loading...

Gonkong 

11872

  Rasmiy nomi — Syangan alohida ma’muriy hududi. Poytaxti — Gonkong (Syangan). Hududi — 1075 km.kv. Aholisi — 6912965 kishi (2007). Davlat tillari — xitoy va ingliz. Dini — bu yerda dunyodagi deyarli barcha dinlar bor. Pul birligi — gonkong dollari, xitoy yuaniga o‘tilmoqda.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Gonkong Xitoyning maxsus hududi hisoblanadi. Uning hududi asosan Szyulun yarimoroli va atrofidagi orollardan tashkil topgan. Sohillari Janubiy Xitoy dengiziga tutashgan.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. 1997-yildan Buyuk Britaniya nazoratidan Xitoy hududiga o’tdi. 1984-yil Xitoy va Buyuk Britaniya o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Xitoy tarkibidagi maxsus hudud maqomini olgan. Bunga ko’ra Xitoy Gonkongda mavjud ijtimoiy, iqtisgdiy tuzumni 50 yilgacha o‘zgartirmaslik majburiyatini olgan. Ijroiya hokimiyat gubernator va uning hukumatiga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Syangan Leyboristlar partiyasi, 0‘z-o‘zini Boshqarish Demokratik partiyasi.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qazilma boyliklarning deyarli yo‘qligiga qaramay, Gonkong iqtisodi yaxshi rivojlangan. Ayniqsa to‘qimachilik sanoati va kemasozlik yaxshi rivojlangan. Hududning 8% i dehqonchilik uchun yaroqli yerlar hisoblanadi, shunga qaramasdan ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yo‘q. Eksportga asosan tayyor kiyimlar, mato, elektr asboblari va soat chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: Xitoy, AQSH, Yaponiya, Tayvan.
 Tarixi. Gonkong 1842-vilgi Nankin shartnomasiga ko’ra Xitoy tomonidan Buyuk Britaniyaga berilgan. Inglizlar Gonkongni yirik savdo portiga aylantirishdi. Natijada bu yerdagi lqtisodiy ahvol keskin yaxshilandi. 1898-1899-yillarda Britaniya Xitoydan 99 yil muddatga ijaraga olgan hududlarini ham Gonkongga qo’shdi. 1941-yil Gonkong yaponlar tomonidan bosib olindi. Lekin II jahon urushida Yaponiyaning magiubiyatidan so‘ng u yana Buyuk Britaniya nazoratiga o‘tdi. 1997-yil Xitoyning maxsus hududi sifatida Xitoy davlati tarkibiga qo‘shildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.