Qalampir haqida qiziqarli faktlar…
1. Qalampir olis o’tmishda achchiq bo’lmagan. Evolyutsiya tufayli achchiq ta’mga ham ega bo’lgan. Xuddi shu jihati hayvonlarni qo’rqitadi va qushlarni o’ziga chorlaydi. Qushlarga qalampir achchig’i ta’sir qilmaydi. Tanasiga kirgan urug’i butunicha yerga tushadi.
2. Qalampirni birinchi bo’lib qadimiy asteklar va mayya qabilalari uy sharoitida o’stira boshlashgan. Achchiq qalampirni ular tuz, shirin turini esa sabzavot o’rnida ishlatishgan.
3. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, hindu qabilalari o’z davrida qalampir yordamida ispan bosqinchilari ustidan g’alaba qozongan ekan. Ular achchiq qalampirni yonayotgan olovga tashlashgan. Undan tarala boshlagan achchiq tutun ispan bosqinchilarining ko’zini ko’r qilgan, mudofaa imkoniyatlarini yo’qqa chiqargan.
4. Eng achchiq qalampirni «Chili qalampiri» deb atashgan. Bu asteklar tilidan tarjima qilinganda, «qizil» ma’nosini beradi.
5. Qizil qalampir tarkibida A, S va V vitaminlari, shu jumladan, magniy, kaliy, temir moddasi ko’p.
6. Qalampirning ayrim turlari shu darajada achchiqki, u tanaga tegsa, kuydirib, yara hosil qiladi.
7. Qalampir achchig’i og’izni kuydira boshlasa, suv emas, sut ichish kerak. Limon va yogurt ham qalampir tufayli achishgan og’izga xush yoqadi, achchiqni yo’q qiladi.
8. Kanareykalarga patlari yanada to’q qizil tus olishi uchun qalampir berishadi.
9. Achchiq qalampirdan ishtaha ochish va ovqat yaxshi hazm bo’lishida unumli foydalanishadi. Achchiq qalampirli plastыr esa tanadagi turli og’riqlarga barham beradi.
10. Olimlarning izlanish natijalari achchiq qalampir saraton xastaligini davolashda ham alohida ahamiyatga egaligini ko’rsatib bergan.
11. Pushtirang qalampirni ko’p yeb bo’lmaydi. Chunki uning tarkibida zahar mavjud.
12. Ilgari Chili achchiq qalampiri oshqozon gastriti, oshqozon yarasini keltirib chiqaradi deb hisoblanardi. Lekin olimlar bu fikrlar noto’g’riligini amalda isbotlashgan. Aksincha, achchiq qalampir oshqozonda yara paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi bakteriyalarni o’ldirarkan.
Olimjon HAYIT tayyorlagan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.