Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi, relyefi
Geologik
tuzilishi. Dunyo okeani tubi yirik litosfera plitalaridan tashkil topgan. Lekin ular materiklar bilan birga yaxlit litosfera plitalarini tashkil etganligi uchun materiklar nomi bilan ataladi. Faqat Tinch okean tubi mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratiladi.
Okean
tublarida daryo, dengiz to‘lqinlari va oqimlari, shamol, aysberglar keltirgan
yotqiziqlar, hatto organizmlar va kosmik changlar cho‘kindi jinslar qatlamini
hosil qiladi.
Terrigen,
ya’ni vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan bog‘liq cho‘kindilar qirg‘oq
yaqinida bo‘ladi. Terrigen yotqiziqlar Dunyo okeanining 25 % ini qoplaydi.
Okean tagi
esa nobud bo‘lgan dengiz organizmlari qoldiqlaridan hosil bo‘lgan cho‘kindilar,
ya’ni okean loyqasi bilan qoplangan.
Okeanning
qirg‘oqdan uzoq eng chuqur qismlarida qizil tusli okean gili to‘plangan. U
Dunyo okeani tagining 36% ini qoplab yotadi. Okean gili jigarrangdagi gilsimon
balchiqdan iborat. U okeanning 5 000 m dan chuqur qismlarida bo‘ladi.
Okean tubi
relyefi. Dunyo okeani tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Okean tubida materik sayozligi, materik yonbag‘ri, materik etagi, okean tubi botiqlari, o‘rta okean tizmalari va eng chuqur cho‘kmalar kabi yirik relyef shakllari mavjud. O‘rta okean tog‘ tizimining umumiy uzunligi 60 ming km dan ortiq bo‘lib, u barcha okeanlarni kesib o‘tgan va bir qancha tarmoqlarga bo‘lingan.
Atlantika
okeanida Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika, Braziliya, Angola; Tinch okeanda
Shimoli-sharqiy, Shimoli-g‘arbiy, Markaziy, Janubiy va Chili; Hind okeanida
Somali, Markaziy va G‘arbiy Avstraliya kabi botiqlar bor. Antarktida
qirg‘oqlari yaqinida Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida va Bellinsgauzen
botiqlari bor.
Dunyoning
tabiiy xaritasida beshta havzani ajratish mumkin. Ular Tinch, Atlantika, Hind,
Shimoliy Muz okeani havzalari va berk havzalardir. Daryo qaysi havzaga o‘z
suvini quysa, o‘sha havzaga tegishli bo‘ladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.