Rustam Qurboniyozov
Rustam Qurboniyozov
(1945-2003)
"O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi",
pedagogika fanlari
nomzodi, dotsent Rustam Qurboniyozov 1945-yil 30-mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanining Do`simbiy qishlog`ida tug`ilgan. 1951-1961-yillarda o’rta
maktabda ta’lim olgan hamda uni "a’lo” baholarga tamomlagan. 1961-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
instituti geografiya-biologiya yo’nalishi talabaligiga qabul qilingan. 1963-1966-yillarda
harbiy xizmatni o’tagach, oliygohdagi o’qishni davom ettiradi va 1969-yili Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutni yaxshi natijalar bilan tamomlab, maktabda geografiya fani o’qituvchisi vazifasida o’z faoliyatini boshlagan.
Rustam
Qurboniyozov Xorazm viloyatidagi dastlabki namunaviy geografiya xonasini talab darajasida
shakllantirgan. Ustozning ta’lim bergan shogirdlari fan olimpiadalarida faol qatnashib,
ketma-ket 8 yil davomida respublika bosqichida yetakchilikni qo’lga kiritib kelgan.
Mazkur xizmatlari uchun 1975-yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko’krak-nishoni bilan
taqdirlangan hamda mazkur faol pedagogik xizmatlari uchun davlat tomonidan munosib taqdirlangan. O’zining mehnatkashligi va ta’lim sohasida erishayotgan
yutuqlari tufayli 1978-yilda ikkinchi marta "Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak-nishoni
bilan taqdirlangan Rustam Qurboniyozov ilmiy izlanish maqsadida Moskva Davlat Universiteti
professori, pedagogika fanlari doktori I.S.Matrusov rahbarligida tadqiqotlar olib
borgan va 1987-yilda pedagogika fanlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
1981-yildan 1988-yilgacha Toshkent Xalq xo’jaligi instituti Xiva filialida direktor
o’rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 1988-yildan 1992-yilgacha Toshkent Davlat Universitetida
(hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti) dotsenti. 1992-yildan to umrining oxirigacha Urganch Davlat Universiteti Geografiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Rustam Qurboniyozov
2003-yil 10-mart kuni bevaqt olamdan o’tgan.
Ilmiy
faoliyati davomida 100 dan ortiq maqola va 50 ga yaqin darslik, qo`llanma va o’quv-uslubiy
qo`llanmalar muallifi Rustam Qurboniyozov 2000-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan "O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2002-yilda uning qalamiga mansub "Umumiy geografiya” darsligi "Yilning eng yaxshi
darsligi” ko`rik-tanlovining Respublika bosqichida 2-o’rinni egallagan. Hozirgi
kundagi umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitilayotgan 5-sinf o’quvchilari uchun
mo`ljallangan "Tabiiy geografiyaning boshlang`ich kursi" darsligi mualliflaridan
biri sanaladi. Ustozning ruhi shod, oxirati obod bo`lsin.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.