loading...

Binokorlik 

5303

 Binokorlikda tayyor qismlarni qurilish inshootiga tashib keltirish birmuncha qiyin bo'lganidan ularni ishlab chiqaradigan korxonalarni joylashtirishda ikki yo'ldan biriga amal qilinadi. 
  Katta va og'ir qismlar tayyorlaydigan korxonalarni asosan qurilish keng ko'lamda olib boriladigan yirik shaharlar, sanoat rayonlari yaqinida qurish maqsadga muvofiqdir. Yoki xomashyo to'g'ridan to'g'ri inshoot barpo etiladigan joyga keltirilib, ulkan qurilishlar quyma usulda ham tiklanadi. Bunda binokorlik materiallari tejaladi, texnikadan unumli foydalaniladi hamda qurilish sur'ati jadallashadi. 
  Mustaqillik sharofati bilan barcha viloyatlarda qurilish ishlari misli ko'rilmagan darajada avj olib ketdi. Yangi-yangi zavod-fabrikalar, shaxta va konlar, avtomobil va temiryo'llar qurila boshlandi. Shaharlarda zamonaviy binolar qad ko'tarmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz poytaxti tanib bo'lmas darajada go'zallashdi. 
  Xorijiy firmalar bilan hamkorlikda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida xalqaro andozalardagi mehmonxonalar qurilishi va ta'mirlash ishlari avj oldi. Toshkentda Hindiston, Turkiya, Fransiya mamlakatlari bilan hamkorlikda «Tata», «Interkontinental», «Markaziy» mehmonxonalari barpo etildi. Buyuk bobomiz Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan ul zotning tug'ilgan shahri Shahrisabz va u bunyod etgan davlat poytaxti Samarqandda tarixiy obidalar ta'mirlanib, yangi inshootlar barpo etildi.  
 Mamlakatimizda barcha qishloq aholi punktlarining qiyofasini tuvdan o`zgartirish, namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish, qishloqda yangi infratuzilmani shakllantirish hisobidan qishloq ahlining hayotini yanada yaxshilashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 2009-yildan boshlab qishloq joylarda qulay va kommunal xizmat sharoitlariga ega bo`lgan yakka tartibdagi turarjoy massuvlarini kompleks qurish ishlari boshlandi. 
 Mamlakatimizning barcha qishloq tumanlarida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4,5 mln kv.m bo`lgan 33,5 mingdan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi.
 Qurilish ishlarining avj olishi binokorlik materiallari majmuasining yuksalishiga olib kelmoqda.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив