O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi
Kelgusida eksportga
mo`ljallangan avtomobillar, yuqori kuchlanishli agregatlar, maishiy elektr
asboblari, tibbiyot va qurilish hamda to`qimachilik va tikuvchilikka oid
qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish kuchayadi. Ayniqsa, mamlakatimizda
yetishtirilgan meva va sabzavotlar eksportini kuchaytirish zarur. Yana bir
muhim vazifalardan biri – bu dehqon va fermer xo`jaliklariga tashqi bozorda
barqaror xaridorlarni topishdir.
Ishlab chiqarishning
rivojlanishiga hamohang ko`plab mahsulotlarning, jumladan, yoqilg`i, oziq-ovqat
va xalq iste`moli buyumlarining importi qisqarmoqda. Umumiy imortning 3/4 qismini
texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.
O`zbekistonda 4200 dan
ortiq xorijiy ko`rxona faoliyat ko`rsatmoqda. Endilikda O`zbekiston Jahon
banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish
Jamg`armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg`armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar
bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.
Xalqaro moliyaviy
tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini
modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli
investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun
investitsiyalarni yanada ko`proq jalb etish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Tashqi iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirish istiqbollari taqozosi o`laroq mamlakatimiz hududida
maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinmoqda. Ularning dastlabkisi
O`zbekiston hududining geografik markazi Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U
barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladigan xalqaro aeroport va u bilan
aloqador bo`lgan turli xizmat ko`rsatish korxonalardan va muassasalardan
tashkil topgan ulkan majmuadir.
Tovarlar savdosidan
tashqari, xorojiy davlarlar bilan hamkorlikda transport tizimlari barpo
qilinmoqda, tabiatni muhofaza qillish va o`zgartirish masalalari hal qilish va
o`zgartish masalalari hal etilmoqda. Bunda O`zbekiston dunoning yetakchi
xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb
muammolarini hal etishga ham jiddiy e`tibor qaratmoqda. Shanxay hamkorlik
tashkiloti (SHHT), Yevropa Ittifoqi (YI), Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH),Yevrosiyo iqtisodiy hamdo`stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)va boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.