loading...

Shaftoli haqida qiziqarli faktlar… 

4181

1. Shaftoli tarkibida A, V, S vitaminlari, magniy, fosfor, kalsiy va kaliy ko’pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun u nafaqat ovqat hazm qilish, balki mushaklar, suyaklar va yurakni mustahkam tutadi.

2. Botaniklarning xulosasiga ko’ra olxo’ri shaftolining qarindoshi hisoblanarkan.

3. Shaftolining hozirgi biz bilgan ko’rinishi bodom, olxo’ri, yovvoyi shaftoli, o’rikni chatishtirish natijasida paydo bo’lgan.

4. Shaftoli yomon kayfiyatdan xalos etadi. Vengriyada uni xotirjamlik mevasi deb atashadi.

5. Shaftoli teri salomatligini saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.

6. Amerikaning Jorjiya shtatini shaftolilar vatani deb atashadi. Chunki bu yerda shaftolizorlarning sanog’i yo’q. Lekin Kaliforniyada ham shaftoli bog’lari kam emas.

7. Xitoyda shaftoli omad, himoya va uzoq yashash timsoli sanaladi.

8. Shimoliy Amerikada ilk shaftolizor 1565-yili paydo bo’lgan.

9. Shaftoli danagining mag’izi tarkibida zaharli sinil kislotasi bor. Agar oshqozonga bu mag’iz ko’p miqdorda tushib qoladigan bo’lsa, odamni o’ldiradi.

10. Qadimiy Xitoyda bundan 4000 yil oldin shaftoli imperator dasturxoniga tortilgan.

11. Agar shaftolini doimiy ravishda iste’mol qilinsa, bosh terisi mustahkam bo’ladi va sochlar to’kilmaydi.

12. Shaftoli Oyda iste’mol qilingan yagona mevadir. Uni Oyga chiqqan amerikalik astronavtlar o’zlari bilan birga olib ketishgandi.

13. Bir dona shaftoli 40 kilokaloriyaga ega. U ochlikka barham beradi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, yog’li ovqatlar hazm qilinish jarayonini tezlashtiradi.

14. Shaftoli qayta ishlanganda tarkibidagi foydali moddalarni boshqa mevalarga nisbatan ko’proq o’zida saqlab qoladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив