loading...
Идет загрузка, пожалуйста, подождите!

5-sinf uchun test savollari 

113264

5-sinf uchun GEOGRAFIYA fanidan test savollari  
1. "Geografiya” atamasining etimologik ma’nosi:
a)  yunoncha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;   b)  lotincha "geo”-yer, "grafio”-chizaman;
c)  arabcha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;   d)  yunoncha "geo”-yer, "grafio”- o’qiyman;
e)  lotincha "geo”-yer, "grafio”-o’qitaman;

2. Geografiya qanday qismlarga bo’linadi?
a) tabiiy va aholi geografiyasiga;        b) tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga;
c) umumiy geografiya va o’lkashunoslikka;     d) transport va sanoat geografiyasiga;
e) aholi va shaharlar geografiyasiga;

3. Geografiya asosan nimani o’rganadi?
a) Materiklar geografiyasi va aholisini;     b) Mamlakatlar va ularning xo’jaligini
c) Yer yuzasi tabiati, aholisi, inson xo’jalik faoliyatini;  
d) Materiklar va okeanlar geografiyasini;    e) O’lkashunaslikka oid ma’lumotlarni;

4. Dastlabki xarita qachon tuzilgan?
a) 13 asr muqaddam        b) 14 asr muqaddam       c) 15 asr muqaddam
d) 16 asr muqaddam      

5. "Geografiya” atamasini birinchi bo’lib fanga kim kiritgan?
a) Falas        b) Pifagor        c) Arastu         d) Eratosfen        e) Ptolomey

6. Buyuk  geografik  kashfiyotlar boshlangan asr  to’g’ri  yozilgan  javobni toping?
a) XV asrning o’rtalaridan;   b) XV asrning  boshlaridan;
c) XV asrning  oxiridan;   d) XVI asrning  boshlaridan;   

7. Buyuk geografik  kashfiyotlar  tugagan  asr  to’g’ri  yozilgan  javobni  toping?
a) XVIII asrning  o’rtalarigacha;      b) XVIII asrning  boshlarigacha;
c) XVII asrning oxirlarigacha;      d) XVII asrning o’rtalarigacha;

8. Yerning   "qattiq” yoki  "tosh” qobig’ini  aniqlang?
a) Gidrosfera   b) Atmosfera    c) Litosfera    d) Biosfera    

9. Litosfera deganda  nimani  tushunasiz?
a) Yerning ichki qismini;     b) Yerning tashqi qobig’ini;     c) Yer po’stini;
d) Yer mantiyasini;      e) Yer po’sti va  mantiyaning yuqori  qismini;

10. Materiklarning  parchalanishi qanday  harakatlar  natijasida  ro’y beradi?
a) Vertikal;    b) Balandlik;   c) Pastlik;   d) Gorizontal;   

11. "Vulkan” atamasi qanday ma’noni bildiradi?
a) "Yer xudosi”   b) "Okean xudosi”  c) "Olov xudosi” 
d) "Dengiz xudosi”   e) "Shamol xudosi”

12. Vulkanning mahsulotlari asosan qanday holatda uchraydi?
a) Qattiq, bug’, suv;   b) Issiq suv, lava vulkan bombasi;
c) Suyuq, qattiq, qaynoq suv;    d) Gaz, qattiq, suyuq;   e) Qattiq, gaz, geyzer;

13. Zilzilaning episentrini aniqlang.
a) Zilzila o’chog’i     b) Yer qimirlash o'chog'i ustidagi joy 
c) Zilzila bo’lib o’tgan joy;  d) Zilzila bo’ladigan joy;    

14. Atmosfera deganda nimani tushunasiz?
a) Yerning havo  qobig’ini;  b) Yerning suv qobig’ini;  c) Yerning tosh qobig’ini;
d) Yerning hayot qobig’ini;  e) Yerning qattiq qobig’ini;

15. Iqlimning asosiy  unsurlarini  belgilang.
a) Harorat va bosim;     b) Yog’in;    c) Shamol;    d) Hammasi

16. Yer sharida asosiy to’rtta havo  massalarining tipi  ajratilgan. Quyidagi  javoblarning  qaysi biri  noto’g’ri?
a) Shimoliy tropik;   b) Arktika;   c) Mo’tadil;   d) Tropik;   e) Ekvatorial.

17. Dunyo  suvayirg’ichi deganda nimani  tushunasiz?
a) Barcha okeanlar  havzalarini  bir-biridan  ajratadigan  chegara; 
b) Berk havzalarni ajratadigan chegara;
c) Barcha havzalarni ikki yirik guruhga ajratib  turadigan chegara;
d) Tinch va Atlantika okeanlari  havzalarini  ajratib turadigan chegara;
e) Tinch va Shimoliy Muz okeani, Hind okeanlari havzalarini ajratib  turadigan chegara. 

18. Okean va dengiz suvlarining  qalqishiga  nima  ko’proq  ta’sir  qiladi?
a) Yerning markaziga intilma kuchi;  b) Oyning tortilish kuchi; 
c) Yerning  markazidan qochma kuchi; d) Koriolis kuchi;  e) Quyoshning  tortilish kuchi.

19. "Biosfera” qanday ma’noni anglatadi?
a) Yerning hayot qobig’i;    b) Yerning suv qobig’i;   c) Yerning tosh qobig’i;
d) Yerning o’simlik  qobig’i;   e) Yerning havo  qobig’i;

20. "Komponent” so’zi  qanday  ma’noni  anglatadi?
a) lotincha "chirmashmoq” demakdir;     b) lotincha "tashkil etuvchi” demakdir;
c) yunoncha "uyg’urlik” demakdir;     d) yunoncha "majmua” demakdir;
e) lotincha "o’zaro  bog’liqlik” demakdir.

21. "Kompleks” so’zi qanday  ma’noni  anglatadi?
a) lotincha "uyg’unlashmoq” demakdir;  b) yunoncha "chirmashmoq” demakdir;
c) lotincha "majmua” demakdir;  d) yunoncha "o’zaro bog’liqlik” demakdir;
e) lotincha "tashkil etuvchi” demakdir.

22. Quruqlikda tabiat  zonasining  hosil  bo’lishi  asosan  nimaga  bog’liq?
a) Geografik  kenglikka;       b) Yorilish mintaqasiga; c) Harorat bilan namlikning  nisbatiga;     d) Quyosh energiyasiga;    e) Quyosh energiyasining tushish burchagiga.

23.  Balandlik  mintaqalariga  tegishli  javobni  aniqlang?
a) Past  tog’lardagi  almashib  keladigan  tabiat  zonalari; 
b)  Tekislikdan o’rtacha  balandlik  tomon almashinadigan  tabiat  zonalari;
c) Tog’lardagi balandlik bo’yicha  almashinadigan tabiat zonalari;
d) Baland tog’lardagi  balandlik bo’yicha  almashinadigan tabiat zonalari.
e) Eng baland tog’lardagi  balandlik tomon asta-sekin  almashinadigan tabiat zonalari.

24. Hind okeanining eng chuqur botig’ini aniqlang?
a) Peru    b) Zond    c) Marianna   d) Puerto-Riko   e) Shimoliy

25. Yer yuzining dengiz sathidan 500 m dan  ortiq  baland  bo’lgan  joylariga ... deyiladi.
a) tekisliklar    b) qirlar    c) yassi tog’lar    d) pasttekisliklar     

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 2

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив