loading...

Ekvador 

6151

  Rasmiy nomi — Ekvador Respublikasi. Poytaxti — Kito. Hududi – 272 ming km.kv. Aholisi 13 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — sukre.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Amerikaning shimoli g‘arbidagi davlat. Janub va sharqda Peru (chegaraning uzunligi — 1420 km), shimolda Kolumbiya (590 km) bilan chegaradosh. G‘arbda Tinch okeani bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunli­gi — 2010 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 2237 km. Mamlakat uchta geografik hududga bo‘linadi. G‘arbda maksimal kengligi 150 km bo‘lgan sohilbo’yi tekisligi — Kosta joylashgan. Mamlakat markazida, Sharqiy Kordilyera va G‘arbiy Kordilyera tog‘lari orasida uzunligi 600 km, kengligi 100-200 km, o‘rtacha balandligi 2500 km bo‘lgan Serra togiigi yotadi. Sharqiy Kordilyerada harakatdagi vulqonlar ko‘p bo‘lib, ular orasida 5230 m balandlikdagi Sangay vulqoni faolligi bilan ajralib turadi. G‘arbiy Kordilyerada mamlakatning eng baland nuqtasi — Chamboroso (6310 m) joylashgan. Ekvadoming sharqiy qismini, deyarli yarim hududini, Oryende — Sharqiy changalzorlari egailaydi. Bu joylarga inson qadami yetmagan, aholi yashamaydi. Changalzorning ko‘p qismlari tadqiq etilmagan.changalzordan Amazonkaga quyiladigan daryolar — Napo, Pastasa, Tigre va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Asosiy tabiiy resurslari: neft, yog‘och, baliq. Hududi­ning 6%ini haydaladigan yerlar, 51%ini o‘rmon va to’qaylar, 17% ini yaylov va o‘tloqlar tashkil etadi.
  Iqlimi — sohilbo‘yida ekvatorial, tog‘li hududlarida salqin. Tekislik va tog‘ yonbag‘irlari ekvatorial o‘rmonlar bilan qoplangan. Tog‘larda adir o‘simliklari o‘sadi. Hayvonot olamini yaguar, ayiq, yovvoyi mushuk, skuns, laska, Galapagoss orollarida gigant dengiz toshbaqasi, dengiz iguanasi, pingvinlar tashkil etadi.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 21 provinsiyaga boiingan. Galapagoss orollari ham provinsiya maqomi- ga ega. 1822-yilning 24-mayida Ekvador Ispaniyadan o‘z mustaqilligiga erishgan. Davlat va hukumat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Milliy Kongress (bir palatali parlament). Yirik siyosiy partiyalari: Respublika birligi partiyasi, Sotsial-xristian partiya, Konservativ partiya, Ekvador roldosistlar par­tiyasi, Demokratik so‘l partiya.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatning asosiy tarmog‘i — neft qazib olish. Boshqa tarmoqlari — metallurgiya, qog‘oz-selluloza, oziq-ovqat, to‘qimachilik. Qishloq xo‘jaligi (baliqchilik va o’rmonchilik bilan birga) YIMning 18%ini tashkil etadi. Banan, qahva, какао donlari, baliq, krevetka eksport qilinadi. Chorvachilik rivojlangan. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Lotin Amerikasi davlatlari, Karib havzasi davlatlari, YI davlatlari, Yaponiya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 965 km, avtomobil yo‘llari — 28000 km (3600 km asfaltlangan), ichki suv yo‘llari — 1500 km. Asosiy portlari: Guayya-kil, Esmeraldas.
  Tarixi. XV asrda hozirgi Ekvador hududi inklar imperiyasi tarkibiga kirgan. 1526-yilda ispanlar tomo­nidan kashf etilgan Ekvador Pissaro va Belalkasara boshliq konkistadorlar tomonidan 1533-yilda zabt etiladi. 1822-yilda mamlakat ispan qo‘shinlaridan ozod bo‘lib, Kito nomi bilan Buyuk Kolumbiya tarkibiga kiradi. 1830-yilning 13-mayidan Ekvador mustaqil respublika. 1941-1942-yillardagi Peru bilan urushdan so‘ng mamlakat qator harbiy to‘ntarishlarni boshidan kechirdi. 1979-yilda harbiylar hokimiyatni fuqarolik hukumatiga topshiradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.