Baliq – nevroz, insult va zaiflikka davo!
O’zida vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor,
ruhni saqlagan bu jonzot go’shtini ko’p
va xo’b yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga
kerakli quvvatni bera oladi. Baliqni
bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, kariyes, soch to’kilishi, buqoq dardlaridan
asraysiz. Sho’rvaga solib, buvi-buvalarning oldiga qo’ysangiz,
duo olishingiz aniq: baliq yurakni
sozlab, qon bosimini me’yorda ushlaydi, qarabsizki, keksalarning xotirasi pand bermaydi, kayfiyati
chog` yuradi. Baliqni turmush o’rtog`ingizga "toblama” shaklida yaltiroq qog`ozga
o’rab, gaz pechida pishirib berishdan erinmang. Qalbida xushnudlik paydo bo’ladi, sog`lig`i tiklanadi. O’zingiz ham onda-sonda emas, har
hafta baliq yesangiz, kattalarga ko’rsatgan
himmatingiz uchun umringiz uzoq bo’ladi.
Baliqning biz bilgan va bilmagan xususiyatlari qanday?
QANDAY TAYYORLAGAN
MA’QUL?
Odatda, daryo balig`ini qovurib iste’mol qilamiz. Ammo bunda yurak va qon tomirlarga
qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko’rinishda baliq nafsni siylagani qoladi.
Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo’shib qaynatma
sho’rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga o’rganing.
Vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon bo’ladi.
AVVALO, TANLASHNI BILING!
Yangi tutilgan, xar xil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil
rangda bo’ladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib ko’ring, ezganda xuddi
rezinka singari o’z holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering,
o’tkir hidli, go’shti yashil yoki sarg`ish bo’lsa, yaqinlashmang. Sovutgichda xom
baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.
KIMLARGA MUMKIN EMAS?
Allergik xastaliklar, qonda kalsiy darajasi yuqori bo’lgan odamlarga, buyragi
tez-tez og`riydigan bemorlarga, o’pka silida baliq unchalik tavsiya etilmaydi.
QAY BIRI ENG FOYDALI?
Bizda asosan daryo balig`i iste’molda bo’lgani uchun zog`orabaliq (sazan), ilonbaliq,
laqqabaliq, olabug`a, cho’rtanbaliq, bakra, paltus, tovonbaliq go’shtini yeyish
tavsiya etiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, insultdan keyingi davr,
qonda xolesterin darajasi ko’tarilganda, kamqonlik, suyak sinishlari, behollik
va jismoniy zo’riqishda, nevroz, jinsiy zaiflikda, buqoq, teri kasalliklari (ayniqsa
teri quruqlashib, po’st tashlaganda), revmatizmda, ko’rish qobiliyati pasayganda
bu jonzotning go’shti koni foydadir. Dengiz balig`ini esa konserva yoki marinadlangan,
tuzlangan yoki dudlangan ko’rinishdagi iste’moli organizmga uncha foyda qilmasligini
uqtirmoqchimiz.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.