loading...
Идет загрузка, пожалуйста, подождите!

6-sinf uchun 1-variant test savollari 

64531

6-sinf uchun GEOGRAFIYA fanidan 1-variant test savollari  
1. Quyosh Yerdan necha marta katta?
A) 1 mln 500 ming marta
B) 1 mln 400 ming marta
C) 1 mln 300 ming marta
D) 1 mln 200 ming marta

2. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa qancha?
A) 150 mln km.     B) 160 mln km    C) 165 mln km   D) 170 mln km

3. Quyoshga eng yaqin va eng uzoq sayyora qaysi?
A) Pluton-Venera      B) Saturn-Pluton      C) Merkuriy-Neptun     D) Neptun-Mars

4. Shimoliy qutb bilan Janubiy  qutbni  tutashtiruvchi  Yer  yuzasidan  o’tkazilgan  yarim  aylana chiziqlar …………………deyiladi?
A) ekvator      B) daraja to’ri       C) meridianlar      D) parallellar

5. Yer yuzadagi eng baland tog’ cho’qqisini aniqlang?
A) Klimanjaro cho’qqisi
B) Mak-Kinli cho’qqisi
C) Jomolungma cho’qqisi
D) Akonkagua cho’qqisi

6. Quyosh ikkala yarimsharni qachon bir xilda  yoritadi?
A) 22 iyunda-21 martda
B) 22 dekabr-21 martda
C) 23 sentabrda-22 dekabrda
D) 21 mart-23 sentabrda

7. Yer yuzadagi eng katta pasttekislikni  aniqlang?
A) Turon pasttekisligi
B) Amazonka pasttekisligi
C) La-plata pasttekisligi
D) Kaspiybo’yi pasttekisligi

8. Yerning qattir  "toshli” qobig’ini  belgilang?
A) Biosfera     B) Gidrosfera    C) Litosfera    D) Geografik qobiq

9. Yer yuzada qaysi rel’yef  shakllari eng  ko’p tarqalgan?
A) tog’lar va cho’kmalar
B) tekislik va cho’kmalar
C) tekislik va tog’lar
D) yassitog’liklar va cho’kmalar

10. Yer yuzadagi eng uzun  tog’  tizmasini  aniqlang?
A) Alp     B) Himolay     C) Kordilyera     D) Tyanshan

11. Litosfera nima?
A) Yer pos’tining  yuqori qismi B) Yer po’stining  materiklar  egallagan  qismi
C) Okean osti Yer po’sti 
D) Yer po’sti va  mantiyaning  yuqori  qismi

12.Cho’kindi jinslarni  ajratib  ko’rsating?
A) granit, qum,ko’mir,loy,torf
B) basalt,qumtosh,ohaktosh
C) qumtosh,marmar,torf,ko’mir
D) gips,loy,qum,gips,ohak,ko’mir,tosh,torf

13. Vulqonlarning 80%i qaysi  okean mintaqasida joylashgan?
A) Tinch okeani mintaqasida
B) Atlantika okeani mintaqasida
C) Hind okeani mintaqasida
D) Shimoliy Muz okeani mintaqasida

14. Shimol tomon bilan biror predmetga yo’nalgan chiziq oralig’idagi burchak nima deb ataladi?
A) azimut     B) rumb   C) masshtab   D) gorizontallar   

15. Vulqonlarga eng boy mamlakatlarni belgilang?
A) Indoneziya,Rossiya,Yaponiya,AQSH,Chili
B) Avstraliya, Hindiston, Mongoliya
C) Brazilaya, Chad, Madagaskar, Vetnam
D) Meksika, Norvegiya, Finlandiya ,Latviya

16. Dengiz suvining har bir litrida o’rta hisobda qanchagacha tuz bo’ladi?
A) 39,4 gramm tuz bo’ladi B) 33 gramm tuz bo’ladi 
C) 36,3 gramm tuz bo’ladi D) 35 gramm tuz bo’ladi

17. Yer yuzining dengiz sathidan 500 m dan  ortiq baland  bo’lgan joylariga …………………………deyiladi.
A) tekisliklar   B) qirlar   C) past tog’lar   D) pasttekisliklar   

18. Dunyo okeanining eng chuqur joyini  belgilang?
A) Puerto-Riko botig’i-8742 m
B) Zond botig’i-7729 m
C) Marianna botig’i-11022 m
D) G’arbiy botiq-5527 m

19. Eng ko’p davlatlar qaysi materikda joylashgan?
A) Shimoliy Amerikada
B) Janubiy Amerikada
C) Avstraliyada
D) Yevrosiyoda

20. Aholisi eng ko’p bo’lgan shahar qaysi?
A) Bombey shahri
B) Mexiko shahri
C) Shanxay shahri
D) Tokio shahri

21. Hind okeanining  eng  chuqur  botig’ini  aniqlang?
A) Puerto-Riko-8742m
B) Zond-7729m
C) Marianna-11022m     
D) Filippin-10265

22.Ichki dengizlar  qaysi  bandda  to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Qizil,Qora,O’rta  dengiz
B) Bering,Oxota,Sariq dengiz
C) Arabiston,Laptevlar,Boltiq dengiz
D) Kaspiy,Kara,Karib dengiz

23. Okean,dengiz va ko’llarning  quruqlik  ichkarisiga  kirib  brogan  kichik  va sayoz  qismi  nima deb  ataladi?
A) bo’g’iz    B) materik    C) qo’ltiq    D) yarim orol   

24. Okean  tagining 200 m gacha  bo’lgan  qismi  qanday  nomlanadi?
A) materik yonbag’ri
B) okean tagi
C) okean qa’ri
D) shel’f

25. Okeanlardagi suv  miqdori  dunyo  suv  zahirasining  necha  foizini  egallaydi?
A) 71       B) 97       C) 99 D) 94     

26. Olimlarning fikricha  okean  suvlari qayerda  paydo  bo’lgan?
A) yomg’ir  va qor  suvlaridan
B) atmosferadagi  suv  bug’laridan 
C) mantiyadan  ajralib  chiqqan  suv  bug’laridan
D) daryo  suvlaridan 

27. Dunyo okeani  atamasini  fanga  qachon, qaysi  olim  kiritgan?
A) 1917 yil Yu.M.Shokalskiy
B) 1520 yil F.Magellan
C) 1492 yil X.Kolumb
D) 1960 yil J.Pikar

28. Qizil,Arabiston,Arafur  dengizlari  qaysi  okeanga  qarashli?
A) Tinch    B) Atlantika    C) Hind    D) Berk havza    

29.Atlantika  okeanidagi  eng  chuqur  cho’kma  qaysi?
A) Marianna    B) Puerto-Riko    C) Aleut    D) Chili    

30.Buyuk geografik  kashfiyotlar  qaysi  okeandan  boshlangan?
A) Atlantika    B) Hind    C) Tinch       D) Shimoliy Muz    

31. "Geografiya” atamasining etimologik ma’nosi:
a)  yunoncha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;
b)  lotincha "geo”-yer, "grafio”-chizaman;
c)  arabcha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;
d)  yunoncha "geo”-yer, "grafio”- o’qiyman;

32. Geografiya qanday qismlarga bo’linadi?
a) tabiiy va aholi geografiyasiga;
b) tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga;
c) umumiy geografiya va o’lkashunoslikka;
d) transport va sanoat geografiyasiga;

33. Geografiya asosan nimani o’rganadi?
a) Materiklar geografiyasi va aholisini;
b) Mamlakatlar va ularning xo’jaligini
c) Yer yuzasi tabiati, aholisi, inson xo’jalik faoliyatini;  
d) Materiklar va okeanlar geografiyasini;

34. Dastlabki xarita qachon tuzilgan?
a) 13 asr muqaddam
b) 14 asr muqaddam
c) 15 asr muqaddam
d) 16 asr muqaddam

35. "Geografiya” atamasini birinchi bo’lib fanga kim kiritgan?
a) Falas        b) Pifagor        c) Arastu         d) Eratosfen        

36. Buyuk  geografik  kashfiyotlar boshlangan asr  to’g’ri  yozilgan  javobni toping?
a) XV asrning o’rtalaridan;
b) XV asrning  birinchi yarmi;
c) XV asrning  II yarmi;
d) XVI asrning  boshlaridan;

37. Buyuk geografik  kashfiyotlar  tugagan  asr  to’g’ri  yozilgan  javobni  toping?
a) XVII asrning  o’rtalari;
b) XV asrning  boshlari;
c) XVII asrning I yarmi;
d) XVI asrning II yarmi;

38. Yerning   "qattiq” yoki  "tosh” qobig’ini  aniqlang?
a) Gidrosfera    b) Atmosfera     c) Litosfera    d) Biosfera    

39. Litosfera deganda  nimani  tushunasiz?
a) Yerning ichki qismini;
b) Yerning tashqi qobig’ini;
c) Yer po’stini;
d) Yer po’sti va  mantiyaning yuqori  qismini;

40. Materiklarning  parchalanishi qanday  harakatlar  natijasida  ro’y beradi?
a) Vertikal;     b) Balandlik;    c) Pastlik;    d) Gorizontal;    

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 2

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив