loading...

Qora choy haqida siz bilmagan 8 fakt 

10022

Og`iz bo`shlig`ini tozalaydi

  • Ilmiy tadqiqot xulosalariga ko`ra, qora choy tarkibidagi polifenollar og`iz bo`shlig`i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi. 

Yurakka foyda

  • Yevropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak xastaliklarining yuzaga kelish xavfi 21 foizga kamayishini isbotlashgan.  To`g`ri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo me`riyoda bo`lsa, xavotirga o`rin yo`q. 

Saraton profilaktikasi

  • Ma`lumotlarga ko`ra, qora choydagi polifenol hamda katexin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini o`taydi. Evropalik olimlar tomonidan o`tkazilgan ilmiy tadqiqot xulosasi esa qora choy iste`mol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini ko`rsatgan. 

Suyaklarni mustahkamlaydi!

  • Mazkur ichimlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar suyaklar mo`rtlashuvidan himoyadir. Shu bois qora choy ixlosmandlari orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan. 

Zo`riqishdan halos etadi!

  • Kun davomida toliqqan bo`lsangiz achchiq damlangan qora choy ichish hayotiy quvvatingizni tiklab, kayfiyatni ko`taradi. Shu bilan birga asablarni ham tinchlantiradi. Aminokislotalar hisobiga muntazam qora choy ichish kortizol – stress gormoni miqdorini pasaytiradi. 

Immunitet yaxshilanadi!

  • Alkilomin antitanachalari immun tizimini rag`batlantirsa, oshlovchi moddalar viruslarga chidamlilikni ta`minlaydi. Demakki, shamollash, tumov yohud yo`tal alomatlarida issiq qora choy ayni muddao. 

Moddalar almashinuvi faollashadi!

  • Choydagi oshlovchi moddalar terapevtik ta`sirga ega. Shundan bo`lsa kerak oshqozondagi og`irlikni bartaraf etib, hazm faoliyatini yaxshilaydi. Qolaversa organizmda moddalar almashinuvini ham faollashtiradi. 

Tetiklashtiradi!

Ertalabdan qo`lingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив