Materiklar va okeanlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Yer va
litosferaning paydo bo‘lishi. Olimlarning ta’kidlashicha, Quyosh sistemasi va Yer Koinotda harakatlanayotgan changsimon zarrachalar birikishidan hosil bo‘lgan. Bunday fikrni dastlab fransiyalik olim R.Dekart 1644-yilda, keyinchalik germaniyalik faylasuf I.Kant 1755-yilda va fransiyalik olim R.S.Laplas 1796-yilda aytishgan. Shuning uchun bu giрoteza Dekart-Kant-Laplas giрotezasi deb ataladi.
Litosfera
va yer po‘sti yer ichki moddalarining saralanishi natijasida hosil bo‘lgan.
Qizigan holatdagi yerning yengil moddalari tepaga ko‘tarilgan, og‘ir moddalari
esa pastga cho‘kkan. Oqibatda nisbatan yengil va qattiq litosfera (yunoncha,
tosh qobiq) hamda yer po‘sti, mantiya va yadro tarkib topgan.
Materiklar
va okean botiqlarining paydo bo‘lishi. Materik va okean botiqlarining paydo
bo‘lishi haqida ko‘plab giрotezalar (ilmiy taxminlar) yaratilgan bo‘lsada,
olimlar hanuz bir yechimga kelmadilar. Shunday giрotezalardan biri mobilizmdir.
Mobilizm (yunoncha,
siljiydigan, harakatlanadigan) giрotezasini 1912-yilda nemis geologi A.Vegener
ishlab chiqqan. Lekin undan deyarli 9 asr avval vatandoshimiz Abu Rayhon
Beruniy (973-1048) materiklarning siljishi haqida shunday degan: „Qit’alar
go‘yo suv sathida suzib yurgan daraxt barglari singari bir-biri tomon
yaqinlashib yoki uzoqlashib, sekin harakatda bo‘ladi". Beruniyning bu fikri
mobilizm giрotezasi mohiyatining o‘zidir.
A.Vegener
o‘z giрotezasini yaratishda Atlantika okeaniga tutashgan Janubiy Amerika va
Afrika qirg‘oqlarining bir-biriga mos kelishiga asoslandi. Uning fikricha,
taxminan 200 mln yil muqaddam Yer yuzida yagona Pangeya materigi va yagona
Pantalassa okeani bo‘lgan. Keyinchalik Pangeya ikkita yirik materikka:
Lavraziya va Gondvanaga, Pantalassa esa Paleotinch va Tetis okeanlariga
ajralgan. O‘z navbatida, 65 mln yil avval Lavraziyadan Shimoliy Amerika va
Yevrosiyo, Gondvanadan esa Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Amerika
materiklari ajralib chiqqan. Ular oralig‘ida hozirgi okeanlar tarkib topgan.
Litosfera
plitalari tektonikasi. 1968-yilda amerikalik bir guruh olimlar (L.R.Sayks, J.Oliver va b.) yangi mobilizm, ya’ni „litosfera plitalari tektonikasi" giрotezasini e’lon qilishdi. Bu Beruniy, Vegener g‘oyalari asosida yaratilgan eng so‘nggi, mukammal giрotezadir. Okean tubi tadqiqotlari, kosmik tasvirlar tahlili, aniq geodezik o‘lchovlar va boshqa manbalardan olingan yangi ma’lumotlar natijasida litosfera plitalarining turli tomonga, har xil tezlikda harakatlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga yuqori mantiya va astenosfera qatlamlaridagi moddalarning uyurmali harakati sababdir.
Mantiya
moddalarining yuqori tomonga harakatlanishi natijasida litosfera plitalari
bir-biridan uzoqlashadi. Natijada o‘rta okean tizmalari paydo bo‘lib, bazaltli
okean po‘sti kengayadi. Bu hududda darz
(rift)lar, yer yoriqlari, harakatdagi vulqonlar mavjud hamda kuchli zilzilalar
bo‘lib turadi. Kengayish hodisasi Afrika yer yorig‘i, Baykal ko‘li, Qizil
dengiz va boshqa joylarda ham kuzatilgan.
Fan-texnika
taraqqiyotining yangi ma’lumotlari asosida materiklar va okeanlarning vujudga
kelishi haqida yanada mukammalroq giрotezalar yaratilishi mumkin. Hozircha
litosfera plitalari tektonikasi giрotezasi ko‘pchilik tadqiqotchi olimlar
tomonidan tan olingan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.