loading...

Jahonning siyosiy xaritasi 

62543


 Jahon siyosiy xaritasi global miqyosdagi bir necha siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllangan. Shularning ichida Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari hamda ularning oqibatlari bilan bog`liq holda davlatlarning vujudga kelishi, mustamlaka tizimining yemirilishi hamda bir necha o`nlab mustaqil davlatlarning barpo bo`lishi, qo`shilmaslik harakatining rivojlanishi va boshqa jarayonlar e`tiborga loyiqdir. Jahon siyosiy xaritasining shakllanishida XX asr 80-yillarining so`nggi va 90-yillarining boshlarida bo`lib o`tgan siyosiy voqealar: ikki nemis davlatining qo'shilib, yagona Germaniya davlatining tashkil etilishi, Chexoslovakiya o'rnida Chexiya va Slovakiya mustaqil respublikalarining barpo bo'lishi, Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining parchalanib ketishi natijasida suveren Xorvatiya, Sloveniya, Makedoniya, Bosniya va Gersogovina respublikalari hamda Serbiya va Chernogoriya davlatlarining shakllanishi va, ayniqsa, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi oqibatida, dastlab Litva, Latviya va Estoniya, keyinchalik esa Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armeniya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston rcspublikalarlarning mustaqil davlatlar sifatida dunyo siyosiy kartasida o‘z o'rinlariga ega bo'lishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Dunyo siyosiy xaritasidagi davlatlar va mamlakatlar nisbati hamda soniga dastlab (1997-yil, 1-iyulda) Buyuk Britaniya mustamlakasi Gonkong (Syangan)ning, keyinchalik (1999-yil, dekabr oyida) Portugaliya mustamlakasi Makao (Aomin)ning Xitoy Xalq Respublikasi tarkibiga kirishi, 2000-yilda esa BMT tomonidan Indoneziya tarkibida bo'lgan Sharqiy Timorga alohida maqom berilishi hamda 2008-yilda Chernogoriyani Serbiya va Chernogoriya Federatsiyasidan chiqib mustaqillikka erishishi ham ma`lum ta`sir ko`rsatdi. Undan tashqari, 2011-yilda Janubiy Sudan Sudan tarkibidan ajralib chiqdi. 
 
   Hozirgi vaqtda dunyo siyosiy xaritasida 227 mamlakat mavjud bo'lib, ulaming 149 tasi respublika, 45 tasi monarxiya, 9 tasi mustamlaka, 21 tasi boshqa (masalan, "hamdo`stlik” tarkibidagi mamlakatlardan tashkil topgan, Buyuk Britaniya general gubernatori boshqaradigan Karib dengizi havzasidagi hamda Fransiyaga qarashli "Okeaniya”dagi mamlakatlar) shaklidagi mamlakatlar hamda 3 tasi maqomi noma`lum mamlakatlardir.  
                                        Jahon mamlakatlari

Davlat boshqaruvi shakli

Jami mamlakat

Afrika

Amerika

Osiyo

Yevropa

Avstraliya va Okeaniya

Jami mamlakat

227

58

50

49

46

24

I. Respublikalar, shu jumladan:

149

52

25

33

32

7

- prezidentlik

103

48

20

17

13

5

- parlamentlik

36

3

4

8

19

2

- sotsialistik

6

-

1

5

-

-

- islom

4

1

-

3

-

-

II. Monarxiya

45

3

9

14

12

7

- konstitutsion

39

3

9

9

11

7

- mutlaq

4

-

-

4

-

-

- teokratik

2

-

-

1

1

-

III. Mustamlaka va boshqa turdagi tobelik shakllari

30

2

16

-

2

10

- mustamlaka

9

1

6

-

1

1

- boshqa shakldagi

21

1

10

-

1

9

- IV. Maqomi noma`lum mamlakatlar

3

1

-

2

-

-


  Hozirgi vaqtda davlatlarni ularning daromadlari bo`yicha ayrim guruhlarga ajratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
 
  Davlatlarni iqtisodiy daromadlari bo`yicha guruhlash "Jahon Banki Atlasi” metodikasi doirasida amalga oshirilgan. Unda binoan jahon mamlakatlari aholi jon boshiga to`g`ri keluvchi milliy daromadiga ko`ra 4 ta guruhga taqsimlangan:
1. Past daromadli – 935 AQSH dollaridan kam;
2. O`rtacha daromadli – 936-3705 AQSH dollari doirasida o`zgaruvchi mamlakatlar guruhi;
3. Daromadi o`rtacha ko`rsatkichdan yuqori, ya`ni 3706 dollardan 11455 dollargacha bo`lgan doirada o`zgaruvchi mamlakatlar guruhi;
4. Yuqori daromadli mamlakatlar, ularda aholi jon boshiga 11456 AQSH dollaridan ortiq milliy daromad to`g`ri keladi (World Development, 2009).

  Ana shu metodik yondashuvdan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlari yuqori daromadlidan past daromadliga qarab 4 ta guruhga bo`lingan.

  Birinchi (yuqori daromadli) guruhga 62 ta mayda, kichik, katta va yirik mamlakatlar kiradi. Bularning ichida mayda Farer orollari, Guam, Aruba kabi mamlakatlar bilan bir qatorda, iqtisodiy salohiyati ulkan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya va boshqa davlatlar ham bor. 

  Ikkinchi guruhni milliy daromadi aholi jon boshiga 3706 dollardan 11455 dollargacha o`zgaruvchi mamlakatlar (umumiy soni 41 ta) tashkil etadi. Shunday davlatlar qatoriga Polsha, Meksika, Venesuela, Livan, JAR, Malayziya kabi mamlakatlar bilan birga kichik va juda kichik Amerika Samoasi, Fiji, Mayotta mamlakatlari ham kiradi. 

  Uchinchi guruh Xitoy, Indoneziya, Filippin, Armeniya, Ozarbayjon, Ukraina, Kiribati, Vanuatu, Sharqiy Timor va boshqa shu kabi mamlakatlardan iborat. 

  To`rtinchi guruhga Kambodja, KXDR, LXDR, Myanma, Vyetnam bilan birga Qirg`iziston, Tojikiston, Yaman kabi mamlakatlar kiritilgan.

  Jahon mamlakatlari iqtisodiy ko`rsatkichdan tashqari demografik, geografik, geosiyosiy va boshqa turdagi salohiyatiga binoan ham ayrim guruhlarga ajratiladi. Jumladan, iqtisodiy rivojlangan birinchi guruh mamlakatlari ichida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada ikkinchi guruhga mansub Rossiya bilan birga ulkan iqtisodiy, demografik, geosiyosiy, harbiy va hududiy salohiyatga ega "Sakkizlik davlatlari” ni tashkil qiladi. Ushbu mamlakatlar 2011-2012-yillardagi ma`lumotlarga binoan jahon bo`yicha quyidagi mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlarga ega. 

  Rossiyani "Sakkizinchi davlat” sifatida mazkur guruhga qabul qilinishida, dastavval, uning iqtisodiy salohiyati, geosiyosiy mavqeyi va ulkan harbiy qudrati hisobga olindi. 

  "Sakkizlik davlatlari” ning o`rtacha har biriga salkam 5 mln. km.kv maydon, qariyb 110 mln. aholi, 4,4 trln. Dollar YIM hamda 1,5 trln. Dollarga teng tovar aylanmasi to`g`ri keladi. Eng muhimi, ushbu davlatlarda jahon YIM ning 55,5% i jamlangan. 

  Rivojlangan mamlakatlar ichida ko`chirilgan kapitalizm mamlakatlarini (Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va b.) hamda yangi sanoatlashgan mamlakatlar (Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan va b.)  ni ham ajratish mumkin. Undan tashqari, asosan, birinchi va ikkinchi guruhlarga mansub "neft eksport qiluvchi davlatlar”, ikkinchi-to`rtinchi guruhlarga mansub o`tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar ham alohida e`tiborga loyiq. Katta va ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar – Xitoy, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Meksika jahonning tayanch mamlakatlari guruhini tashkil etadi. Uchinchi va, ayniqsa, to`rtinchi guruh mamlakatlarining aksariyat qismi rivojlanayotgan davlatlar toifasiga kiradi. Rivojlanayotgan davlatlar ichida iqtisodiy taraqqiyotda ortda qolayotgan mamlakatlar alohida e`tiborga loyiq. Bunday mamlakatlar Lotin Amerikasida amalda deyarli qolmadi. Lekin Osiyo va, ayniqsa, Afrikada ularning soni hanuzgacha anchagina. Shunday davlatlar qatoriga, birinchi navbatda, Afrika materigida Burkina-Faso, KDR, Eritriya, Liberiya, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Togo, Uganda, Zimbabve, Burundi, Efiopiya, Malavi, Mozambik; Osiyo qit`asida Afg`oniston, Nepal, Butan, Bangladesh, Laos va boshqalar kiradi.
 

"Sakkizlik davlatlari”ning jahon miqyosidagi (iqtisodiy-demografik  ko`rsatkichlari bo`yicha) o`rni va ahamiyati (2012-y.)


Maydoni

Aholi soni, mln.

kishi

YIM hajmi, trln. AQSH dollari

Aholi jon boshiga YIM, ming dollar

Eksport-import aloqasi

Eksport, trln.doll.

Import, trln.doll.

Tovar aylanmasi, trln.doll.

Jahon bo`yicha

149,0

7095

64,0

9,0

25000

14500

29500

Shu jumladan: "Sakkizlik davlatlari”

38,2

882

35,5

40,2

6000

6350

12350

Ulushi, marta

21,1

12,4

55,5

4,5

40,0

43,8

41,9


   Keyingi davrda Varshava Shartnomasi Tashkilotining faoliyati barham topdi. Shundan keyingi davrda davlatlar o`rtasida o`zaro hamkorlik va bir-birini tushunishga bo`lgan intilish jarayoni rivojlana boshladi. Bunday holat Rossiyabilan AQSH va G`arbiy Yevropa mamlakatlari o`rtasidagi munnosabatlarda ham o`z ifodasini topa boshladi. Lekin "sovuq urush” barham topganidan keyin yalpi xavfsizlikka asosiy tahdidni etnik, mintaqaviy, mahalliy mojarolar va davlatlar ichidagi jangari separatizm solmoqda. 
 
  Shu bilan birga, Yaqin Sharq, Kosovo, Bosniya, Afg`oniston va boshqa qator mintaqaviy mojaro va nizolarni tinch yo`l bilan bartaraf etishda sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi. Bunda BMT hamda NATOning o`rni va ahamiyati katta bo`lganligini ta`kidlab o`tish o`rinlidir. "Bizningcha, o`z tarkibida demokratik davlatlarni birlashtirib turgan NATO faqat Yevropa qit`asidagina emas, balki o`zining siyosiy ustqurmasini mustahkamlash va "Tinchlik yo`lida hamkorlik” dasturi hisobiga juda katta Yevrosiyo mintaqasida ham tinchlik o`rnatuvchi omil bo`lishi mumkin”.

  NATO mamlakatlari tomonidan "Tinchlik yo`lida hamkorlik” dasturining qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi siyosiy vositalar yordamida ko`plab mintaqaviy mojarolarni ijobiy hal qilishga imkon berdi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив