940-yillardan
boshlab shimoliy yarimsharda iqlim yana soviy boshlaydi, keyin tag`in biroz
isiydi. 1969- va 1976-yillarda O’zbekistonda qish ancha sovuq keldi.
1977-yilning bahorida yog`ingarchilik kam bo’ldi.
Keyingi
yillardagi ob-hayo o’zgarishlariga qarab iqlim keskin o’zgarmoqda, desa
bo’ladimi? Bu shunchaki
oddiy masala ham emas, shu bilan birga bekorchi gap ham emas. Iqlim qadimdan
o’zgarib kelmoqda. Iqlimning o’zgarishi davriy xarakterga ega.
O’tgan million
yillar mobaynida shimoliy yarimsharda bir necha muzlanish davri kuzatilgan.
Muzlanish davrida Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning katta qismlari qalin
muz qatlami bilan qoplangan. Muzlanish davrlari almashinib turadi. Bir
muzlanish davridan ikkinchi muzlanish davrigacha taxminan 10-12 ming yil vaqt
o’tadi. Juda uzoq davom etadigan bu oraliq davrda ham nisbatan qisqa vaqt iqlim
o’zgarishlari ro’y beradi. Masalan, 1600-1850-yillar oralig`ida undan keyingi
yillardagiga nisbatan iqlim sovuqroq bolgan. Yuqorida aytib o’tilganidek, XX
asrning birinchi yarmida Arktika ancha ilidi. 1940-yillardan to 1972-yilgacha
iqlim yana sovigan. Hozir Yer sharining ayrim joylarida iqlim ilimoqda. Ob-havodagi
bunday o’zgarishlarga asosiy sabab Quyosh faoliyatidagi tebranishlardir. Yaqin 50—100 yil ichida iqlim qanday o’zgaradi? Bu savolga
ilm-fanning hozircha aniq javob berishi qiyin.
Ko’pchilik
olimlar 1960-yillardayoq ob-havoning o’zgarishi Quyoshning davriy faolligiga
bog`liq bo’lib, 1990-yillardan boshlab iqlim ilishi kerak, degan fikrni
aytishgan. Iqlim o’zgarishini Yer magnit maydonidagi o’zgarishlarga bog`lovchi mutaxassislar
ham bu fikrga qo’shilganlar. Boshqa mutaxassislar esa kishilarning xo’jalik
faoliyati tufayli atmosfera tutun, chang kabi chiqindilar bilan ifloslanishi
natijasida iqlim isiydi, degan fikrni bayon etganlar.
Hozirgi vaqtda
xalq xo’jaligining ob-havo bilan qiziqmaydigan biron sohasini ko’rsatish qiyin.
Ba’zi vaqtlarda tez-tez bo’lib turadigan ob-havo o’zgarishlari: momaqaldiroq
bo’lib jala quyishi, do’l yog`ishi, tog`li hududlarda sel kelib, suv
toshqinlari bo’lishi xalq xo’jaiigiga katta moddiy zarar yetkazishi mumkin.
Odamlarning
hayoti va butun faoliyati ob-havo bilan bevosita bog`liq. Havoning harorati,
bosimi, shamol, bulut, yog`ingarchilik, quyosh nuri, atmosferaning
ionlashganligi kabi omillar odamning sog`lig`iga, ishtahasiga, kayfiyatiga,
faoliyatiga va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir etadi. Ob-havo qanday
bo’lishini oldindan aytish kishilar hayoti, qishloq xo’jalik ishlari uchun
muhim ahamiyatga ega. Yekinlardan yuqori hosil yetishtirish uchun yerni
ishlash, urug` ekish, uni parvarishlash va hosilni yig`ib-terib olish ishdarini
o’z vaqtida bajarish kerak. Buning uchun esa ob-havo qanday bo’lishini oldindan
bilish zarur, shunda mazkur ishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rib qo’yish
mumkin bo’ladi. Sovuqlar qachon boshlanishi, qor yoki yomg`ir qachon yog`ishi
oldindan ma’lum bo’lsa, hosilni nobud qilmay o’z vaqtida yig`ib-terish uchun,
ob-havoning noqulay kelishidan yuz beradigan zararlarning oldini olish uchun
zarur choralar ko’rib qo’yiladi va hokazo.
Respublikamizda
ob-havoni oldindan aytish markaziy institutining ob-havo bolimi osmonda parvoz
qilayotgan yoki aeroportlarda havoga ko’tarilmoqchi bo’lib turgan samolyotlarni
bo’lajak ob-havo o’zgarishlari haqida ogohlantirib turadi.
Ertaga qanday
ob-havo bo’lishini oldindan aytish juda murakkab masala. Buning uchun avvalo
joylarda, ya’ni tundradan tortib bepoyon jazirama cho’lgacha, qalin
o’rmonlardan tortib baland tog`largacha, quruqlik hamda daryo havzalarida
ob-havo bugun qanday bo’lganligini yaxshi bilish zarur. Ob-havoning
o’zgarishini kuzatib turavchi minglab meteorologiya stansiyalari ob-havoni
oldindan aytish markaziy inslitutiga sutkasiga bir necha marta bu haqda malumot
yuboradilar. Bu ma’lumotlar meteorologik yo’ldoshlardan olingan ma’lumotlar
bilan to’ldiriladi, zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida hisob-kitob
qilinadi. So’ngra yaqin bir-ikki kun mobaynida ob-havo qanday bo’lishi haqida
xulosa chiqariladi.
Xalqlar,
xususan, ko’proq vaqtini ochiq havoda o’tkazuvchi dehqon va chorvadorlar,
shuningdek, ko’chmanchi xalq juda qadim zamonlardayoq tabiatda bo’ladigan
hodisalarni kuzatib, ob-havoning qanday bo’lishini oldindan bilishga va shunga
qarab ish tutishga odatlanganlar.
Ob-havoni
oldindan aytish alomatlari avloddan avlodga o’lib, sinalib, takomillashib
kelgan. Ob-havo qanday bo’lishini ma’lum alomatlarga qarab aytib berish
mumkinligi keyinchalik kuzatishlar natijasida tasdiqlangan.
Ertaga ob-havo
qanday bo’lishini osmon jismlari, Quyosh va Oyning holatiga, atmosferada ro’y
beradigan turli hodisalarga, o’simliklarda, hayvonlarda va insondagi ba’zi
o’zgarishlarga qarab bilish mumkin. Atmosferada sodir bo’ladigan, ammmo meteorologiya
asboblari qayd qilolmaydigan o’zgarishlarni ayrim o’simliklar, jonivorlar hamda
inson seza oladi. Masalan, suyak, bo’g`in, yurak-qon tomiri xastaliklari bilan
og`ruvchi bemorlar ob-havoning keskin o’zgarishini oldindan sezadilar. Bir
misol: Nemis olimi F.Pfeyfer mana bunday bir voqeani hikoya qiladi: «Bir necha
yil ilgari eshik oldida yuz-ko’zlarini ro’molcha bilan bekitib olib ingrayotgan
bir mo’ysafidni ko’rdim. Ertalab soat sakkizlar edi. Yoniga borib hol-ahvolini
so’radim, u javob bermay ingrayverdi. Mo’ysafidga nima bo’lganini hech kim
bilmas, u esa odamlarning yordamini rad etardi. Bir soatlar chamasi vaqt o’tdi.
U hamon ingrar, qiynalardi. Unga nima bo’lganini yana surishtirganlardan u
ingroq tovushda: «Qachon chaqmoq chaqadi?» — deb so’radi. Ajabo! Mo’ysafidning
bunday holatiga chaqmoqning nima daxli bor ekan, dersiz. Osmonda chaqmoq tugul
bulutdan ham asar yo’q. Lekin mo’ysafid tinmay ingrar, titrar edi. U ko’chaga
chiqqanidan keyin kuchli og`riq sezganini aytdi. Bu ob-havoning o’zgarishiga
bog`liq edi. Tez orada osmonni qora bulut qoplab oldi. Keyin momaqaldiroq
gumburlab, chaqmoq chaqdi.
Shu vaqt qiziq
hodisa ro’y berdi: mo’ysafid qattiq seskandi-yu, dik etib joyidan turdi, ko’z
yoshlarini artdi, sochlarini taradi va xuddi hech narsa ro’y bermagandek yo’lga
ravona bo’ldi. U sharillab yog`ayotgan yomg`irga ham e’tibor bermay, shahdam
qadam tashlab ketaverdi…
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.