Jahongir Musayev
Antiquye World Xalqaro Ilmiy Akademiyasining
doktori, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Jahongir Payozovich Musayev 1972-yil 27-dekabrda
Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.
Jahongir Musayev Mirzo Ulug`bek
nomidagi O’zbekiston milliy universitetining geografiya fakultetida o’qib, 1994-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan va o’sha yili mazkur universitetning kunduzgi
aspiranturasi kirgan.
1998-yilda
11.00.02. – iqtisodiy va sotsial geografiya ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini
muvaffaqiyatli himoya qilgan va oradan 2 yil o’tib, Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston
pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasiga qabul qilingan.
Pedagogik faoliyatini
talabalik yillari Toshkent tumanidagi 2-umumiy o`rta ta'lim maktabida o’qituvchilikdan boshlagan.
1994-1995-yillarda Respublika-o’quv metodika markazida metodist, 1998-2001-yillarda
Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITIda ilmiy xodim, bo’lim boshlig`i lavozimlarida ishlagan.
Mehnat faoliyati
2001-2013-yillarda Xalq ta’limi vazirligida davom ettirdi. Xalq ta’limi vazirligining Oliy ta’lim muassasalari
sho`basida ishlash davomida uning tashabbusi
va jonbozligi asosida Jizzax, Toshkent viloyati DPIlarida aspirantura,
Qori Niyoziy nomidagi O’zPFITIda yangi yo’nalishda doktorantura ochildi. Samarqand
viloyatida hududiy nazoratchi sifatida faoliyat ko’rsatgan davrda viloyatning Jomboy
tumanidagi 21-umumta’lim maktabi bazasida mustaqillikdan keyingi davrda birinchi
bor geografiya maydonchasini tashkil etishga bosh qosh bo’ldi.
Yuqoridagi vazifalar bilan bir vaqtda
A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Markaziy institutida hamda Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish respublika o’quv metodika markazida 2004-yildan buyon xalq
ta’limi rahbar xodimlariga muntazam ma’ruzalar o’qib keldi. Jahongir Musayev malaka
oshirish va qayta tayyorlash kurs tinglovchilari uchun tabiiy fanlardan, jumladan,
geografiyadan davlat talablari, taqvimiy-mavzuiy reja va o’quv dasturlarini tuzuvchisidir.
Jahongir Musayev xalq
ta’limi rahbar xodimlariga «Ta’lim tizimi islohotining konseptual asoslari», «Darsliklar
bilan ta’minlash ijara tizimi», «Geografiyadan davlat ta’lim standartlarining ta’limni
tashkillashtirishdagi o’rni» kabi mavzularda ma’ruzalar o’qiydi. Uning ma’ruzalari ilmiy-metodik yangiliklarga boyligi,
amaliyotga hamohangligi bilan tinglovchilarga
manzur bo’lmoqda.
U mazmundor ma’ruzalari bilan bir qatorda
ilmiy-pedagogik hamda publistik janrlarlarda ko’plab maqolalar bilan chiqib turadi.
«Ma’rifat» gazetasi, «Ta’lim taraqqiyoti» va «Xalq ta’limi» jurnallarida e’lon qilingan
ishlarining o’zi 40 dan ortadi. U maqolalarida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan
islohotlar mohiyati, yangiliklar, ayniqsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ijrosi,
geografiya ta’limini modernizatsiyalash bilan bog`liq tahliliy hamda uslubiy materiallarni
keng yoritmoqda.
Jumladan, "Iqtisodiy geografiyaning ijtimoiylashtirish
zaruriyati va uni maktabda o’qitish metodikasi”, "O’zbekiston iqtisodiy va sotsial
geografiyasini yangicha o’qitish”, "Geografiya
ta’limida tafakkurlashning o’ziga xosligi”, "Geografik timsol – mustaqil fikrlashga
undovchi vosita sifatida”, "Darslik ham o’rgatsin, ham o’ylatsin”, "Fikr sayqallashuvining
geografik omili”, "Geografiya maydonchasi”, "Geografiya darslariga ilg`or pedagog texnologiyalarni tatbiq etish yo’llari”,
"Darslik – bu didaktik majmua” kabi
materiallari keng jamoatchilikka manzur bo’lmoqda.
Jahongir Musayev umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-sinflari uchun O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o’quv atlasi va yozuvsiz xaritalarini yaratishda faol (1999-2006) ishtirok etgan.
Umumiy
o’rta ta’lim maktablari uchun Jahongir Musayev hammualliflikda yaratgan 8-sinf "Geografiya”
darsligi o’zbek, rus va barcha qardosh tillardan chop etib kelinmoqda. Mazkur darslik
2005-yil "Yilning eng yaxshi darsligi” tanlovida II darajali diplom bilan taqdirlangan.
Darslik bilan bir qatorda o’qituvchilar uchun «O’qituvchi kitobi» metodik qo’llanmasi
ham yaratilgan bo’lib (hammualliflikda) u uchta tilda chop etilgan. 2006-yil mehnatda
erishgan natijalari uchun "O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak
nishoni bilan taqdirlangan.
Jahongir Musayev turli yillarda Respublika
ta’lim markazida faoliyat yuritadigan geografiyadan ilmiy metodik kengashining,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi
Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashining a’zosi sifatida faoliyat yuritdi.
Davlat test
markazi tomonidan o’tkazilgan "Yilning eng yaxshi test tuzuvchisi” tanlovida geografiya
fani bo’yicha qatnashib 2006-yili 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
borasida ham samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Osiyo taraqqiyot bankining «Umumta’lim
maktablari uchun darsliklar va o’quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish»
loyihasi doirasida 2001-yilda tashkil etilgan «Darsliklarni nashrga tayyorlash tizimini
takomillashtirish» mavzusidagi halqaro seminar-treningda ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Mazkur loyihani mahalliy konsultanti sifatida faoliyat ko’rsatib endilikda umumta’lim
maktablarida o’quvchilarning darsliklar bilan ta’minlashda keng tarqalgan ijara
tizimini yaratilishi va amaliyotga joriy etilishini asoschilaridan biri hisoblanadi.
Darsliklarni
yangi avlodini yaratish tizimini takomillashtirish mavzusida 2008-yili Germaniyaning
qator shaharlarida umumiy o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini
o’rganib tajriba almashib qaytdi.
Jahongir Musayev xalqaro va respublika miqyosida
o’tkazilgan 10 dan ortiq ilmiy, ilmiy-amaliy, ilmiy texnik seminar va konferensiyalarning
faol ishtirokchisi. Uning ma’ruzalari yangi pedagogik texnologiyalar qo’llangan
holda, ilmiy-metodik jihatdan yuqori saviyada o’tmoqda.
Chop etilgan
ishlari orasida 2 ta monografiya, 1 ta darslik (umumta’lim maktablari uchun), 2 ta o’quv qo’llanma (umumiy o’rta va o’rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun), 1 ta o’quv dasturi (o’rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari uchun), umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
uchun geografiya ta’limini rivojlantirish konsepsiyasi muallifidir.
Internet
nashrlarida qator maqolalari chop etilgan. 1993-1999-yillar davomida umumta’lim
maktab o’quvchilari uchun O’zbekiston teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatilgan
"Geografiya” o’quv ko’rsatuvining muallifi va boshlovchisi sifatida faoliyat yuritdi.
Jahongir
Musayevning ilmiy ishlari horijiy mamlakatlar (Germaniya, Polsha, Rossiya, Qirg`iziston)ning
nufuzli nashrlarida ingliz va rus tillarida chop etilgan.
Payoz Musayev bilan hammualliflikda "Kompyuter-Osiyo” ilmiy-texnika parki tomonidan 2008-yil "O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi", "Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” o’quv filmlari, "O’zbeko’quvavtomatika” birlashmasi tomonidan "O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” elektron darsligi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan.
Ayni paytda
Jahongir Musayev O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida geografiya ta’limini
takomillashtirish, darslik va o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish borasida
amaliy ishlarni olib bormoqda.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.