Qatiq iching, qarimaysiz!
Har birimizning ro`zg`orimizda topiladigan, foydali ichimlik – qatiqdir. Tabobatda ushbu ichimlikning bir qancha xususiyatlari e`tirof qilinadi.
– Olimlarning bir qator ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko`ra qatiq surunkali gastrit, ateroskleroz, diabet, ishemiya, disbakterioz va gipertoniya kasalliklarining oldini olishda ajoyib vosita sanaladi. Shifosi uchun har kuni ovqatdan 15 daqiqa o`tib ichish tavsiya etiladi.
– Qatiq jigar sirrozi profilaktikasida ham o`zini oqlay olgan. Shuningdek, jigar faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda ham qatiq ichish foydali.
– Tana vazningizni kamaytirish ilinjida bo`lsangiz, yog`siz qatiq a`lo vosita bo`la oladi. Qatiqqa mayda to`g`ralgan rediska va ko`katlarni aralashtirsangiz, tayyor salat bo`ladi.
– Bolalar uchun yog`li qatiqning bir kun avval tayyorlangani foydaliroq. Ayniqsa, qorin og`riqlari, ovqat hazm bo`lishi va ich ketishi bilan muammo kuzatilsa, yangi ivitilgan qatiq ichilmagani ma`qul.
– Muntazam qatiq iste`mol qilish qonda qand miqdorining ortib ketmasligini ta`minlaydi. Agar oilangizda qandli diabet bilan og`riganlar bo`lsa, qatiqni kanda qilmang.
– Uxlashga yotishdan avval ichilgan bir stakan qatiq oshqozon-ichaklarga ijobiy ta`sir ko`rsatib, tinchlantiradi.
– Asabiy va ishtahasiz bo`lsangiz, ertalab nonushtadan yarim soat avval bir stakan qatib ichib oling.
– Yuz teringiz quruqlashib ketgan bo`lsa, qatiqqa ozroq maydalangan ko`katlarni aralashtirib, niqob o`rnida foydalanish mumkin.
– Qatiqning tinchlanitiruvchi hamda tetiklashtiruvchi hususiyati klimaks davridagi ayollar, homilador va emiziklilar uchun asqotadi.
– Uzoq umr ko`rishni istasangiz, har kuni bir stakan qatiq iching. Shunda organizmingiz kun sayin yosharib boraveradi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.