loading...

Turpning 7 foydali xususiyati 

7889


 

Turpning 3 hil turi bor: qora (qishki) turp, yashil (Marg`ilon) turpi va daykon (yapon) turpi. Turp tarkibida B1, B2 vitaminlari mavjud.  Bir dona turpda 1,9 gr. oqsil, 0,2 gr. yog`, 6,5 gr. uglevodlar bor.

 

1.     Turp sharbati va asal (1:1) aralashmasini o`t pufagidagi toshlardan xalos bo`lish uchun iching.  Bir kunda 0,5 osh qoshiqdan boshlab 2 osh qoshiqqacha etkazing. Muolaja muddati –10 kun.

2.     Yo`talga qarshi turpni yupqa qilib kesib, ustiga shakar seping-da, yarim kunga qoldiring. Chiqqan sharbatini bir osh qoshiqdan har soatda qabul qiling. Bu yo`l bilan yo`talingizni tez va oson davolaysiz.

3.     Turpni mayda bo`laklarga bo`ling, idishga solib, shakar seping va duxovka pechiga 2 soatga qo`ying. Paydo bo`lgan sharbatni dokadan o`tkazib olib, 2 choy qoshiqdan 3-4 martadan taomlanishdan avval va uxlashdan oldin ichsangiz, shamollashlardan qutulasiz.

4.     Turpni quyidagi kasalliklarda iste`mol qilmagan ma`qul:

  • ingichka va yo`g`on ichak yallig`lanishida;
  • oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida;
  • jigar va buyrak kasalliklarida;
  • gastritda.

5.     Ozish uchun turpdan tayyorlangan engil salatlardan tamaddi qiling. Turpning ochlik hissini kamaytiruvchi xususiyati ham bor.

6.     Agar ishtahangiz yo`q bo`lsa, har kungi taomnomangizga, albatta, yashil turpni qo`shing.

7.     Kamqonmisiz, u holda turp, lavlagi va  sabzidan tayyorlangan sharbatni iching.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив