Litosfera va Yer relyefi
Litosfera (yunoncha „litos" — tosh, qattiq, „sfera" — qobiq)
Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Yer po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi
chegarani 1914-yilda yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po‘sti
tuzilishi va qalinligiga ko‘ra ikki tiрga bo‘linadi. Yer po‘stining
kontinental tiрi
materiklarda tarqalgan bo‘lib, tekisliklarda 35-40 km, yosh tog‘larda 55-70 km
qalinlikka ega. Pomir va Hindukushda 60-70 km, Himolay tog‘larida 80 km ga
boradi. Kontinental yoki materik po‘sti cho‘kindili, granitli va bazaltli
qatlamlardan tuzilgan.
Yer po‘stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi. Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib, tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuzatilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Hindiston, Sibir va boshqa platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to‘g‘ri keladi.Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari: ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmalanishlari xos. Tinch okean „olovli halqasi", O‘rta dengiz, Himolay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal mintaqalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.
Okean
po‘sti 5-10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ishlari natijasida bazaltli
qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi 3,5-5 km bo‘lgan magmatik jinslar
borligi aniqlandi. Demak, okean po‘sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda
granitli qatlam uchramaydi.
Litosfera
okean tubida 50-60 km gacha, quruqliklarda 100-200 km gacha qalinlikka ega.
Litosfera Yer po‘stining yirik va yaxlit bo‘laklari — plitalaridir. Ular
materik va okean tublarini o‘rta okean tizmalariga qadar egallaydi. Yettita
yirik (6 ta materik va bitta Tinch okean) va oltita kichikroq litosfera
plitalari ajratilgan. Litosfera plitalari to‘qnashish qismlarining juda
faolligi natijasida yosh tog‘lar, harakatdagi vulqonlar, zilzilalar hosil
bo‘ladi.
„Litosfera
plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi?" degan savolga olimlar javob
topishdi. Aniqlanishicha, bu Yer po‘sti bilan mantiya oralig‘idagi astenosfera
(yunoncha „astenos" — kuchsiz) qatlamining yumshoq va elastik holatdagi
moddalar- dan tuzilganligiga bog‘liq ekan. Deyarli barcha vulqon o‘choqlari ham
astenosferaga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. O‘rta okean tizmalarida litosfera
plitalari mantiyadan chiqayotgan moddalarning halqasimon harakati hisobiga
bir-biridan uzoqlashadi. Natijada, ular orasida yangi okean po‘sti hosil
bo‘ladi va kengaya boradi. Тog‘larning paydo bo‘lishi harakatdagi vulqonlar,
zilzilalar litosfera plitalarining tutashish, ya’ni to‘qnashgan chegaralariga
to‘g‘ri keladi.
Relyef (yunoncha,
ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va
rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakllaridir. Yer yuzasidagi barcha relyef
shakllari ichki va tashqi kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga
tog‘ va tekisliklar misol bo‘ladi. Тog‘lar quruqlikning 40 % ini, tekisliklar
esa 60 % ini egallaydi.
Yer shari
quruqligining eng past nuqtasi –405 m ga (O‘lik dengiz), eng baland nuqtasi 8
848 m ga (Jomolungma yoki Everest) teng. Quruqlikdagi dengiz sathidan past
yerlar — cho‘kmalar va botiqlar deb ataladi. Dengiz sathidan 200 m balandlikkacha
bo‘lgan tekisliklar pasttekisliklar deyiladi. 200 m dan 500 m balandlikkacha
bo‘lgan yerlar qirlar deyiladi. 500 m
dan 1000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar past tog‘lar, 1000 m dan 2000 m gacha
bo‘lgan tog‘lar o‘rtacha tog‘lar, 2000 m dan 3000 m gacha bo‘lgan tog‘lar
o‘rtacha baland tog‘lar, undan yuqorilari
baland tog‘lar deyiladi. Bular quruqlikning asosiy relyef shakllari
hisoblanadi.
Okeanlar
tubining relyefi ham murakkab tuzilishga ega. Materiklarning deyarli 35 % i
dengiz va okean suvlari tagida joylashgan. Ular tekis yuzali materik sayozligi
(shelf)ga to‘g‘ri keladi va 200 m chuqurlikka qadar davom etadi. Undan pastda
qiyaroq materik yonbag‘ri yoki batial (yunoncha, chuqur) 3000 m gacha, abissal
(yunoncha, tubsiz) 6000 m gacha va okean
botiqlari (6000 m dan chuqur) mintaqalari joylashgan. Okean tubi
relyefida uzluksiz davom etadigan (uzunligi 60 ming km) o‘rta okean tizmalari,
vulqonli tog‘lar, cho‘kmalar, tekislik — havza, soylik va platolar mavjud.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.