Geografiya: 2500 savolga 2500 javob
Geografiya ixlosmandlariga yangi yil
tuhfasi sifatida 2014-yilning so‘nggi kunlarida yangi qo‘llanma nashrdan chiqqan
edi. Mualliflar Muxriddin Avezov va Istat Mirzayeva tomonidan nashr
etilgan "Geografiya: 2500 savolga 2500
javob” deb nomlangan mazkur qo‘llanma darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari
mavzulari asosida tuzilgan hamda qo‘shimcha manbalardagi ma’lumotlar bilan
boyitilgan 2500 ta savolni va ularning javoblarini o‘zida
jamlagan.
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanma o‘quvchilarni tegishli mavzularni oson va mukammal egallashlari uchun
xizmat qiladi. Zukko va bilimdon ustozlarimiz esa bu qo‘llanmadan dars
jarayonida samarali foydalanishlari mumkin. Qo‘llanma geografiyadan fan
olimpiadalarida va "Bilimlar bellashuvi” da ishtirok etuvchi o‘quvchilarga ayni
asqotadi. Shu bilan birgalikda, u oliy o‘quv yurtlariga kirish testlariga
tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun ham juda foydali qo‘llanma bo‘ladi.
Murojaat uchun telefon: (+99894) 547-78-18
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.