loading...

Yеrоsti suvlаri 

7124

O‘rta Osiyo hududi yerusti suv zaxiralari bilan birgalikda juda katta yerosti suv boyliklariga ham ega. Iqlimining juda quruq bo‘lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yerosti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda, qishloq xo‘jaligi yerlarini va chorva mollarini sug‘orishda juda keng ko‘lamda foydalaniladi.

O‘rta Osiyo hududida tabiiy geografik va geologik xususiyatiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan 2 ta gidrogeologik kichik o‘lka — janubi-sharqiy burmali tog‘lar va platformadagi artezian suvlari bo‘lgan tekislik kichik o‘lkalari mavjud.

O‘rta Osiyoning barcha burmali tog‘laridagi yerosti suvlarining asosiy qismi tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘laklaridan chiqadigan suvlardir. Ularning manbayi yog‘in-sochin suvlari hisoblanadi. (Yerosti suvlarining paydo bo‘lishini esga oling.) Bu suvlar tog‘larda ko‘pincha buloqlar tarzida chiqib, tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida daryo suvlariga qo‘shiladi, qisman, sug‘orishda foydalaniladi.

Тekisliklardagi yerosti suvlari artezian havzalaridan iborat. Bu suvlarning manbayi daryo o‘zanlaridan shimilgan va tog‘ yonbag‘irlaridagi suvlarning shimilishi natijasida vujudga kelgan suvlardir.

O‘rta Osiyoning yirik cho‘llari — Qizilqum va Qoraqumning yerosti qatlamlari ichimlik suv zaxiralariga juda boy. Chorvamollarini sug‘orish va ichish maqsadida bu yerda juda chuqur (200-250 m gacha) artezian quduqlari qazilgan.
Yerosti suvlari chuqurda, yer yoriqlarida joylashgan bo‘lsa, ko‘pincha issiq, tarkibida turli mineral moddalar erigan bo‘ladi. Bunday suvlar termal suvlar deyiladi. O‘rta Osiyo hududi ana shunday termal (issiq) va mineral suvlarga boy. Bu suvlarning kimyoviy tarkibi insonga shifobaxsh ta’sir etadi. O‘lkada tarkibida yod, vodorod sulfat, radon va boshqa ba’zi mineral moddalar bo‘lgan bir qancha yerosti suv manbalari bor va ular asosida Qozog‘istonning Shimkent viloyatida Qorasuv, Farg‘ona vodiysida — Chimyon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk, Chortoq, Surxondaryoda — Jayronxona, Тojikistonda —Obigarm mineral suvli shifoxonalar bunyod etilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив