Sel, o’pirilish va toshqin xavfi
SELLAR
Sellar – tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan paydo bo’luvchi suv, qum, loy, shag’al, tosh va tog’ jinslari parchalarining oqimlari.
Sel kelishining birinchi belgilari:
- Jala quyishi;
Havo haroratining birdan ko’tarilishi.
Quyidagilar sel oqimining bevosita yaqinlashishi haqida ogohlantiradi:
- Sel xavfi bo’lgan daryolarning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumburlash;
- Sel ko’chirib kelayotgan toshlarning urilishidagi larza;
- Daryolardagi suv sathining keskin ortishi;
- Sel oqimining «bosh qismi» bilan birga kelayotgan iflos chang bulutining paydo bo’lishi.
- Agar siz quyidagi qoidalarga rioya qilsangiz, sel oqimiga tushmasligingiz mumkin:
- Dam olish uchun to’xtama va soylar bo’yida chodir qurmang;
- Sel oqimi belgilarini sezgan zahoti tezlik bilan daryo o’zanidan iloji boricha nariga yonbag’irlab yuqoriga chiqishga harakat qiling;
- Sel oqimi o’tgandan so’ng daryo o’zaniga tushmang.
Yodingizda bo’lsin:
Barcha sel bilan bog’liq xavfni yetarli darajada oldindan tahminlasa bo’ladi. Suv havzalari to’satdan urib ketgandagi toshqinlargina bundan mustasnodir.
Birinchi sel oqimidan so’ng, keyingisi kelishi mumkinligini doimo yodda tuting!
O’PIRILISHLAR
Tog’ va tepalik yonbag’irlari bo’ylab yorilishlarning paydo bo’lishi o’pirilish yuz berishining belgisidir.
O’pirilish xavfi borligining belgilari:
- Uyning eshik va derazalari bekilmay yoki qisilib qolishi;
- Uydagi devor suvoqlarida va poydevorda yangidan yangi darzlar paydo bo’lishi;
- Yer yuzasida, yo’lkalarda, yo’llarda yoriqlar paydo bo’lishi va kengaya borishi;
- Yonbag’irlar poyida yer bo’rtib chiqishi, yer osti suvlari yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, devorlar va daraxtlar siljiy boshlashi;
- Gumburlash eshitilishi va zo’raya borishi.
Shundan so’ng yer jinslarining yaxlit bo’laklari asta-sekin surilishi yoki birdan ko’chishi mumkin.
Mustahkam bo’lmagan tog’ yonbag’irlari pastga ag’darilib tushishi; binolarni vayron etishi va odamlarni ko’mib qo’yishi mumkin. Shuning uchun o’pirilishning dastlabki belgilari paydo bo’lishi bilanoq mustahkam bo’lamagan qoyalar, uyma tepaliklar, tik tushgan tuproqli yonbag’irlardan xavfsiz bo’lgan masofaga o’tib olish, tor daralardan chiqib olish kerak.
Agar zarar ko’rganlar bo’lsa, u holda iloji boricha tezlikda ularga zaruriy yordamni ko’rsatishga harakat qil. Keksalarga xavfli joylardan chiqib olishida yordamlash.
TOSHQINLAR
Toshqinlar – daryo, ko’l yoki dengizda suv sathining ko’tarilishi natijasida yuz beruvchi yerlarning ko’p miqdorda suv bosishi. Ular aholi yashash punktlarining suv bosishiga, kishilarning yoki uy hayvonlarining halok bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Toshqin sabablari:
- Qor va muzliklar erishi;
- Ko’p miqdorda yog’in yog’ishi;
- Daryolarda muz tiqilib qolishi;
- Yirik ko’llardagi suvning shamol ta’sirida haydalishi;
- Tabiiy va sun’iy suv havzalarining urib ketishi.
Suv toshqini xavfi tug’ilganda, quyidagi himoya choralarini ko’rish kerak:
- Oziq-ovqat, ichimlik suvi zahirasini to’plash, hujjatlarni, almashtiriladigan kiyim va poyabzalni olish;
- Mol-mulk bilan evakuatsiyaga tayyorlanish;
- Zarur bo’lgan hollarda avtokameralar, eshiklar, yog’och taxtalar, bochkalar, bidonlar, meshlar kabi doim kerak bo’ladigan narsalardan suzish vositasi o’rnida foydalaning.
Biroq siz, shunga qaramay, suv ichiga tushib qolsangiz, sarosimaga tushmay, tezlik bilan:
- Ustki va oyoq kiyimingni yechib tashlang;
- Suv oqimi bo’ylab yaqin oradagi quruq joyga qarab suzing;
- Suv yuzasidagi va cho’kkan qirrali buyumlardan o’zingni asrang.
Suv pasaygandan so’ng:
- Yuqumli zararlanishdan saqlanish uchun faqat qaynatilgan suv ich va quruq oziq-ovqatlarni iste’mol qiling;
- Oldindan ko’zdan kechirmasdan turib, uyga kirishga shoshilmang;
- Butunlay qurimagan elektr asboblaridan foydalanmang.
- Tez avj olayotgan toshqinda tezlik bilan yaqin oradagi istalgan tepalikka chiqib ol, agar buning iloji bo’lmasa, noumid bo’lmang.
- Binoning yuqori qavatlari , tomga, daraxtga chiqib oling.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.