Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida tabiiyot va geografiya, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida amaliy geografiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi |
Bitiruvchilar |
Standart darajasi |
Daraja nomlanishi |
Umumiy o‘rta ta’lim |
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari |
A1 |
Tabiiyot fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi |
Tabiiyot fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining 4-sinf bitiruvchilari |
A1+ |
Tabiiyot fanini o‘rganishning kuchaytirilgan
boshlang‘ich darajasi |
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari |
A2 |
Geografiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi |
Geografiya fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining
9-sinf bitiruvchilari |
A2+ |
Geografiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan
tayanch darajasi |
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi |
Amaliy geografiya faniga chuqurlashtirilmagan
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari |
V1 |
Amaliy geografiya fanini o‘rganishning umumiy darajasi |
Amaliy geografiya faniga chuqurlashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari bitiruvchilari |
V1+ |
Amaliy geografiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi |
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida tabiiyot, geografiya va amaliy geografiya fanini
o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi:
o‘quvchilarda
tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni
shakllantirishdan iborat;
jamiyat va
tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob’ektlar, jarayon va hodisalar, Yer
yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global
ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash
va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini
shakllantirish;
o‘quvchilarning
hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik
bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy
vazifalari:
o‘quvchilarda
atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash
va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini
shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom
ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari,
ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos
keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik
hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiiyot va geografiya fanidan
umumiy o‘rta va amaliy geografiya fani bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
Tabiiyot va
geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va
yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan
malaka talablari:
1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy
jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish
kompetensiyasi:
A1
Quyosh
tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi;
Yer yuzidagi
tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va ayta oladi;
tun va kun,
yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi;
kundalik
hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi,
termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi;
ufq
tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi;
O‘zbekiston
Respublikasi va uning viloyatlari tabiati haqida biladi va ayta oladi.
A1+
Yer yuzi tabiatining
vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi va ayta oladi.
A2
Geografik
qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va
biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi,
tushunadi va tushuntira oladi;
tabiiy
hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr,
barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi;
materiklar,
okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif
bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay
oladi;
Yer yuzi
tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik omil va
qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;
jahon
xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy
geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan
mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi, hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi;
aholi va
ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi
va misollar bilan izohlay oladi;
aholi
dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi
migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;
dunyoning
siyosiy xaritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi;
geografik
bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir
amaliy topshiriqlarni yecha oladi.
A2+
Geografik
qobiq va uning tarkibiy qismlarida kechadigan tabiiy hodisa hamda
jarayonlarning mohiyatini biladi, tushunadi, tushuntira oladi va misollar bilan
o‘z o‘lkasi tabiatida namoyon bo‘lish holatlarini tavsiflay oladi;
tabiiy,
iqtisodiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarning turli o‘lcham va kattaliklarini
(harorat, yog‘in miqdori, aholi soni va hokazolarni) tasvirlovchi grafiklarni
tuza oladi;
statistik
ma’lumotlardan foydalanib, jadval va diagrammalarni tuza oladi va ularni tahlil
qila oladi;
turli
ma’lumot manbalaridan foydalangan holda hududlarning kompleks tavsifini
mustaqil ravishda tuza oladi;
ishlab
chiqarish tarmoq va korxonalarini hududiy tashkil etish omil va qonuniyatlarini
ayta oladi, alohida tarmoq yoki korxonalar misolida ularni izohlay oladi.
B1
Yer yuzi
tabiatiga fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillarning ta’sirini
tushunadi va tushuntira oladi;
geografik
qobiqning asosiy qonuniyatlari — bir butunlik, modda va energiya almashinuvi,
ritmiklik, zonallik, azonallik, balandlik mintaqalanishini biladi;
globallashuv
ta’sirida jahon xo‘jaligi, dunyoning geosiyosiy tuzilishida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarni biladi va tahlil qiladi, ularni misollar bilan izohlay oladi;
insoniyatning
global muammolari haqida tushunchaga ega bo‘ladi;
jahonning
yirik mintaqalari va turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
ta’sir etuvchi geografik omillarni tushunadi va tushuntiradi;
Markaziy
Osiyo va O‘zbekistonning zamonaviy geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rnini biladi.
B1+
hozirgi
zamonning dolzarb muammolari — suv, energetika, oziq-ovqat, xom ashyo
muammolarining mohiyatini tushunadi va tushuntira oladi, ularning rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlarda turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishlarini
misollar bilan izohlay oladi;
O‘zbekiston
milliy iqtisodiyotida amalga oshirayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar,
mintaqaviy siyosatning hududlar, jumladan o‘zi yashaydigan joydagi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’sirini biladi.
2. Geografik ob’ektlar, joy
nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A1
O‘zi
yashaydigan joy (mahalla, qishloq, tuman, shahar) nomlarini biladi, u yerdagi
geografik ob’ektlarning (tog‘, tekislik, suv havzalari va boshqalarning)
nomlanishini og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
O‘zbekistondagi
viloyat va shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza oladi.
A1+
Joy
nomlarining o‘ziga xos mazmun va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ayta oladi.
A2
Materiklar,
qit’alar va okeanlarning o‘rganilish tarixi va uning geografik ob’ektlar
nomlarida aks etganligini ayta oladi;
tabiiy
geografik o‘lkalar, davlatlar, poytaxt va yirik shaharlarning nomlarini ayta
oladi va to‘g‘ri yoza oladi;
geografik
ob’ektlar nomlarining o‘ziga xos ma’no-mazmunini tushuntira oladi, o‘zi
yashaydigan joy (hudud)ning toponimikasini ayta oladi.
A2+
Davlatlar,
ularning poytaxti va yirik shaharlari, O‘zbekistondagi ayrim tuman va
shaharlar, tabiiy geografik ob’ektlarning tarixda turli nomlanganligini,
geografik ob’ektlarning qayta nomlanish holatlarini misollar bilan izohlay
oladi;
geografik
xaritalarda shahar, shaharcha va qishloqlarning yozilish qoidalaridagi farqini
ayta oladi va amaliyotda qo‘llaydi.
B1
dunyoning
tabiiy va geosiyosiy mintaqalarning nomlarini izohlay oladi, bir-biriga yaqin
geografik nomlarning (Lotin Amerika va Markaziy Amerika, O‘rta Osiyo va
Markaziy Osiyo va hokazolarning) o‘zaro farqini ayta oladi.
B1+
davlatlar,
mintaqalar, shaharlar va boshqa ob’ektlarning nomlari tarixiy, madaniy va
siyosiy mazmun-mohiyatga ega ekanligini biladi.
3. Globus, geografik atlas va
xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A1
Globus,
dunyoning yarim sharlari xaritasi, O‘zbekiston tabiiy va siyosiy xaritalaridan
geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rnini ko‘rsata oladi;
O‘zbekistonning
tabiiy xaritasidan o‘zi yashaydigan hududni, mamlakatimizdagi eng baland tog‘lar,
tekisliklar, daryolar va boshqa geografik ob’ektlarni ko‘rsata oladi.
A1+
Globus va
geografik xaritalarning masshtablari yordamida geografik ob’ektlarning
o‘lchamlarini hisoblab chiqara oladi.
A2
Globus va
geografik xaritalar, o‘quv atlaslari masshtabi, daraja to‘ri (meridian va
parallellar) yordamida geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rni va geografik
koordinatalarini hamda o‘lchamlarini aniqlay oladi;
joy
tuzilishi va topografik xaritalardan milliy iqtisodiyotning turli sohalarida,
joylarda yo‘nalish olish, relefni o‘rganish maqsadlarida foydalana oladi;
mavzuli
tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar yordamida hududlarning tabiiy sharoiti
va resurslari, aholisi va xo‘jaligini tavsiflay oladi;
o‘quv atlasi
yordamida yozuvsiz xaritalarga materiklar va okeanlar, davlatlarning siyosiy,
tabiiy (iqlim, tabiat zonalari va b.), iqtisodiy-ijtimoiy (sanoat, qishloq
xo‘jaligi va b.) xaritalarini tushira oladi.
A2+
Xaritalarda
qo‘shimcha ma’lumot sifatida berilgan jadval, diagramma va grafiklar bilan
ishlay oladi;
kartografik
andozalarni meridian va parallellarning ko‘rinishidan ajrata oladi;
geografik
xaritalardan foydalanib hududlarning kompleks geografik profillarini tuza
oladi.
B1
geografik
xaritalar yordamida dunyoning mintaqalari, Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga tavsif beradi va qiyosiy tahlil qila
oladi.
B1+
mavzuli
xaritalar asosida ma’lum bir hududlarning tabiati, aholisi va xo‘jaligi
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay oladi.
4. Tabiatni muhofaza qilish va
ekologik madaniyat kompetensiyasi:
A1
O‘zi
yashaydigan joy tabiati, O‘zbekistondagi tabiat boyliklari, diqqatga sazovor
tabiat ob’ektlari, ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi;
tevarak
atrofdagi tabiiy muhitni (suv, havo, tuproqni) asrab, ulardan tejamkorlik bilan
foydalana oladi.
A1+
Mamlakatimizning
cho‘l, vodiy-voha, adir, tog‘, yaylov mintaqalarida tabiatni muhofaza qilish
haqida biladi va aytib bera oladi.
A2
Tabiatdan
oqilona foydalanish, insonning tabiatga ta’siri, global va mintaqaviy ekologik
muammolarning kelib chiqish sabablarini biladi va misollar bilan tushuntira
oladi;
tabiiy
resurslarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ayta oladi;
materiklar,
turli mamlakatlar, O‘zbekiston Respublikasidagi muhofaza etiladigan hududlar,
ularning turlari, hududiy joylashuvi va amaliy ahamiyatini ayta oladi va
misollar bilan izohlay oladi.
A2+
Turli tabiiy
resurslarning hududiy tarqalish qonuniyatlari haqida ayta oladi va ularni
misollar bilan izohlay oladi.
B1
Yevropa,
Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya va Okeaniya kabi
yirik mintaqalardagi dolzarb ekologik muammolarning mohiyati va kelib chiqishi
omillarini tahlil qila oladi;
O‘zbekiston
va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekologik muammolarning mohiyati va kelib
chiqishi omillarini biladi, mintaqadagi yagona ekologik muhit, transchegaraviy
ekologik muammolar mohiyatini tushunadi.
B1+
Xalqaro
tashkilotlar va turli davlatlar tomonidan global ekologik muammolarni hal
etishga qaratilgan xatti-harakatlar, bu boradagi tuzilgan va imzolangan xalqaro
va davlatlararo shartnomalar haqida biladi va ayta oladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.