loading...

Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari 

18736

  Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorollari, Malayya arxipelagi orollarini o‘z ichiga oladi. Bu reyonda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos. Malayziya, Myanma, Suigapur, Tailand va Filippin davlatlari joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiyalarning mustamlakalari bo'lib kelgan bu mamlakatlar o'z mustaqilliklarini, asosan. 1945-1984-yillar orasida qo'lga kiritdilar.
   Hududi 4,5 mln. kv.km bo'lib, unnig yarmidan kо'pi orollardan iboratdir. Jumladan, regionning eng yirik davlati bo`lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin davlatining hududi minglab orollarda joylashgan.
 Iqtisodiy-geografik o‘rni, asosan, ancha qulayligi, avvalo, Yevropadan Tinch okean havzasi mamlakatlariga olib boradigan serqatnov savdo yo'li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan boshqa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo`yida yoki orollarda joylashgandir. Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol о ynamoqda.
 Mintaqada xilma-xil qazilma boyliklar bor. Ayniqsa, qalayi, volfram kabi rangli metallarning yirik korlari bor. Shuningdek, rux, qo'rg'oshin, temir rudasi, turli nodir va asl metallar, ko'mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topi Imoqda. Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi davlatlar ancha boy.
  Janubi-sharqiy Osiyonning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga tutash orollarda yaqqol seziladi.
  Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning aholisi 629 mln. kishidan iborat. Mintaqada aholi tabiiy o'sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) о`smoqda. Aholining o'sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o'sish har 1000 kishiga 20-22 kishidan to'g'ri keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich, aksincha, past. Ularda bu ko'rsatkich 5-10 kishinini tashkil qiladi.
  Aholi mintaqa bo'ylab notekis joylashgan. O`rtacha har 1 kv km maydonga 140 kishidan aholi to'g'ri kelgan holda bu ko'rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o'rtacha zichligi 2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, Kambodja, Bruney kabi davlatlarda anolining o'rtacha zichligi 1 kv.km maydonga 50-80 kishini tashkil qiladi.
  Urbanizatsiya darajasi o`rtacha 54,6% ga teng. Ushbu ko`rsatkich Singapurda 100% ni, tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi Bruney (76,1%), Malayziya (73,0%) davlatlariga xos. Eng past ko`rsatkich Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi.
 
Xo`jaligi, transporti, tashqi iqtisodiy aloqalari va ichki tafovutlari
  Janubi-sharqiy Osiyo o`tgan asrning 70-yillargacha jahonning eng qoloq o‘lkalaridan biri bo‘lib kelgan edi.
  Osiyoda bir qator yangi industrial mamlakatlar shakllandi. Ana shunday mamlakatlar qatoriga Janubi-sharqiy Osiyoning dastlab Singapur, so`ngra Malayziya, Tailand, Bruney davlatlari ham qo`shildilar. Indoneziya va Filippinning ham ijtimoiy hayotida keskin jonlanishlar ko`zga tashlanmoqda. 
 Shunday qilib, hozirgi Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari xo'jaligida rivojlanish darajasiga ko'ra bir-birlaridan farq qiluvchi: a) rivojlanishda ancha ilg'or bo'lgan yangi industrial mamlakatlarda industrial-agrar; b) rivojlanayotgan mamlakatlarda agrar-industrial ishlab chiqarish shakllandi.
 Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mintaqa YIM ning 40,7% i sanoatga, 24,7% i qishloq xo`jaligiga va 34,6% i xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi. 
  Chetdan keltiriladigan metal asosida mashinasozlik sanoati Janubi-sharqiy Osiyoning Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlarida yaxshi rivojlangan. Elektronika va elektrotexnika, radiotexnika va telemexanika, maishiy xizmat texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ayniqsa, Singapur, Malayziya va Tailandda yuqori darajada rivojlangan. 
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq bo'lgan agrosanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Tabiiy sharoiti har yili 2-3 martagacha turli ekinlami ekib hosil olishga imkon beradi. Shu sababli mavjud yer maydonlari doimo o'sib borayotgan millionlab ahohni zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda.
  Shu bilan birga, mintaqada chorvachilik ancha sust rivojlangan. Barcha mamlakatlarda baliq ovlash bilan shug`ullaniladi. 
  Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoatlari ancha ahamiyatli. Guruch mintaqadagi ko'plab mamlakatlar eksportining asosini tashkil qiladi. Bu borada Tailand, Myanma, Vetnam alohida ajralib turadi. Yog‘-moy sanoati tarmoqdagi yana bir yirik sohadir. O'simlik moyi, asosan, kokos yong‘og‘idan olinadi. Jahonda bunday moyni ishlab chiqarish va uni eksport qilishda ham Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi yetakchilik qiladi. 
  Janubi-sharqiy Osiyoda transportning o`ziga xos tarmoqlari rivojlangan. Mamlakatlar iqtisodiyotida dengiz va daryo transportining roli, ayniqsa, katta. Temiryo`l va avtomobil transporti mamlakatlarda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Havo transporti ko`proq xalqaro aloqalarda muhim o`rin tutadi. 
 Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari rekreatsiya resurslariga juda boy bo`lganligi sababli, xalqaro turizm va dam olish tarmoqlari juda tez rivojlanmoqda. 
 Mintaqa mamlakatlari jahon miqyosida eksport-import aloqalarida faol qatnashib kelmoqda. Ayrim mamlakatlar ichida eksport-import hajmining kattaligi bo`yicha Singapur (45,0 %), Malayziya (17,3 %), Tailand (14,7 %) va Indoneziya (10,8%) ajralib turadi. Mintaqada 2012-yilda 3,5 trln. AQSH dollariga teng YIM ishlab chiqarildi. 
   Mintaqa mamlakatlari bir-biridan farq qiladigan 3 guruhga bo`lish mumkin. Bular:
  1. Malakka mamlakatlari – Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20 % i, aholisining 16 % ini o`zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi.  Ular og`ir sanoat tarmoqlari (elekr stansiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko`pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o`rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud.   
  2. Orollar mamlakatlari – Indonaziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig`idagi minglab katta-kichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan.
  3. Hindi-Xitoy mamlakatlari – Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotning asosini qishloq xo`jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 1

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив