loading...

​Shifoning zo`ri – olxo`ri 

6155

1. Olxo`ri mevasi xalq tabobatida ishtahani ochuvchi vosita sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilar bu mevani me`yorida iste`mol qilganlari ma`qul.

2. Olxo`ri bargi maydalab yiringli yaralar ustiga qo`yilsa, yara tezroq bitishiga yordam beradi.

3. Bu mevadan tayyorlangan kompot engil peshob haydovchi vosita sifatida mashhur. Tarkibidagi kaliy moddasi esa tuz va ortiqcha suvlarni organizmdan chiqarib yuboradi. Shuningdek, u kamqonlik va yurak-qon tomiri xastaliklaridan aziyat chekuvchilar uchun koni foyda.

4. Olxo`ri qoqisi mevasiga nisbatan ko`proq kalloriya saqlaydi. Shuning uchun qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat ekuvchilarga tavsiya etilmaydi.

5. Bir necha dona olxo`ri daraxti barglarini 15 daqiqa davomida qaynatib chayilsa, stomatit xastaligiga davo bo`ladi.

6. Olxo`ri mevasi qorin dam bo`lishi va qabziyatdan aziyat chekuvchi kishilarga tavsiya etiladi.

7. Bu ajoyib meva nafaqat tabobat balki, kosmetologiyada ham keng qo`llaniladi. Buni qarangki, dunyo miqyosida u yoshartiruvchi va mayda ajinlarda xalos qiluvchi vosita sifatida nom chiqargan. Kosmetologlar agar teringiz quruq bo`lsa yog`siz qaymoq bilan, agar yog`li bo`lsa yogurt yoki qatiq bilan maydalangan olxo`rini aralashtirib surtishni tavsiya etadilar.

8. Oshqozonda og`riqlarni keltirib chiqarganligi tufayli, bu mevani bolalar taomnomasiga qo`sha turib ehtiyot bo`lishingiz lozim. Shuningdek podagra va revmotizmga chalingan bemorlar uni iste`mol qilmaganlari ma`qul.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив