loading...

Kartoshkaning biz bilmagan xususiyatlari 

8592

Kartoshkani ko`pincha ikkinchi nonga qiyoslashadi. Haqiqatdan ham biz tayyorlaydigan deyarli hamma taomlarda mazkur sabzavotdan foydalaniladi. Xo`sh, uning inson organizmiga qanday foydasi bor?


  • Kartoshkali taomlar yuqori darajadagi uglevodlar, klechatka, oqsillar (globulin, albumil, protein, pepton)ni o`zida saqlaydi. Shu bilan biraga, kartoshkada oz miqdorda kaliy, fosfor, C, V1,V2, V6 va A vitaminlari ham mavjud. Kartoshkada 79% suv, 17% kraxmal va 2% oqsil bor.
  • Kartoshka yangi bo`lsa, uni po`sti bilan qaynatgan ma`qul. Po`stloq qaynatish jarayonida foydali moddalar chiqib ketishidan himoyalaydi. Bu usulda pishirilgan kartoshka bilan ingalyasiya qilinsa, tomoq-burun kasalliklarida yaxshi samara beradi.

Kartoshka tarkibidagi eng to`yimli modda — kraxmaldir. Kechpishar navlarda kraxmal miqdori ertapisharlaridan ancha yuqori bo`ladi.

Kartoshka o`zining og`riqsizlantiruvchi va peshob haydovchi xususiyatlari bilan foydalidir. Uning tarkibidagi kaliy organizmdan ortiqcha suvni chiqarib tashlaydi. Tanada keragidan ko`p miqdordagi kislotalarni neytrallaydi. Moddalar almashinuvi, yurak va oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi. Jigar kasalliklarida tavsiya etiladi. Yangi kartoshkaning sharbati oshqozon yarasi kasalliklari hamda jig`ildon qaynashida juda yaxshi davo hisoblanadi.

Taom tayyorlaganda iloji boricha foydali elementlarni saqlab qolish kerak. Buning uchun kartoshkani tez pishirgan ma`qul. Po`stini tayyorlashdan oldin archish kerak. Artib suvga solib qo`yilgan kartoshkadan mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar chiqib ketadi, C1, V1, V2, RR vitaminlari o`z ta`sirini yo`qotadi.

Kartoshkani sog`liqqa foydali va mazali qilib pishirish

Kartoshkani juda mazali va foydali tayyorlash usuli — gaz pechida po`sti bilan pishirishdir. 

Qovurilgan kartoshkani sevib iste`mol qiluvchilar uchun uning foydali xususiyatlarini saqlab qoluvchi usul bor.

Yog`ni qizdirib, to`g`ralgan kartoshkani solamiz va baland olovda 10 daqiqa qovuramiz, so`ng tagini o`chirib, ustini qopqoq bilan 10 daqiqaga yopib qo`yamiz. Tayyor bo`lgach, ko`katlar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Kartoshkaning nojo`ya ta`siri

"Asalning ham ozi yaxshi”, deganlaridek ushbu mahsulotning ham nojo`ya ta`sirlari bor. Eng zararlisi esa G`arb mamlakatlaridan kirib kelgan va yoshlarimiz orasida tobora urf bo`layotgan «kartoshka fri».

Kartoshka po`stlog`i tarkibidagi solanin inson salomatligiga zararli bo`lib, uni iste`mol qilish organizmning zaharlanishiga olib keladi.

Ushbu moddadan homilador ayollar ehtiyot bo`lishlari zarur. Sababi, u bolaga zarar etkazadi. 3 oydan ortiq saqlangan yoki yashil kartoshkani iste`mol qilganda bosh aylanishi, asab tizimi buzilishi, qorin sohasida og`riq, ich ketish va qayd qilish kabi nojo`ya ta`sirlar kuzatilishi mumkin.

Kartoshka tanlayotganda yashil ranglisini olmagan ma`qul, sababi, unda zararli modda yuqori bo`ladi. Usti qattiq va silliq bo`lsin. O`rtacha va kichiklarini olish kerak. Kattalarida foydali elementlar 3 barobar kam bo`ladi.

3 oydan ko`p saqlangan kartoshkadagi solanin miqdorini pasaytirish uchun uning po`stini qalinroq arting hamda yirik tuzga belab qo`ying: ushbu zararli modda asosan po`stloq ostida to`planadi, tuz esa nitratlar va solaninni chiqarib tashlaydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив