Nikolay
Mixaylovich Prjevalskiy - taniqli rus sayyohi va tabiatshunosi, Rus geografiya
jamiyati va Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, Markaziy Osiyoga bir necha
ekspeditsiyalarni tashkil etgan olim. U Smolensk guberniyasi Pochinkovo
uyezdidagi Kimborovo qishlog`ida harbiy oilasida tug`ilgan. Yoshligidanoq
sayohat qilishga qiziqqan Nikolay 1855-yilda Smolensk gimnaziyasini tugatdi. Keyinchalik
besh yil davomida armiyada xizmat qilgan. Bu vaqtda bir necha bor ilmiy
tadqiqot o`tkazish uchun Amur viloyatiga o`tkazishlarini surab murojaat qilgan
va har safar rad javobini olgan.
1861-yilda
Bosh shtab akademiyasiga o`qishga kirib, shu yerda o`zining birinchi geografik
asari «Amurbo`yi o`lkasining harbiy-geografik tavsifi»ni yozgan va bu ishi
uchun Rus geografiya jamiyatining a’zosi etib saylangan. 1863-yilda akademiyani
tugatib, Polshada Varshava yunkerlar bilim yurtida geografiya va tarixdan dars
berdi. Shu bilan birga saviyasini oshirish uchun mustaqil ravishda ilmiy
tadqiqotlar olib borishni ham to`xtatgani yo`q. Sayyoh bu yerda Afrikani tadqiq
qilish tarixini chuqur o`rgangan hamda keyinchalik Pekinda nashr etilgan
geografiya darsligini yozgan. Kam o`rganilgan mamlakatlar hududini geografik jihatdan
chuqur tadqiq qilish olimning orzusi edi.
N.Prjevalskiy
1867-yildan 1886-yilgacha ketma-ket beshta yirik ekspeditsiyani tashkil etgan:
Ussuri o`lkasiga (1867-1869), Mo`g`uliston, Xitoy va Tibetga (1870-1873),
Lobnor ko`li va Jungoriyaga (1876-1877), Markaziy Osiyoga va birinchi Tibet (1879-1880) va ikkinchi Tibet
(1883-1885) sayohatlari.
1867-yilda
Prjevalskiy o`zi orzu qilgan Sharqiy Sibirga - Ussuri o`lkasiga xizmatga
yuborilgan. Bu yerda u o`zining birinchi ekspeditsiyasini uyushtirib, Ussuri
o`lkasi bo`ylab Busse stanitsasigacha bordi. Qushlarning quchib yurishi vaqtida
unga boy ornitologik materiallar bergan Xanqa ko`lini o`rgangan. 1867- yilning
oxirida sayyoh Janubiy Ussuri o`lkasini tadqiq qilib, uch oy davomida 1060 chaqirim,
ya’ni qariyb 1100 km yo`l bosgan. Mazkur
sayohati davomida olim aksariyati fanga noma’lum 300 dan ortiq o`simliklar va qush
turlarini tasvirlagan. Uning bu sayohati natijasida «Amurbo`yi viloyati
janubining chetdan kelgan aholisi haqida» va «Ussuriy o`lkasiga sayohat»
asarlari yozilgan.
1870-yilda N.Prjevalskiy Xitoy, Mo`g`uliston va Tibetga birinchi
sayohatini amalga oshirdi. Safar Pekin shahridan boshlanib, Dalay-Nor ko`lining
shimoliy qirg`oqlariga tomon bo`lgan. Kalgan
shahrida bir oz fursat dam olgach, Suma-Xodi va In-Shan tog`larini tadqiq
etgan. Olim Sarik daryo (Xuanxe) oki- mini o`rganib, Xitoy manbala- rida
kursatilgan ushbu daryoning tarmoqlanishi haqidagi fikrning noto`g`ri ekanini
isbotladi. So`ng sayyoh Ala-Shan chuli va Ala- Shan tog`laridan o`tib, Kalganga
qaytib kelgan. 10 oy davom etgan bu sayohati davomida M. Prjevalskiy 3500
chaqirim (3700
km) yo`lni bosib o`tdi.
1872-yilda
Prjevalskiy Tibet
tog`lariga borish maqsadida Kuku-Hop kuli tomon yo`lga chiqib, Saydam cho`li
orqali Mur- Usu (Ko`kdaryo) daryosining yuqori qismiga chiqqan. 1873-yilda
Tibetga o`tish bo`yicha qilingan muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin,
N.Prjevalskiy Gobi cho`lining markaziy qismi va Urgu shahri orqali Kaxti
shahriga qaytib kelgan. Mazkur sayohati natijasida olim «Mo`g`uliston va
tangutlar mamlakati», deb nomlangan geografik asarini yozdi. O`zining uch
yillik mazkur sayohati davomida Prjevalskiy 11000 chaqirim, ya’ni 11700 km
yo`lni bosib o`tgan.
1876-yilda
N.Prjevalskiy Kuljadan Tyan-Shan va Jung`oriya tog`lari orqali Ili daryosiga, Torim daryosi bo`ylab Lobnor ko`li
tomonlarga o`zining ikkinchi sayohatini amalga oshirdi. Manbalarga ko`ra, N.Prjevalskiy Marko Polodan
keyin sirli Lobnor ko`li bo`ylariga borgan ikkinchi yevropalik sayyohdir. XVIII
asrning boshlaridagi Xitoy xaritalarida Lobnor ko`li Prjevalskiy topgan yerda
emas, undan shimolroqda ko`rsatilgan edi. Olim ko`lni tadqiq etib, uning aniq
joylashgan yerini xaritaga tushirgan va ushbu suv xavzasidan janubroqda
Oltintog` tizmasini kashf etgan. 1877-yilning bahorini Lobnor ko`lida o`tkazib,
ornitologik kuzatishlar olib borgan, so`ng Kurlu va Yo`ldus orqali Kuljaga
qaytib kelgan. Ushbu sayohatining natijasi sifatida N.Prjevalskiy «Kuljadan
Tyan-Shan orti va Lobnorga», deb nomlangan asarini yozib, nashr ettirgan.
1879-yilda
esa N.Prjevalskiy 13 kishi hamrohligida Zaysan shahridan o`zining uchinchi,
Markaziy Osiyo ekspeditsiyasiga yo`l oldi. Dastlab, Urungu daryosi bo`ylab,
keyin Hami vohasi, Sa-Chjeu vohasi va Nan-Shan tizmasi orqali Tibetga, Mur-Usu
daryosi vodiysiga chiqdilar. Tibet
hukumati M.Prjevalskiyning Lxasaga kirishiga ruxsat bermadi va mahalliy
aholining darg`azab bo`lganini ko`rgan sayyoh, Lxasaga atigi 250 chaqirim
yetmasdan Tang-La dovonidan o`tib, Urguga qaytishga majbur bo`ldi. 1881-yilda
Rossiyaga qaytgach, Prjevalskiy o`zining uchinchi sayohati natijalarini
tizimlashtirib, ularni 1883-yilda «Zaysandan Hami orqali Tibetga va Sariq
daryoning yuqori qismlariga» nomi bilan chop ettirgan. Bu asarda sayyoh
tomonidan o`sha vaqtgacha fanga noma’lum bo`lgan va keyinchalik olimning nomi
berilgan yangi ot turi tasvirlangan.
1883-yilda
N.Prjevalskiy o`zining 21 kishilik to`rtinchi Markaziy Osiyo sayohatiga
chiqdi. U Kaxtidan Urgu orqali avval yurgan yo`li bo`ylab Tibet tog`iga
yo`l olgan va Sariq (Xuanxe) daryosining boshlanish qismini hamda uning
Mur-Usu daryosi o`rtasidagi suvayirg`ichni tadqiq qilgan. Sayyoh
yevropaliklarga o`sha vaqtgacha noma’lum bo`lgan Tibetning shimoliy qismidagi
baland cho`qqilarga ega bo`lgan o`lkan tog`li o`lkani tadqiq qilgan va xaritaga
tushirgan. Shu yerdan olim Saydam cho`li orqali Lobnor ko`liga, so`ng Issiqko`l bo`yidagi
Korakul (avvalgi Prjevalsk) shahriga yetib keldi.
Mazkur
sayohati davomida olim 7800 kmdan ortiq yo`lni bosib o`tgan. Sayyoh,ning
turtinchi sayohati uzoq davom etib, Faqat 1885 yilning oxiridagina o`z nihoyasiga
yetdi. Ushbu sayohat natijalari esa «Kaxtidan Sariq daryoning boshlanish
qismiga», deb nomlangan kitobda o`z aksini toptan.
1988-yili
N.Prjevalskiy Markaziy Osiyoga navbatdagi sayohatini tashkil etdi. Ekspeditsiya
Samarqand orqali Xitoy chegaralari tomon yo`l olgan. Ammo Korabolta daryosi
vodiysida sayyoh ich terlama kasalligiga chalindi. 1888-yilning 1-noyabrida
Issiqko`l bo`yidagi Qorako`l shahri yaqinidagi Pristan-Prje- valsk
shaharchasida vafot etgan. Olimning qabri ustiga haykal o`rnatilgan bo`lib, unda
oddiygina qilib «Sayyoh N.M.Prjevalskiy», deb yozib qo`yilgan.
N.Prjevalskiyning
fan oldidagi eng yirik xizmati uning Kun-Lun tog` tizimini, Shimoliy Tibetning
tizmalarini, Lobnor, Kuku-Hop ko`llari xavzasini hamda Xuanxe daryosining boshlanish
qismlarini geografik va tabiiy-tarixiy jihatdan chuqur tadqiq etganligidadir.
Shuningdek, Prjevalskiy Gobi cho`li, Ordos va Ala-Shan tog`lari hamda Saydam
botig`ini geografik jihatdan tasvirlab, Markaziy Osiyodagi fanga noma’lum 20 ta
tog` tizmasi, yettita katta va qator kichik ko`llarni birinchi bo`lib xaritaga
tushirgan.
Olim
birinchi bo`lib kashf etgan yerlarining aksariyatini xaritaga tushirishda
ularning mahalliy xalq tilida aytiladigan nomlarini saqlab qolgan. Shuning
uchun ham Britaniya geografiya jamiyati N.Prjevalskiyni «dunyoning eng buyuk
sayyohi», deb ta’riflagan. Peterburg Akademiyayei esa sayyohni «Markaziy Osiyo
tabiatining birinchi tadqiqotchisiga» medali bilan taqdirlagan. Shuningdek, u
Markaziy Osiyodagi tadqiqotlari uchun Parij geografiya jamiyatining oltin
medaliga sazovor bo`lib, uning nomi dunyoning mashhur sayyohdari qatorida tilga
olinadi.
Mashhur sayyoh, va olimning xotirasi turli geografik ob’ektlarda
abadiylashtirilgan. Jumladan, Issiqko`l bo`yidagi pristan - shaharchaga, tog`
tizmasi, Oltoy tog`laridagi muzlik, turli hayvon va o`simlik turlari, Issiqko`l
bo`yidagi Qorako`l shahriga (1889-1922 va 1939-1992-yillarda) va boshqa ko`plab
ob’ektlarga Prjevalskiyning nomi berilgan.
„Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq foydalanilgan manba:
”Jahongashta sayyoh-olimlar” K.Gadoyev, S.Berdiyeva Toshkent "O`zbekiston” 2012-yil
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.