loading...

Saratonga qarshi 10 mahsulot 

4734

1. Pomidor. Pomidor tarkibidagi likoptin moddasi eng kuchli antioksidant bo`lib, u saraton hujayralarini keltirib chiqaruvchi erkin radikallarni yo`q qiladi. Shunday ekan bir kunda 2-3 dona pomidor eyishni odat qiling.

2. Qovoq va sabzi. Beta-karotinga boy bu ikki sabzavotni bir kunda 200 gramdan tanovvul qilish ko`krak bezi, o`pka, bachadon, oshqozon osti bezi saratonining oldini oladi.

3. Sarimsoq piyoz. Bir kunda 1-2 bo`lak sarimsoqpiyoz iste`mol qilish og`iz bo`shlig`idagi o`simtalar, shuningdek teri, ko`krak bezi, yo`g`on ichak, oshqozon saratoni yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaydi.

4. Rediska, yerqalampir (xren), selderey va turp. Bir kunda 50-60 grammbu mahsulotlarning iste`moli organizmdagi kanserogen moddalardan xalos etib, saratonga qarshi immunitetni oshiradi.

5. Piyoz. Sabzavot tarkibidagi kversetin moddasi piyoz xomligida ham, pishganida ham o`z kuchini yo`qotmaydi va ko`krak bezidagi, tuxumdonlardagi xavfli o`simtalarga qarshi kurashadi. Bir kunlik iste`mol me`yori 40-50 gramm.

6. Kepaklar (jo`xori, suli, guruch va bug`doy kepagi). Bir kunda 350 grammkepakli bo`tqa oshqozon saratoniga chalinmasligingiz uchun zamin yaratadi.

7. Losos, sardina, tunes baliqlari. Bu baliqlar tarkibidagi D vitamin va Omega-3 kislotasi saratonga qarshi immunitetni mustahkamlaydi. Bir kunda150 grammushbu baliqlardan eyishni odat qiling.

8. Olxo`ri. 5-6 dona olxo`ri qoqisini har kuni eyish, saraton o`simtasinining boshlang`ich davridayoq unga qarshi kurashadi.

9. Yong`oqlar va o`simlik yog`i. Ular ham saratonga qarshi kurashuvchi mahsulotlardan bo`lib, tarkibidagi E vitaminining kunlik miqdorini 150 grammyong`oq yoki 50 gramm o`simlik yog`ini iste`mol qilib, qoplashingiz mumkin.

10. Ko`k choy va na`matak. Bir kunda 5-7 piyola ko`k choy yoki 4-5 piyola na`matak damlamasidan ichib yurishga odatlaning, shunda bunday bedavo kasalning oldini olgangan bo`lasiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив