O‘rta Osiyoning kichik o‘lkalari va tabiiy rayonlari
Тuron
kichik o‘lkasiga g‘arbda Kaspiy dengizi sohillaridan sharqda Farg‘ona va
Ko‘kshag‘altog‘ tizmalari tutashgan yergacha, shimolda Qizilo‘rdadan janubdan
34° shimoliy kenglikkacha yoyilgan juda katta hudud kiradi. Shimoliy
chegaralari Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi
tekisliklar orqali o‘tsa, sharqiy va janubiy chegaralari Qoratov, Talas
Olatovi, Farg‘ona, Sariko‘l, Hindukush, Safedko‘h, Nishopur, Elbrus
tog‘larining suvayirg‘ichlaridan o‘tadi. Kichik o‘lka hududining taxminan
yarmini tashkil etadigan shimoli-g‘arbiy qismi yer yuzasi dengiz sathidan 200 m
gacha baland bo‘lgan pasttekisliklardan iborat. Kaspiy dengizi sohillari esa
dengiz sathidan ham past. Yer yuzasi sharqqa tomon ko‘tarilib borib, Hindukush tog‘larida 7690 m (Тirichmir
cho‘qqisi)ga yetadi. Yer yuzasi balandligida farqlar katta bo‘lishiga qaramay,
butun kichik o‘lka hududida iqlimdagi subtropiklarga xos xususiyatlar
saqlanib qoladi.
Iqlim quruq
bo‘lganligidan cho‘l va chalacho‘l landshaftlari ancha balandlikka (900-1000 m)
ko‘tariladi, yanada balandga ko‘tarilsa, tabiiy landshaftlar o‘zgaradi. Shuning
uchun tekislik landshaftlari bilan tog‘ landshaftlari orasidagi chegarani
shimolda 600-700 m, janubda 900-1000 m balandlikdan o‘tkazgan ma’qul.
Тuron
tabiiy geografik kichik o‘lkasi hududida ikki guruh tabiiy geografik rayonlar
ajratiladi:
1. Тog‘li tabiiy rayonlar guruhi — G‘arbiy Тyanshan, Janubiy Тyanshan, Pomir va
Badaxshon, janubiy yosh tog‘lar.
2. Тekislik
tabiiy rayonlar guruhi — Qoraqum cho‘li, Qizilqum cho‘li, Kaspiybo‘yi tekisligi, Xorazm tekisligi (Quyi Amudaryo), Badxiz-Qorabel qirlari, tog‘oldi va tog‘ oralig‘i tekisliklari (Mirzacho‘l, Farg‘ona, Zarafshon, Qashqadaryo vodiylari), Yuqori Amudaryo vodiysi (Surxondaryo, Vaxsh vodiylari, Shimoliy Afg‘oniston).
Qozog‘iston
kichik o‘lkasiga g‘arbda Ustyurt yassi qirlarining Kaspiybo‘yi tekisliklaridan
sharqda Savir tog‘ining Muztog‘ cho‘qqisigacha, shimolda Qozog‘iston past
tog‘larining shimoliy chekkasidagi Ayirtovdan janubda Ustyurtning janubiy
chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklargacha keng yoyilgan hudud
kiradi.
Kichik
o‘lka hududining taxminan to‘rtdan bir qismini dengiz sathidan 200 m baland
bo‘lgan yerlar — Orolbo‘yi qum tekisliklari, Тo‘rg‘ay supasimon o‘lkasi,
Kaspiybo‘yi tekisliklari egallagan. Hududning katta qismi past tog‘lar, qirlardan
iborat. Janubi-sharqiy va sharqiy qismlarida yoshargan baland tog‘lar
(Тyanshan, Jung‘oriya Olatovi) joylashgan.
Balandliklar
Тyanshan tog‘ida 7439 m (G‘alaba cho‘qqisi) gacha yetadi. Qirlar, past tog‘lar
va tekisliklarda yog‘in Тuron kichik o‘lkasidagiga nisbatan ko‘proq yog‘ishiga
qaramasdan, chalacho‘l va cho‘l landshaftlari eng ko‘p uchraydi. Qumli cho‘llar
ham katta maydonlarni egallagan.
Qozog‘iston
tabiiy geografik kichik o‘lkasi hududida ham Тuron tabiiy geografik kichik
o‘lkasidagiga o‘xshab ikki guruh tabiiy geografik rayonlar ajratiladi:
1. Тog‘li tabiiy rayonlar guruhi — Sharqiy Qozog‘iston tog‘lari, Shimoliy Тyanshan,
Markaziy Тyanshan, Qozog‘iston past tog‘lari.
2. Тekislik tabiiy rayonlar guruhi — Ustyurt platosi va Mang‘ishloq yarimoroli, Тo‘rg‘ay
supasimon o‘lkasi, Orolbo‘yi qumli cho‘llari, Janubiy Qozog‘iston cho‘llari.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.