loading...

„Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida nimalar o‘rganiladi? 

23648

Yer yuzida yashaydigan kishilar hayoti tabiatga juda bog‘langan. Inson o‘ziga kerakli bo‘lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Odamlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan narsalarni tabiatdan olish uchun mehnat qilishadi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida Yer yuzi tabiatida o‘zgarishlar, ba’zan zararli o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiat ifloslanadi. Bularning oldini olish uchun Yer yuzining turli joylarida va butun geografik qobiqda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish kerak.

Buning uchun esa sayyoramizning butun tabiatini, materiklar va okeanlarni, tabiat komplekslarini, ularda ro‘y berayotgan tabiiy va inson ta’siridagi jarayonlarni bilishingiz zarur. Siz bu bilimlarni qo‘lingizdagi darslikdan o‘rganasiz.

Darslik mazmunan to‘rtta bo‘limdan iborat. Bular so‘zboshi, geografik qobiq, okeanlar tabiati, materiklar tabiatidan iborat.

Birinchi bo‘limda darslikda nimalar o‘rganilishi, darslikning qisqacha mazmuni, atamalar, geografik xaritalar, atlaslar, globuslar haqida ma’lumot beriladi.

Ikkinchi bo‘limda geografik qobiqning xususiyatlari, chegaralari, rivojlanish qonuniyatlari, vertikal va gorizontal tuzilishi to‘g‘risida fikr bildirilgan.

Uchinchi bo‘limda Dunyo okeanining qismlari va ularning materiklar tabiatiga ta’siri, Dunyo okeani tabiati, jahon  xo‘jaligida tutgan hozirgi va istiqboldagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.

To‘rtinchi bo‘limda materiklarni o‘rganish jarayonida mashhur dengizchilar, kashfiyotchi sayyohlar haqida, materiklarning tabiati, materik va orollarda qanday xalqlar yashashi va hokazolar haqida ma’lumotlar olasiz.

Materiklar, okeanlar va ularning tarkibiy qismlari. Geografik qobiq eng yirik tabiat kompleksidir. U tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti bo‘lib, uning tarkibiy qismlari — materik va okeanlar ham alohida tabiat komplekslari hisoblanadi.

Qadimdan Yer yuzini ikkita yirik muhitga bo‘lishgan: suvli muhit va quruqlik muhiti. Suvli muhit yaxlit, shuning uchun uni Dunyo okeani deb atashgan.

Materik — tektonik tuzilishiga ko‘ra bir butun yirik quruqlikdir. Yer yuzida oltita materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya. Materiklarni o‘rganish Afrikadan boshlanadi. Chunki u tabiatining barcha xususiyatlariga ko‘ra takrorlanmas hamda o‘ziga xos bo‘lgan materikdir. So‘ng  Avstraliya, Antarktida, Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyo ketma-ket o‘rganiladi. Shuningdek, Yer yuzi oltita qit’a — Afrika, Avstraliya, Antarktida, Amerika, Yevropa va Osiyoga ajratilgan. Qit’a — kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-madaniy tushunchadir.

Okeanlar.Dunyo okeanining materiklar oralig‘idagi qismlari okean deyiladi. Dunyo okeani to‘rt qismga bo‘linadi: Tinch okean (180 mln kv.km), Atlantika okeani (91 mln kv.km), Hind okeani (76 mln kv.km) va Shimoliy Muz okeani (14 mln kv.km). Olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar. Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar okeanlarning kichik qismlaridir.

Qirg‘oq chizig‘i. Okean yoki dengiz yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashgan chegara qirg‘oq chizig‘i deyiladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив