Turar joylardagi avariya xususiyatiga ega bo`lgan favqulodda vaziyatlar
Hayotining
anchagina qismini odam uyida o`tkazadi. Bunday olib qaraganda, uyimizda bizga
hech qanday xavf-xatar tahdid solmayotgandek tuyuladi. Shu sababli bo`lsa kerak
ba’zan eng oddiy xavfsizlik qoidalarini ham chetlab utib kechirilmas xatolarga
yo`l qo`yamiz. Televizor yoki dazmolni o`chirishni unutamiz, oshxona yoki
vannaxonadagi jumraklar berkitil ganmi yo yo`qligini tekshirib ko`rishga
erinamiz. Oqibatda nazoratsiz qoldirilgan elektr asboblaridan (dazmol,
televizor, elektr choynagi, elektr plitasi va boshq.) yong`in chiqadi. Oshxona
yoki vannaxonadagi o`z vaqtida berkitilmagan jumrak suv bosishi sababchisi
bo`ladi. Gazning chiqib turishi zaharlanishga, hatto portlashga olib keladi.
Bolalar ko`zidan chetga olib qo`yilmagan maishiy kimyoviy vositalar esa
ularning zaharlanishiga sabab bo`ladi. Bularning oqibatlarida alanga olishi,
yong`in chiqishi; is gazi, zaharli moddalar bilan zaharlanish; turar joylarni
suv bosishi; odamlar qurbon bo`lishi, ularning sog`ligiga ziyon yetishi, atrof
muhit iflos lanishi va mol-mulkning nobud bo`lishi hodisalari sodir etilishi
mumkin. Mana shunday hodisalar favqulodda
vaziyatlar deb ataladi.
Shunday qilib,
turar joylarda eng ko`p tarqalgan favqulodda vaziyatlarga nosoz yoki nazoratsiz
qoldirilgan elektr asboblari; o`t portlovchi va zaharli moddalar bilan o`ynash;
binolar konstruksiyalarining shikastlanishi, suv, gaz, isitish tarmoqlarining
buzilishi sabab bo`lishi mumkin ekan.
Zamonaviy turar
joylarga nazar tashlasak, ularning turli-tuman ekanligini ko`ramiz ko`p qavatli
uylar, shaxsiy uylar, dala hovli, eski qurilgan binolar va h.k. Uylarimizning
qanchalik mustahkam bo`lishi uni tashkil etuvchi elementlariga va ulardan
to`g`ri foydalanishga bog`liq.
- Uyimizni tashkil
etuvchi elementlar nimalar kiradi?
- Ular qanchalik
mustahkam?
- Agar ulardan
birortasi buzilib qolsa-chi, unda bizga qanday noqulayliklar tug`iladi?
Barchamizga
ma’lumki, zamonaviy ko`p qavatli uylarda suv (sovuq va issiq), issiqlik,
elektr, kanalizasiya, tele va radiotarmoqlar markazlashgan bo`ladi. Bundan
tashqari bino elementlariga quyidagilar ham kiradi: zinalar, liftlar, tom
(cherdaklar, kir quritish joylari), yertula, shuningdek, ayvonlar. Zamonaviy
turar joylarning hayotiy ta’minotida uning barcha tizimlaridan: suv, issiqlik
va elektr tarmoqlari, tele- va radioaloqalar, gaz ta’minotidan to`gri
foydalanish muhim o`rin tutadi.
Bu tarmoqlardan
to`g`ri foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik og`ir oqibatlarga, katta moddiy
zararga hatto odamlarning o`limiga olib kelishi mumkin. Masalan, chiqindi
tashlash quvuriga tasodifan tashlangan sigareta qoldigi yoki uchirilmagan
gugurt cho`pi sanoqli daqiqalarda birinchi qavatdan oxirgi qavatgacha yong`in
chiqishiga sabab bo`lishi mumkin. Yoki aytaylik, jumrakdan ozgina suvning oqib
turishi, bu xavflimi yoki yo`qmi? Siz suvning yong`in hodisasi sababchisi
bo`lishi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Yo`q! Lekin, bu haqiqat. Mana
qarang. Siz bir necha kunga dala hovlingizga ketdin giz, deylik. Suv esa
asta-sekin oqib turib elektr simigacha yetishi mumkin. Shunda qisqa tutashuv
sodir bo`lib yong`in kelib chiqadi.
Yana bir misol.
Mehmonga shosha turib, gaz plitasini to`la o`chirmadingiz. Deraza yopik, gaz
esa tabiiyki, birinchi navbatda oshxonada to`planadi. Mehmondan qaytgach
oshxonaga kirib hiroqni yoqasiz. Bunday
holda Yong`inni, hatto portlash hodisasini chetlab o`ta olmaysiz. Shunday ekan
to`g`ri harakatingiz qanday bo`lishi lozim? Gaz chiqib ketganini sezib
qoldingizmi, darhol xonani shamollatish, elektr asboblaridan foydalanmaslik va
chirokni o`chirib-yoqmaslik kerak.
"104” nomeri orqali gaz avariyasi xizmatiga
qo`ng`iroq qilsangiz, ular tezlikda barcha nosozliklarni bartaraf etadilar. Gaz plitasidan foydalanishda
qaynayotgan suyuqlikka qarab turish muhim, chunki qaynayotgan suyuqlik toshib
olovni o`chirib qo`yishi mumkin. Bunday holda gaz bilan zaharlanish hodisasi
sodir bo`ladi. Shuningdek, gaz konforkalarini doimo tozalab turish kerak
bo`ladi. Olov zangori va ravon bo`pishi kerak. Agar sariq yoki qizgish bo`lsa,
bilingki, yonish jarayoni noto`g`ri bo`lamoqda. Yoki bo`lmasa, kim o`ylabdi
deysiz, qish vaqtida tomlardan osilib turgan chiroyli sumalaklar oylab
davolanishni talab etadigan jarohatlarga olib kelishi mumkin deb. Katta hayot
tajribasiga ega bo`lgan yoshi ulug` keksalarimiz ko`p qavatli uylarga
yaqinlashgach, to`xtab yuqoriga bir qarab oladilar. Ularning nigohini o`ziga
nima jalb qilishi mumkin?
Aslida ular chiroyli sumalaklarni tomosha qilish uchun emas, aksincha tanlagan
yo`llari xavfsiz ekanligiga, yuqoridan ularga hech qanday xavf mavjud
emasligiga ishonch hosil qilish uchun ham shunday qiladilar. Yana bir baxtsizlik
sababi - bolalarning uy, maktab, binolarning ayvon, derazalaridan, tomlaridan
yiqilishlaridir. Bunday hol sodir bo`lmasligi uchun derazalarni ochib
qo`ymaslik lozim. Xonalarni shamollatish uchun deraza darchalarining ochik
turishining o`zi yetarli.
Insoniyatga olov
juda zarur. Hayvonot dunyosidan farqli ularoq inson allaqachonlar olovdan
foydalanishni o`rganib olgan. Olov yordamida ko`plab foydali ishlar amalga
oshiriladi. U damlarga Hayotda va ishlab chiqarishda sidqidildan xizmat qiladi.
Lekin, shunday ham bo`lishi mumkinki, olov sodiq do`stdan ayovsiz dushmanga
aylanishi ehtimoldan holi emas. U yillar davomida tinimsiz mehnat bilan bunyod
etilgan narsalarni qisqa fursat ichida yo`q qilib tashlashi hech gap emas.
Xo`sh, yong`inning
o`zi nima? Yong`in chiqishining sabablari nimada? Nima uchun yong`in vaqtida
nafas olish qiyinlashadi? Bu savollarga javob berishga harakat qilib ko`raylik.
Yong`in - inson nazoratidan
chiqib ketgan olov. Yong`in katta zarar ko`rishga, hatto odamlarning nobud
bo`lishiga olib keladi. U turli sabablarga ko`ra vujudga keladi. Yong`inlar
barcha yerda bog`chalar, maktablar, turar joylarda, korxonalarda, qishloq xo`jalik
ob’ektlarida sodir bo`lishi mumkin. Tegirmonlardagi un, qand zavodagi qand
upasi, yog`ochni qayta ishlash korxonalaridagi yog`och kipiklari va boshqalar
Yong`inga sabab bo`lishi mumkin.
O`z-o`zidan
ko`rinib turibdiki, Yong`in chi`ishi uchun zarur sharoit bo`lishi kerak ekan.
Yong`in chiqishi uchun: 1) yonuvchi modda (mebel, kiyim, qogoz, buyoq, va
h.k.); 2) yetarli mikdorda havo; 3) yonish manbai (ochiq olov, elektr
simlarining qizib ketishi va h.k.) mavjud bo`lishi shart. Mana shu shartlar bir
vaqtning o`zida bajarilgandagina yong`in hodisasi sodir bo`ladi. Ulardan
birortasining mavjud emasligi yong`in chiqishi uchun asos bo`la olmaydi.
Yong`in chiqishi
uchun yetarli sharoit bilan bir qatorda biror sabab ham bo`lishi zarur. Asosiy
sabablardan bittasi insonning
e’tiborsizligidir. Masalan, yosh bolalarning gugurt o`ynashi, pechkalarni
yoqishi benzin, kerosin kabi vositalardan foydalanish, kiyim va buyumlarni
yaxshi shamollatilmaydigan yoki olov yonib turgan joylarda portlash xavfi
mavjud bo`lgan moddalar bilan tozalash, Yong`in chiqishi xavfi mavjud joylarga
sigareta qoldigini tashlash va olovdan notugri foydalanish (sham, lampa va
boshq), yengil alangalanuvchi suyuqliklarni issiqlik manbai yoniga quyish,
archani bezatishda qo`lbola elektr o`yincho`lardan foydalanish, maktab maskarad
kostyumlarining o`t olmaydigan maxsus tarkib bilan shimdirilmasligi va h.k.
Elektr moslamalarning nosozligi yoki ulardan noto`g`ri
foydalanish yong`in chiqishining ikkinchi sababidir. Ya’ni elektr plita, elektr
isituvchi asboblar, televizor, dazmol, choynaklardan ehtiyotsizlik bilan
foydalanishi bir nechta asbobni bitta manbaga ulash, elektr simlarining ochilib
qolishi, elektr simini noto`g`ri ulash va h.k.
Chaqmoq chaqishi
yoki elektr asboblari yonib ketishi natijasida o`z-o`zidan yong`in chiqish
hodisasi sodir bo`lishi mumkin.
Xavfsizlik
qoidalarini mensimaslik oqibatida odamlarga yorug`lik va energiya beruvchi
huzurbaxsh manba kulfat sababchisiga aylanishi mumkin. Elektr asboblari
noto`g`ri ishlayotganining birinchi belgisi - yonayotgan rezina yoki plastik
hidi chiqishi, ayrim qismlarning qizib ketishi, uchqun paydo bo`lishidir.
Bunday holatni sezishingiz bilan darhol elektr asboblarini o`chirishingiz
lozim.
Yong`in chiqishiga
yo`l qo`ymaslik uchun ba’zi qoidalarga rioya qilishga to'g'ri keladi.
Masalan:
- gugurt uyinchoq emas, buni doimo yodda tuging;
- gaz, elektr, isitish
asboblaridan foydalanish qoidalarini bilish va esda saqlash lozim;
- ishlab turgan elektr
asboblarini nazoratsiz qoldirmang;
- katta quvvatli elektr asboblarining bir
nechtasini bir vaqtda ishlatmang;
- simlari ochilib qolgan elektr asboblaridan
foydalanmang;
- gaz plitasi tepasida kiyimlarni quritmang;
- eng muhimi, yong`in chiqmasligi uchun avvalo
o`zingiz yong`in sababchisi bo`lmasligingiz zarurligini esingizdan chiqarmang.
Xulosa qilib shuni
aytish mumkinki, Yong`in chiqishiga qarshi chora-tadbirlar yong`in paydo bo`lishining ehtimolini yo`q qilish, yong`in chiqqan bo`lsa uning tarqalib
ketishiga yo`l qo`ymaslikdan iborat bo`lishi kerak.
Yong`in hodisasi
sodir bo`lganidan xabardor bo`lishingiz bilan uni bartaraf etish choralarini ko`rishingiz
kerak. Buning uchun esa yong`inni o`cherish usullarini bilish zarur bo`ladi.
Shuni doimo esda tutish lozimki, yong`in chiqqandan keyingi daqiqada uni
o`chirish uchun bir piyola suv yetarli bo`lsa, sal kechiksangiz bir chelak,
undan keyin esa bir tonna suv ham yetmay qolishi mumkin.
Yong`in chiqqanda
avvalo iloji boricha tezroq - "101"
nomeri orqali o`t o`chirish komandasiga qo`ngiroq qilish va ular yetib
kelgunga qadar odamlarni yonayotgan binodan olib chiqishga harakat qilish
kerak.
- Yong`inni qanday
vositalar yordamida tezroq o`chirish mumkin?
Yong`inni
o`chirishning asosiy vositasi – suvdir. Birinchidan, u hamma yerda mavjud,
ikkinchidan, suv bug`lanish xossasiga ega. Yonayotgan predmetlarga tushgan suv
bug`lanib haroratni pasaytiradi, bug` havo miqdorini kamaytiradi va natijada
yong`in o`chadi. Biroq, shuni ham
esdan chiqarmaslik kerakki, suvdan har doim ham yong`inni o`chirish vositasi
sif'atida foydalanib bo`lmaydi. Masalan. ohak bilan suv aralashganda ko`p
mivdorda issiqlik ajralib chiqib yong`in kuchayib ketishi mumkin.
Tez alangalanuvchi
va yonuvchi suyuqliklarni ham suv bilan uchirib bo`lmaydi. Chunki, suv ulardan
og`ir bo`lib, yonayotgan moddani ko`tarib yuboradi. Natijada modda to`kilib,
yonish maydoni kengayib ketadi.
Suv elektr
o`tkazuvchanligi sababli elektr tarmoqlari va elektr tokidan o`chirilmagan
uskunalarni suv bilan o`chirib bo`lmaydi. Bunda odamni tok urib shkastlashi
mumkin.
Yonayotgan
suyuqliklarni o`chirishning eng oddiy yo`li - qum va tuproqdan foydalanishdir. Qum yoki tuproq yonayotgan
moddaning haroratini pasaytiradi, havoni o`tkazmaydi, yonayotgan modda
bug`larining ajralib chiqishiga yo`l quymaydi.
Yong`inni o`chirish
uchun kul ostida mavjud bo`lgan vositalar brezent,
gilam, ko`rpa, qalin mato va boshqalardan foydalanish mumkin. Shuningdek, karbonat angidrid, kimyoviy ko`pik, turli
kukunlar ishlatiladi. Bino ichida sodir bo`lgan yong`inni o`chirishda bolta, lom, chelaklar qo`llaniladi.
Yong`inni o`chirishning
samarali vositalaridan biri – o`t o`chirgichlardir. Ular kimyoviy-ko`pikli,
havo ko`pikli, karbonat angidritli, kukunli bo`ladi.
Binolar ichidagi o`t o`chirish jumraklari shkafchalarda
oyna ostiga joylashtiriladi. Ularning har birida 10, 15, 20 metrli o`t
o`chirish yengi va o`t o`chirish stvoli bo`ladi. Yong`in chiqqanda yengning bir
uchi stvolga, bir uchi jumrakka ulanadi)
Turar joy
binolarida yong`in chiqqanda uni qanday o`chirish usullarini o`rganib oldingiz.
Agar maktabingizda yong`in chiqsachi, qanday harakat qilishingiz lozim bo`ladi?
Bu to`g`rida hech o`ylab ko`rganmisiz?
Maktabda yong`in
chiqqanda eng muhimi iloji boricha tezda barchani bu tugrida xabardor
qilishdir. Shunday harakat qilish lozimki, o`uvchilarni binodan olib chiqib
ketish uchun vaqt yetarli bo`lsin. Avvalo, yong`in chiqqan joyning eshigini yopish kerak
(kislorodsiz qolgan alanga kuchi kamayibgina qolmay, o`chishi ham mumkin). Agar
yonayotgan xonani oynadan ko`rib qolsangiz, u yerga kirishga harakat qila
ko`rmang. Eshikni ochishingiz bilan siz tutunning tashqariga chiqib
evakuatsiyaga (odamlarni xavfli joydan olib chiqib ketishga) halaqit berishiga
sababchi bo`lasiz. Shuningdek, to`satdan, qo`shimcha havoning kirishi yong`inning yanada katta tezlik bilan
kuchayib ketishiga sabab bo`ladi.
Ikkinchidan, kim bo`lmasin, u o`quvchimi
yo katta kishimi qattiq baqirib tezlikda odamlarni bu to`g`rida xabardor qilishi kerak. Yong`in haqidagi xabar binodan to`la holda
tezda chiqib ketish uchun signal bo`lib xizmat qilishi kerak. Maktab xodimlari
tezlikda odamlarni binodan chiqarish tadbirlarini ko`radilar.
O`t o`chirish
komandasiga qo`ngiroq qilib ularni xabardor etish lozim. O`quvchilarning
binodan chiqib ketishlari qat’iy tartib asosida o`tkazilishi zarur. Xabarni
eshitgach, o`quvchilar darhol o`rinlaridan turib, o`qituvchi rahbarligida
sinfdan bitta-bitta bo`lib chiqishlari, qatorning oxirida o`qituvchi sinf
jurnali bilan borishi kerak. Binodan chiqqandan so`ng barcha avvaldan belgilab
qo`yilgan joyga yigilishi va u yerda o`quvchilar yo`qlama qilinishi lozim.
Harakatlar
ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi:
Bong urish → o`t o`chirish komandasini chaqirish
→ evakuatsiya → yig`ilish → yo`qlama. O`t o`chirish
komandasi yetib kelgunga qadar qaysi xonada yong`in chiqqanligi va barcha
evakuatsiya qilinganlarni aniqlash kerak. Maktabning evakuatsiya rejasi o`t
o`chirish komandasiga katta yordam beradi. Bunday rejalar maktabning har bir
qavatida ko`zga ko`rinarli joylarda osib qo`yilishi lozim.
Hech kim vahimaga
tushmasligi, hammani tezlikda kelishilgan holda maktab binosining barcha
eshiklari orqali olib chiqib ketish, yong`in yoki boshqa favqulodda hodisa
sodir bo`lganda tartibli ravishda harakat qilish lozim.
Yong`in vaqtida
juda ko`p tutun chiqadi. Shuning uchun ham yong`in vaqtida nafas olish qiyinlashibgina
qolmay, inson hatto zaharlanishi ham mumkin. Ba’zan bir necha marta nafas
olishning o'zi xushdan ketish uchun yetarli bo`ladi. O't o`chirish vaqtida
tugundanmuhofazalanish uchun butun choralarni ko`rish, binodan chiqayotganda
nafas olish yo`llarini hullangan dastro`mol yordamida berkitish, yonayotgan
joyning eshigini tezda mahkamlab yopish kerak. Yong`in chiqqan joydan chiqib
ketayotganda u yerda boshqa odam qolmaganligiga iqror bo`lgachgina, bu joyni
tark etsa bo`ladi.
Odam hayoti har
qanday buyumdan qimmatliroqdir. Shuning uchun birinchi navbatda odamlarni,
ayniqsa, yosh bolalarni qutqarish kerak bo`ladi. Bolalar ko`pincha stollarning
tagiga, shkaflarning ichiga berkinib oladilar va chaqirganda javob bermaydilar.
Bino ichiga kira
turib shaxsiy muhofaza vositalari kiyish yoki paxta-doka bog`lamli niqob tutish
lozim. Yonayotgan bino ichida qolgan odamni topgach, uning ustiga ho`l mato
tashlab tezlikda xavfsiz joyga olib chiknsh lozim. Agarda u xushidan ketgan
bulsa, ochiq joyda jabrlangan odamni sun’iy nafas oldirish kerak. Biror
kimsaning usti-boshi yonayotgan bo`lsa, uning chopishiga yo`l qo`ymaslik lozim.
Shamolda yong`in yanada kuchayib ketadi. Yonayotgan odamni yerga yotqizib,
ustini qalin narsa bilan yopish, hech qachon uni yechintirishga harakat
qilmaslik hamda kuygan joylarini sterillangan material bilan yopish zarur.
Shundan so`ng "03" nomeri
orqali tez tibbiy yordam xizmatini chaqirish lozim.
Turar joylarda
favqulodda vaziyat sodir bo`lganda xabar berish uchun quyidagi telefon
nomerlarini eslab qolishingiz kerak:
101 - o`t
o`chirish xizmati;
102 -
militsiya;
103 - tez
yordam;
104 - gaz
avariyasi xizmati;
105 -
qutqaruv xizmati
Qo'ng'iroq
qilayotganda: Nima sodir bo`ldi? Qayerda sodir bo`ldi? Jabrlanuvchilar bormi?
Qungiroq qilayotgan telefon nomeringiz? kabi savollarga javob berishga tayyor
turishingiz lozim. Vahima qilmay shoshmay, o`zingizni xotirjam tutsangiz
yordamning tez yetib kelishiga ko`maklashgan bo`lasiz.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.