loading...

Tabiiy sharoit va tabiiy boyliklarning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati 

11324

Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo‘jalikdagi ahamiyatiga ko‘ra cho‘l, adir, tog‘, yaylovlarga bo‘lish mumkin.
 Dengiz sathidan 400 metr balandlikkacha bo‘lgan joylar cho‘l mintaqasi hisoblanadi.
 Bu yerlardan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho‘lning ozuqa boyligi juda kam. Bitta qo‘yni boqish uchun 2-3 gektar o‘tloq talab etiladi. Shu hisobdan O‘zbekiston cho‘llarida 10 mln boshgacha qo‘y boqsa bo‘ladi. Biroq cho‘llarning samarasi har gektar hisobida obikor yerlardagidan 100 marta kam.
Cho‘l mintaqasida neft, gaz, oltingugurt, oltin kabi ma’danlaming zaxiralari aniqlangan. Jumladan, gaz zaxirasi 2 trillion kub metrdan oshadi. Zarafshon etagidagi Dengizko‘lda kaliy tuzlarining yirik zaxiralari mavjud. Sulton Uvays tog‘larida, Surxondaryo vohasida va Qizilqumda fosforit konlari bor. Oltingugurt, natriy va magniy tuz konlari kimyo sanoatining muhim xomashyosidir. Shag‘al, qum singari binokorlik xomashyosi ham juda ko‘p uchraydi.
  Dengiz sathidan 400-1200 metrgacha baland bo‘lgan qismi adir mintaqasini tashkil etadi.
 Adir iqlimi cho`l iqlimidan mo`tadilroq bo`ladi. O`simlik turi ko`p va zich. Tuprog`i chirindiga boy. Bu yerlardan, asosan, obikor, dengiz sathidan 1000 metrdan baland yerlarda lalmikor dehqonchilik yuritiladi. Adirlar dehqonchilik uchun eng qulay joy bo`lganidan odamlar qadimdan shu yerlarda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanaverib, uning yer yuzasini ham, o‘simlik va hayvonot olamini ham o‘zgartirib yubordi. 
  Tog‘ mintaqasi adirdan baland joylarga, ya’ni dengiz sathidan 1200 metrdan baland bo‘lgan joylarga to‘g‘ri keladi.
  Tog`larda yoz nisbatan qisqa, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Tuprog‘i nihoyatda chirindiga boy. Tog‘larda betaga, ravoch, zira, tog‘ yalpizi, yuqoriroqda na’matak, zirk, dukcho‘p kabi butalar, undan ham yuqoriroqda bodom, pista, do‘lana, zarang, olma, yong‘oq, nok, olcha kabi mevali daraxtlaming yovvoyi turlari o‘sadi. Ravoch, tog‘ yalpizi, zirk kabilar ovqatga ishlatiladi. Bodom va pista terib olinadi. Yovvoyi mevali daraxtlarga madaniy mevalar payvand qilinishi natijasida tog‘laming xo‘jalikdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.
  Tog‘ mintaqasining shifobaxsh iqlimi hamda beqiyos go‘zal tabiatidan dam olish va hordiq chiqarishda foydalaniladi.
  Tog‘lardan ko‘plab foydali qazilmalar topilgan. Ohangaron vodiysi atrofidagi tog‘larda o‘tga chidamli loy, qo‘ng‘ir ko‘mir, mis rudasi, oltin konlari aniqlangan. Nurota tog‘larida marmar (G‘ozg‘on marmari), volfram konlari bor.
  Baland tog‘larning yonbag‘irlarida, past tog‘laming tepa qismida yaylov mintaqasi mavjud.
  Yaylov mintaqasida yilning ko‘p qismida havo sovuq, yer ustini qor qoplab yotadi. Yoz qisqa bo‘lib, yog‘in ko‘p yog‘adi. Yaylovning qulay joylaridan chorvachilikda foydalaniladi.
  Suv boyliklari. 0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, sanoati va aholisini suv bilan ta’minlashda tog‘lardagi qorlar asosiy suv manbayi xizmatini o‘taydi. O‘lkamizdagi daryolaming deyarli hammasi tog‘lardan boshlanadi.
 Daryolardagi yillik suvning 70-95 foizi 3-4 oy davomida bahor oylariga va yoz boshiga to‘g‘ri keladi. Daryo suvlari barpo etilgan suv omborlariga yig‘ilib, yil davomida tejab sarflanadi.
 Oqar suvlami ifloslantirmaslik uchun sanoatda hamda maishiy-kommunal xo‘jalik foydalaniladigan suvlar tozalab chiqariladi. 0‘zbekistonda suv tabiiy boylikgina emas, balki milliy qadriyat ham hisoblanadi.
 Daryolarimiz sug‘orishdan tashqari, elektr energiya manbayi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Endilikda daryolarga qurilgan GESlardan yiliga o‘rtacha 5 mlrd kW-soat elektr energiya olinmoqda. O‘zbekiston sharoitida sun’iy suv ombori barpo etish maqsadida daryoni to‘g‘on bilan to‘sish tufayli bir yo‘la GES qurish imkonidan foydalanilmoqda.
  Yer boyliklari. 0‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44,4 mln gektarni tashkil etadi. Buning qariyb yarmi qishloq xo‘jaligiga tegishli maydonlardir.
  O‘lkamiz katta yer boyligiga ega bo‘lsa-da, undan ham omilkorlik bilan foydalanish kerak. Aks holda yerlar sho‘rxokka, jarlikka va cho‘lga aylanishi mumkin. Zovur qazib, yerosti suvlarini qochirish, vaqti-vaqti bilan tuproqni yuvib turish, almashlab ekishga rioya qilish kabi melioratsiya va agrotexnika choralari yerdan to‘g‘ri foydalanishning muhim tadbirlari hisoblanadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив