loading...

Janubiy Afrika Respublikasi 

6873

Qo`shimcha ma`lumot
Maydoni – 1219,9 ming km2. Aholisi (2018-y.) – 57,7 mln. Poytaxti – Pretoriya.

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Afrika qit’asining chekka janubiy qismida joylashgan, qirg‘oqlari janubi-g‘arbda Atlantika, janubi-sharqda Hind okeani suvlari bilan yuviladi. JAR muhim va serqatnov xalqaro dengiz yo‘llari bo‘yida joylashgan. JARdagi Keyptaun shahri Janubiy yarim shardagi eng yirik port-shaharlardan biri. 
Boshqaruv shakli – parlamentar respublika. U yerda faqat pre-zident va hukumatning qarorgohlari joylashgan, parlament Keyptaunda, Oliy sud esa Blumfonteyn shahrida faoliyat ko‘rsatadi.  

Tabiiy sharoiti va resurslari. JAR hududining relyefi xilma-xil.  Sharqiy qismida Drakon tog‘lari, janubida esa Kap tog‘lari joylashgan. Mamlakatning shimoliy va markaziy qismlari Veld platosi bilan band, g‘arbiy hududlari esa tekislik relyefi bilan ajralib turadi. JAR yirik mineral boyliklarga ega davlat. Mamlakatda ko‘mir, marganes, xrom, uran, oltin, olmos, platina, vanadiy va turli nodir metallarning katta zaxiralari mavjud.

JARning markaziy va g‘arbiy hududlarida issiq va qurg‘oqchil tropik iqlim shakllangan. Mamlakat janubi va sharqidagi dengizbo‘yi hududlar-da esa nam subtropik iqlim kuzatiladi. Mamlakatning qurg‘oqchil iqlimli qismida suv resurslari taqchilligi mavjud. 

Aholisi. JAR qit’a davlatlari orasida aholi soni bo‘yicha 6-o‘rinda turadi. Aholi tabiiy ko‘payishi sur’atlari aksariyat Afrika davlatlariga nisbatan pastroq bo‘lib, yillik hisobda 1–1,2% ga teng. JAR aholisi qo‘shni davlatlardan ko‘chib kelayotganlar hisobiga ham ko‘paymoqda. JARda urbanizatsiya darajasi 65 % ga teng va bu ko‘rsatkich Afrikadagi ko‘p. Mamlakatning eng yirik shahri va iqtisodiy poytaxti Yoxannesburg hisoblanadi.

Janubiy Afrika Respublikasi aholisining salkam 80%ini turli mahalliy millat va elatlar tashkil qiladi. JAR Tropik Af-rika davlatlaridan yevropaliklarning nis-batan yuqori ulushi (10%ga yaqin) bilan ajralib turadi. Yevropaliklarning katta qismini afrikanerlar – XVII–XIX asrlarda ko‘chib kelgan gollandlarning avlodlari tashkil etadi. Ular niderland tili asosida shakllangan afrikaans tilida so‘zlashadi.

Mamlakatning shimoli-sharqidagi sanoat rayonlari, janubi-sharqiy va janubiy dengizbo‘yi hududlarida aholi zichligi yuqori bo‘lsa, g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy cho‘l hududlarida aholi juda siyrak joylashgan.

Iqtisodiyoti. Janubiy Afrika Respublikasi qit’adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. Iqtisodiyoti tog‘-kon sanoati, mashi-nasozlik, ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi va turizmga ixtisoslashgan.

Turli foydali qazilmalarning boy zaxiralari hisobiga JARda tog‘-kon sanoati yuqori darajada rivojlangan. JAR ko‘mir, temir rudasi, marganes, oltin, platina, palladiy, olmos va boshqa mineral resurslarni qazib olish bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. JAR jahondagi eng yirik ko‘mir eksportyorlaridan biridir.

Qishloq xo‘jaligi mamlakat hududining 15 % qismida intensiv rivojlangan, xolos. Buning asosiy sababi suv resurslarning taqchilligi bilan bog‘liq. Ammo, shunga qaramasdan, JARda dehqonchilik va chorvachilikning turli tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan. Dehqonchilikning eng muhim tarmoqlari bog‘dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari – qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik. 
JARda chorvachilikning noodatiy tarmog‘i – tuyaqushlarni boqish ham rivojlangan.

JARning janubiy dengizbo‘yi qismida hamda mamlakat ichkarisidagi yirik shaharlarda turizm yaxshi rivojlangan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив