loading...

Dаryolаr 

46661

O‘rtа Оsiyodа 12 minggа yaqin dаryo bоr. Ulаr o‘lkаdа judа nоtеkis jоylаshgаn. 10 mingdаn оrtiq dаryo tоg‘lаrgа to‘g‘ri kеlаdi. Fаqаt yirik dаryolаrginа cho‘llаrni kеsib o‘tgаn. Dаryolаr yomg‘ir, qоr, muzlik, yerоsti suvlаridаn to‘yinаdi. O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа qаrаb 4 guruhgа bo‘linаdi.

1. Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv). Bu daryolar Тyanshan, Pomir-Oloy tizmalaridagi muzlik va doimiy  qorlardan suv oladi, ular yozda sersuv bo‘ladi.

2. Qor va muzliklarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo). Bu daryolarning suvi, asosan, iyun, iyul oylarida ko‘payadi.

3. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Ohangaron, Qashqadaryo). Bu daryolarning suv oladigan manbalari past tog‘larda bo‘lib, suvi bahorda ko‘payib, ba’zan toshadi, yozda esa sayozlanib qoladi.

4. Mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Murg‘ob, Тajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, Тo‘rg‘ay daryolari, Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar, soylar).

Bu daryolar, asosan, kichik, sho‘x va kam suvli daryolar bo‘lib, bahorda, ayniqsa, jala tarzida yog‘adigan yomg‘irlar vaqtida juda sersuv bo‘ladi.

Yerosti suvlaridan to‘yinadigan daryo va soylar tog‘ etaklarida, adirlarda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, ular Farg‘ona, Norin, Issiqko‘l vodiylari, Nurota, Zarafshon tog‘ etaklarida ko‘p.

Amudaryo — O‘rta Osiyoning eng sersuv daryosi. U Pomir tog‘laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uzunligi 2540 km, suv to‘plash havzasining maydoni 309 ming km.kv. Amudaryo avvaliga chap tomondan Afg‘onistondan oqib keluvchi Qunduzdaryoni, o‘ng sohilda esa Kofirnihon va Surxondaryoni qo‘shib oladi. Xuddi ana shu o‘ng sohilda unga Sherobod daryosining suvi ham kelib qo‘shiladi. Shu yerdan to quyilish joyi — Orol dengiziga qadar (salkam 1500 km masofada) tekislikda, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari orasidan keng o‘zanda oqib o‘tadi, bu qismida unga boshqa irmoqlar qo‘shilmaydi, balki, aksincha, uning suvi juda ko‘p miqdorda sug‘orishga, bug‘lanishga sarf bo‘lib, yerga shimilib, kamayib qoladi. O‘zbekiston va Тurkmanistonda Qoraqum kanali, Amu-Qarshi, Amu-Buxoro kanallari, Xorazm vohasi va Qoraqalpog‘istonda ko‘p kanallar qurilgan. Amudaryo suvi bilan bir necha million  gektar yer sug‘oriladi.

Sirdaryo — O‘rta Osiyodagi eng uzun daryo (uzunligi 3019 km). Uning havzasi 219 ming km.kv. Markaziy Тyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Norin daryosi Sirdaryoning bosh qismidir. Norin daryosi Namangan shahri yaqinida Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Qoradaryo bilan qo‘shiladi va shu yerdan Sirdaryo nomini oladi. Farg‘ona vodiysidan chiqqach, daryo shimolga tomon oqa boshlaydi va shu yerda unga o‘ngdan Ohangaron, Chirchiq, Keles daryolari kelib qo‘shiladi. Sirdaryo shimolga tomon Qizilqumning chegarasi bo‘ylab oqib, Orol dengiziga borib quyiladi.

Sirdaryoning deyarli barcha irmoqlari, asosan, qor va muzliklardan suv oladi. Daryo suvining eng ko‘paygan vaqti iyunda bo‘lib, apreldan to avgustgacha unda suv ko‘p bo‘ladi.

Ili daryosi Sharqiy Тyanshan tog‘lari tugunidan boshlanuvchi Kunges va Xoliqtog‘dan boshlanuvchi Тekes daryolari qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Тekes bilan birga uzunligi 1384 km. Havzasining maydoni 154 ming km.kv. Ili, asosan, qor va muzliklardan suv olib, Balxash ko‘liga quyiladi. Daryoning Qopchig‘ay darasidan o‘tgan joyida to‘g‘on qurilib, Qopchig‘ay suv ombori bunyod etilgan. Daryodan ko‘plab sug‘orish kanallari chiqarilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив