loading...

Shifokorlar: “Ko`p suv iching” deyishi sababini bilasizmi? 

3570

Sog`lom odam kuniga o`rta hisobda 2 litr suv ichishi durust. Bu shifokorlarning tavsiyasi. Miya hujayralaridan tortib vujudimizdagi barcha a`zolar suv ila hayot. Ko`p suv ichsak, tanamizning suv yo`qotishini (degidrasiya) oldini olgan bo`lamiz.

Kofeinsiz (sharbatlar, choy) hamda tuzga boy bo`lmagan ichimliklar suv o`rnini bosishi mumkin.

Kofeinli ichimliklar (achchiq qora choy, qahva) tanada suv yo`qotilishiga sabab bo`lgani uchun, ortidan suv ichib yuborilgani ma`qul.

Suvning vujudimizga foydalari:
  • Vujuddagi haroratni mo`tadillashtiradi.
  • Jigar va buyraklardagi zaharli moddalarni yuvib ketadi.
  • Vujudni jarohatlardan asraydi.
  • Hujayra va to`qimalarning bir-biriga yaqinlashishini ta`minlaydi.
  • Teri hujayralarining sog`lom ko`rinishiga yordam beradi.
Voyaga etgan insonning tanasida 40-50 litr suv bo`ladi. Qonning 83%, to`qimalarning 75%, miyaning 74%, suyaklar tarkibining 22%i suvdan iborat. Tanadagi suvning 20%i yo`qotilsa, inson o`ladi.

Yetarli miqdorda suv ichilmasa:
- Miya sekinlashib, odam dangasalashadi.
- Qon quyuladi.
- Qabziyat yuz beradi.
- Peshob sarg`ayib ketadi.
muslim.uz dan olindi

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив