loading...

Polsha 

13538

  Rasmiy nomi-Polsha Respublikasi. Poytaxti-Varshava. Hududi-312,7 ming km.kv. Aholisi-38,6 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili polyak. Dini-katolik. Pul birligi-zlotiy.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropa davlati. Janubda Chexiya (chegara uzunligi-790 km) va Slovakiya (539 km), sharqda Ukraina (529 km), Belarus (416 km) va Litva (103 km), g’arbda Germaniya (416 km), shimolda Rossiya (Kaliningrad viloyati 210 km) davlatlari bilan chegaradosh. Shimolda mamlakat Boltiq dengizi bilan tutashgan. Chegarasining umumiy uzunligi-3582 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi-788 km. Mamlakat hududi asosan tekislikda joylashgan, mamlakatning 2/3 qismiga yaqini Polsha pasttekisligida yastanib yotibdi. Polsha shimolida Boltiq tizmasi joylashgan. Janubda va janubi sharqda Kichik-polyak va Lyublin tepaliklari yastanib yotadi. Janubiy chegara bo‘ylab Karpat va Sudet tog’lari cho‘zilib ketgan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Risiy tog‘i (2499 m). Asosiy daryolari-Visla va Oder. Mamlakat shimolida ko‘llar ko‘p. Polshada ko’mir, tabiiy gaz, mis, kumush va qo‘rg‘oshin konlari mavjud. Haydaladigan yerlar hududning 46% ini egallagan, o’rmon va dashtzorlar-28%, o’tloq va yaylovlar-13%.
 Iqlimi-kontinental. 0‘simlik dunyosi-mamlakat hududining chorak qismi o‘rmonlardan iborat. Polsha hududining 58000 gektarini egallagan Belovejsk   Pushchasi o‘rmoni yowoyi o’rmonlar florasini yaxshi saqlab qolgan o‘ziga xos milliy qo‘riqxona hisoblanadi. Hayvonot dunyosida yowoyi to‘ng‘iz, bug‘u, sirtlon, yovvoyi mushuk, kiyik va tog‘li hududlarda qo‘ng‘ir ayiq, bo‘ri kabi jonivorlarni uchratish mumkin. Belovejsk Pushchasida hayvonot dunyosining noyob namunasi bo‘lgan zubrlar, ya’ni Yevropa bizoni saqlanib qolgan.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi-respublika.  1998-yilda Polshada ma’muriy boshqaruv qayta tuzilib, ilgarigi 49 ta voyevodalik o‘rniga 1999-yil 1-yanvardan boshlab mamlakat tarkibi­ga 16 ta voyevodalik kiritildi. Polsha mustaqil respubli­ka sifatida 1918-yili 11-noyabrda e’lon qilindi. Milliy bayram-3-may-Konstitutsiya kuni (1997). Ijro etuvchi hokimiyat prezidentga (davlat boshlig‘i) va Ministrlar Kengashi rahbari premyer-ministrga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ-ikki palatali parlament (Milliy yig‘in): yuqori palata (senat) va quyi palata (seym)dan tashkil topgan. Siyosiy partiyalari: Demokratik uniya, Xristian milliy birligi, Kelishuv markaz, Mustaqil Polsha konfederatsiyasi, Liberal demokratik kongress, Polsha dehqon partiyasi, Polsha respublikasi sotsial-demokratiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. XX asrning 90-yillarida iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bozorni barqarorlashtirish, milliy valutani mustahkamlash va davlat budjeti defitsitini kamaytirish hamda tashqi qarzning o‘sishini to‘xtatish imkonini berdi. 2012-yil YIM miqdori 593,3 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 15,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Sanoat va qurilishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishildi. Sanoatning rivojlangan sohalari: mashinasozlik, kemasozlik, metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik. Ishlab chiqarish tizimining o‘zgartirilishi, modernizatsiya qilinishi va hukumat tomonidan ekologik dasturlarining bajarilishi, so‘nggi yillarda atrof-muhit ahvolining sezilarli yaxshilanishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida xususiy sektor ustundir. Polsha javdar, bug‘doy, kartoshka, raps mahsulotlarining yirik yetishtiruvchilaridan biri. Chorvachilik ancha rivojlangan. Iqtisodiy jonlanish bandlik bozoridagi ahvolni birmuncha yaxshiladi, ammo ishsizlar soni hali ham yuqori hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlari: Germaniya, Gollandiya, Italiya, Rossiya.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi-24313 km (11613 km elektrlashtirilgan). Avtomobil yo‘llari-352802 km, ichki suv yo‘llari-3997 km. Asosiy port shaharlari: Gdansk, Gdinya, Shchetsin.
  Tarixi. V asrda zamonaviy Polsha hududiga g‘arbiy slavyan qabilalari (polyaklar, vislanlar, mozovshan, pomeranlar) kirib kelib, o‘troq hayot tarziga o‘tishdi. IX asrda Pyastlar dinastiyasi atrofida Polsha knyazlarining birlashuvi boshlandi. X asrda xristian dinini qabul qilgan va tarqatgan qirol Meshko I tomonidan polyak yerlari hududi kengaytirildi. Uning o‘g‘li Boleslav I Bogemiya, Moraviyani hamda Sloveniya va Kiyev knyazligi yerlarining bir qismini bosib olgan, biroq uning hukmdorlik davridan so‘ng Polsha qirolligi inqirozga yuz tutib, bu tushkunlik XIV asr boshlarigacha, Kazimir III Buyuk Polsha qirolligi qudratini tiklagunga qadar davom etdi. 1384-yildagi Polsha qirolichasi Yadviga va Litva buyuk knyazi Vladislav II Yagaylo o‘rtasida tuzilgan nikoh Polsha qirollarining yangi Yagaylolar sulolasiga asos soldi. 1410-yilda Gryunvald yonidagi jangda Tevton ritsarlarini tor-mor qilgan Polsha va Litva Buyuk knyazligi birlashgan qo‘shinlariga boshchilik qildi. 1569-yilda Polsha va Litva Buyuk knyazligini yagona davlat-Rech Pospolitaga birlashtirgan Litva uniyasini imzoladi. Iqtisodiy va ma’naviy o‘sish davri­dan so‘ng Polsha XVI—XVII asrlarda bir necha urushlarni (Rossiya, Shvetsiya, Turkiya bilan) boshdan kechirish bilan bir qatorda ichki ixtiloflami ham bartaraf qilishga to‘g‘ri keldi va oqibatda davlat zaiflashib 1772- yilda Rossiya, Prussiya va Avstriya o‘rtasida bo‘lib olindi. Ikkinchi (1793-yil) va uchinchi (1795-yil) bo‘linishdan so‘ng Polsha davlat sifatida barham topdi. 1807— 1814-yil Napoleon Bonapart mamlakat hududining bir qismida Polshaning to‘rtinchi bo‘linishidan so‘ng (1815) Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shilgan Varshava Buyuk Knyazligini tashkil etgan, nisbiy muxtoriyatdan foydalangan Krakov respublikasi esa Avstro-Vengriya imperiyasining bir qismiga aylandi. XIX asrda polyaklar bir necha marotaba qo‘zg‘olonga ko‘tarildilar (1830—1831, 1846, 1848, 1863, 1864), ammo ulaming barchasi chor tuzumi tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Birinchi jahon urushi davrida Pilsudskiy tomonidan tashkil etilgan Polsha hududi Avstro-Vengriya tarafida Rossiya qo‘shinlariga qarshi janglarda ishtirok etgan. 1916-yilda Germaniya va Avstriya bosib olingan zonalaming birlashgandan hamda Polshaning bo‘linishi- da ishtirok etgan barcha davlatlarning mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng 1918-yilda Polsha mustaqilligi e’lon qilindi. 1919-yilning yanvarida esa Pilsudskiy bosh- chiligida mustaqil hukumat tashkil etildi. 1939-yil 1-sentabrda Polshaning g‘arbiy qismi nemis qo‘shinlari tomonidan bosib olinsa-da, sharqiy qismi Sovet ittifoqi tomonidan 1939-yil 17-sentabrda qo‘shib olingan. 1945-yil mamlakat ozod qilingandan so‘ng hokimiyat tepasiga ishchi partiyalarining «Demokratik blok»i keldi. 1947-yilda ular yagona ishchi partiyasiga birlashib, 40 yildan ziyod davr mobaynida Polshada hukmronlik qildi. 1990-yilda ilk erkin saylovlar o‘tkazildi. Unda Lex Valensa g‘olib chiqib mamlakat prezidenti bo‘ldi. U «Solidarnost» kasaba uyushmasi yetakchisi bo‘lib, 1980-yildan boshlab hukmron sinfga qarshi chiqa boshlagan. 1995-yilda so‘l qanot partiyalari vakili Polshada demokratik islohotlar o‘tkazilishi taklifi bilan chiqdi.   S. Kvasnevskiy davlat boshlig‘i etib saylangan.
   Polsha bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.