loading...

To`qimachilik 

9401

  To'qimachilik yengil sanoat tarkibidagi eng muhim tarmoq hisoblanadi. O'zbekistonda ip va ipak gazlamalar to'qish qadimdan mavjud bo'lgan. Atlas, zondonachi, baxmal, beqasam, olacha kabi gazlamalar Buyuk ipak yo'li orqali Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. XX asr boshlarida 30 ming hunarmand gazlama to'qish bilan shug'ullangan. 
  Mo'l-ko'l xomashyodan tashqari aholining tarixiy tarkib topgan malakalari va transport qulayligiga tayanib, XX asr o'rtalarida Toshkent, Farg'ona, Andijon va Buxoro shaharlarida to'qimachilik korxonalari barpo etildi. Mamlakatda ip gazlama ishlab chiqarish yiliga 453 mln kv metrdan oshdi. Ammo aholi jon boshiga hisoblanganda bu ko'rsatkich 18 metr, ya'ni har bir kishiga belgilangan me'yorning yarmiga ham to'g'ri kelmasdi. Bu mo'l-ko'l xomashyo va mavjud inson omili imkoniyatiga nisbatan ancha oz edi. 
 Mustaqillikka erishilgach, jahon bozorida raqobatbardosh gazlama ishlab chiqarishni keng yo'lga qo'yish maqsadida AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar bilan qo'shma korxonalar tashkil etilmoqda. Jumladan, AQSH bilan hamkorlikda Toshkent shahrida «Supertekstil» paxta ip yigiruv qo'shma korxonasi, Buxoro va Samarqandda «Afg'on-Buxoro-Samarqand» qo'shma korxonalari ishga tushirildi. To'qimachilik sanoati korxonalari xorijda ishlab chiqarilgan serunum jihozlar bilan qayta jihozlanmoqda. Sun'iy tolalardan to'qiladigan gazlamalar sifati yaxshilandi. 
 To'qimachilik korxonalarida ip gazlama, jun gazlama, shoyi va zig'ir tola gazlamalar to'qiladi. Gazlama to'qib chiqarish jarayoni alohida-alohida joylashgan yigirish, to'qish yoki pardozlash fabrikalarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Transport xarajati, yuk ortish-tushirish sarflari tayyor mahsulot tannarxiga qo'shiladi. Demak, to'qimachilik ishlab chiqarishini yirik korxona (kombinat)da to'plash foydaliroq bo'ladi. 
  O'zbekistonda tayyorlanadigan xom ipakning qayta ishlashdan ortgan qismi xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Shunday qilib, to'qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste'molchilar, ishchi kuchi va xom-ashyo omili hisobga olinadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив