loading...

Kolumbiya 

7249

 Rasmiy nomi — Kolumbiya Respublikasi. Poytaxti — Santa-fe-de-Bogota. Hududi — 1141748 km.kv. Aholisi – 47,1 mln.dan ortiq (2012). Tili -ispan. Dini — katolik (95%). Pul birligi — kolumbiya pesosi.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Janubda Peru (chegara uzunligi — 2900 km) va Ekvador (590 km), sharqda Venesuela (250 km) va Braziliya (1643 km), shimolda Panama (225 km) bilan chegaradosh. Kolumbiya g‘arbda Tinch okeani (sohil chizig‘i uzunligi — 1448 km), shirtolda Karib dengizi (1960 km) bilan tutash. Chegarasinmg umumiy uzunli­gi — 7418 km, sohil bo‘ylab clegara uzunligi — 3208 km. Mamlakat hududini ikki qismga: g‘arbiy qism — tog`li va sharqiy qism — tekisliklarga bo‘lish mumkin. G‘arbiy qismda uchta tog‘ tizmasi: G‘arbiy Kordilyera, Markaziy Kordilyera va Sharqiy Kordilyera joylashgan. Shimolda Serra-Nevada-de-Santa Marta  (eng baland nuqtasi — 5800 m) joylashgan. Asosiy daryolari — Magdana, Kauga, Meta, Guavyare. Kolumbiya foydali qazilma zaxiralariga boy: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, ko’mir, nikel, mis, oltin, zumrad. Iqlimi — sohil bo’ylarida va sohilga yaqin hududlarda yillik o’rtacha harorat 24-27°C. Birmuncha baland rayonlarda iqlim sovuqroq. Yil davomida ikkita yomg‘irli mavsum almashinadi. Sohil bo’ylarida asosiy o’simlik mongola. Kolumbiyaning hayvonot dunyosi boy. Bu yerda maymun, otselot, jayron. chumolixo’r. sudralib yuruvchilar, baliqlar, qushlar va hasharotlarning ko‘plab turlari uchraydi.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat 32 departamentga bolingan. Kolumbiya 1910-yil            20-iyulda (Milliy bayram — Mustaqillik kuni) Ispaniyadan musta­qillikni qo‘lga kiritgan. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament — Senat va Vakillar palatasidan lborat Kongress. Asosiy siyosiy partiyalar — Liberal partiya (LP), Konservativ partiya (KP), Yangi demokratik kuch (YDK)
  Iqtisodi va transport kommunikatsiyalari. Keyingi o’n yilliklarda iqtisodning rivoji oqsagan, lekin o’sish sur’ati boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan yuqori. Kolumbiyaning asosiy eksport mahsu- loti — qahva. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlarr. to‘qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, kimyo sanoati. Qishloq xo‘jaligida (YIMning 15% i) g‘alla mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik rivojlangan.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 33,86 km. Avtomobil yo’llari — 107300 km. Ichki suv yo’llan — 14300 km. Asosiy portlari: Barankilva, Buenaventura, Kartaxena, San-Adres, Santa-Marta, Tumako. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, YI mamlakatlari, Yaponiya, Braziliya, Venesuela.
  Tarixi. Hozirgi Kolumbiya hududlari 1502-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. 1510-yilga keiib ispanlar mamlakatni mustamlakaga aylantirdilar. Yangi Grenada deb atalgan Ispaniya mustamlakasi Venesuela va Ekvador hududlarini ham qo’shib, 1717-yilda vitse-qirollikka aylantirildi. 1810-yildan mustaqillik uchun kurash boshlandi va 1819-yilda mustaqillikka erishdi. 1830-yilda Venesuela va Ekvador, 1903-yili Panama Buyuk Kolumbiyadan ajralib chiqdi. 1948-yilda konser- vatorlar va liberallar o’rtasidagi turlicha siyosiy qarashlar ikki partiya tarafdorlari o‘rtasida qonli to’qnashuvlarga olib keldi. 1953-yilda davlat to’ntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura o’rnatildi. 1957-yilda hokimiyatni o’z qo‘liga olgan fuqarolik hukumati bir qator ichki siyosiy va iqtisodiy muammolarga duch keldi. XX asrning 2-yarmida narkomafiya kuchlarining faollashuvi kuzatiladi. 1993-yili Medelyin kartelining «narkobaron»i 43 yashar Pablo Eskobaraning o‘ldirilishi ham vaziyatni o‘zgartirmaydi. Harbiy to’ntarishlar tez-tez sodir bo‘lib turadigan qo‘shni davlatlarga nisbatan Kolumbiyada demokratik an’analar ancha mustahkam.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.