loading...

Havo namligi va yog‘inlar 

17128

   Havodagi suv bug‘i.
Troposferada doimo suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i havoga okean va dengizlardan, quruqlikdagi suvlardan, tuproq va o‘simliklar tarkibidagi suvning bug‘lanishidan ko‘tariladi. Suv bug‘i ko‘zga ko‘rinmaydi. Havodan yengil bo‘ladi.
  Havo o‘zida turli miqdorda suv bug‘larini tutib turishi mumkin. Havoning qancha suv bug‘ini tutib turishi havo haroratiga bog‘liq. Agar havo harorati 0°C bo‘lsa, o‘zida 5 gr, +10° C bo‘lsa 9 gr, +20° C da 17 gr va +30° C bo‘lsa 30 gr suv bug‘ini tutib tura oladi. Demak, havo qanchalik sovuq bo‘lsa, shuncha kam va qanchalik issiq bo‘lsa, shuncha ko‘p suv bug‘ini ushlab tura oladi.
  1 m kb havoda mavjud bo‘lgan va gramm hisobida o‘lchanadigan suv bug‘lari miqdori mutlaq namlik deyiladi.
  Agar havo o‘zida mavjud bo‘lgan suv bug‘idan ortiqcha namni sig‘dira olmasa, u namga to‘yingan havo deyiladi.
  Siz radio va televizordan ob-havo xabarida havoning namligi 70% yoki 80% deganini ko‘p marta eshitgansiz. Buning ma'nosi nima? Masalan, harorat +30° C bo‘lganda havoda 15 g, ya'ni havo o‘zida sig‘dirishi mumkin bo‘lgan suv bug‘ining yarmi mavjud. Bunda havoning nisbiy namligi 50% deyiladi.
Namga to‘yingan havoda nisbiy namlik 100% bo‘ladi. Meteorologik stansiyalarda havo namligi maxsus gigrometr asbobi yordamida o‘lchanadi.
Bulut. 
  Bulutlarning asosan uch turi bo ‘ladi: to‘p-to‘p, qat-qat va patsimon. Isigan havo yer yuzasidan yuqoriga tez ko‘tarilayotganda to‘p-to‘p bulut hosil bo‘ladi. Tag qismi qorayadi va hozir yomg‘ir yog‘ib yuboradigandek tuyuladi. Bunday bulutyomg‘irli to‘p-to‘p bulut deyiladi. To‘p-to‘p bulutlar mamlakatimiz osmonida bahor va yozda ko‘p bo‘ladi. Bunday bulutlardan qattiq yomg‘ir, jala quyadi.
  Havoni ba'zan qatlamli bir tekis bulut qoplaydi. Bular qat-qat bulutlardir. Quyoshlikunlarda juda balandda ba‘zan oq tolalarga o‘xshagan yupqa bulutlarni ko‘rish mumkin. Ularning soyasi ham bo‘lmaydi. Bunday bulutlar patsimon bulutlar deyiladi. Ular ob-havo aynib kelayotganini bildiradi.
Yog‘inlar.
  Havodan yer yuzasiga suyuq yoki qattiq holatda tushadigan suvlarga yog‘inlar deyiladi. Bulutdagi mayda suv tomchilari ma‘lum sharoitda bir-biri bilan qo‘shilib, yirik tomchilarga aylanadi va yirik tomchilar Yerga yomg‘ir bo‘lib tushadi
  Ba‘zan iliq havo yuqoriga tez ko‘tarilib, to‘p-to‘p bulutlarni harorat 0°C dan past bo‘lgan balandlikka olib chiqib ketadi. Bu balandlikda yomg‘ir tomchilari muzlab do‘lga aylanadi.
  Qishda bulut suv tomchilaridan emas, juda mayda ninasimon muzlardan iborat bo‘ladi. Ular bir-birlari bilan qo‘shilib, qor uchqunlarini hosil qiladi.
Yog‘in faqat bulutdan emas, havodan ham yog‘adi. Siz bahor, kuz oylarida ertalab shudring tushganini ko‘rgansiz. Shudring hosil bo‘lishiga sabab shuki, kunduzi isigan yer va o‘simliklar kechqurun Quyosh botishi bilan tezda soviydi. Suv bug‘lari tomchilarga aylanib Yerga tushadi. Biz buni shudring deymiz.
  Qish kunlari suv tomchilari muzlab, shudring emas, qirov hosil bo‘ladi. Yer yuzasiga yoqqan yog‘in miqdori yog‘in o‘lchagich asbobi bilan aniqlanadi. Qor qalinligi santimetrlarga bo‘lingan maxsus reyka bilan o‘lchanadi. Bir oy davomida yoqqan yog‘in yig‘indisi oylik yog‘in bo‘ladi. Yil davomidagi yog‘in miqdori qo‘shilib yillik yog‘in miqdorini tashkil etadi.
Quyida play tugmasini bosib rasmni kuzating?

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив