Ko`chki, sel va o`pirilishlar
Respublikamizning
tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq
xo`jaligi ob’ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri yer
kuchishidir. Ko`chki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlarga Toshkent,
Andijon, Fargona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqaqaryo, shuningdek, Jizzax va Namangan viloyatlarining
ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko`chki hodisasi
sodir bo`ladi. Og`irlik ta’sirida
tog` jinslarining tog` yonbag`ri bo`ylab siljishi ko`chki deb ataladi.
Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi
natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti
suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik
tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson
tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin. Ko`chkilarning
90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi.
Tik tushgan va
jarli tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg`oqlarida asosan, shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati
ta’sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog`
jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi.
Ko'chki harakati va bahosi
Tezlik | Harakat bahosi |
---|---|
3 m/sek | jadal |
0,3 m/daqiqa | faol |
1,5 m.sut | tez |
1,5 m/oy | me`yorida |
1,5 m/yil | juda sekin |
0,06 m/yil | juda ham sekin |
- eshik va derazalarning yopilmay yoki qisilib qolishi;
- tuproqda yangi yoriqlar va darzlarning paydo bo`lishi;
- ichki va tashqi devorlardagi, suv quvurlari atrofida, asfalt yuzasidagi kutilmagan darzlar;
- yonbag`irlar poyida yer bo`rtib chiqishi, yer osti suvlarining yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, de vorlar va daraxtlarning siljiy boshlashi;
- gumburlash eshitilishi va zo`raya borishi;
- yangi xavf manbalarining paydo bo`lishi va oldingi xavf manbalarining yo`qolishi;
Tabiiy ofatning bu turini oldini olish mumkinmi? Buning uchun qanday muhofaza tadbirlari olib borilishi kerak?
Ko`chki xavfi paydo
bo`lganda tezlikda xavfli hududni tark etish lozim. Ko`chki yoki sel belgilari to`g`risida
hukumat organlariga xabar berish kerak. Xavf kuchli bo`lgan joylarda o`ta
ehtiyotkor bo`lib harakat qilish va xavfsizlik tadbirlarini ko`rish zarur.
Ko`chkining yana
bir turi - qor ko`chkisidir. Bu tog yonbag`irlarida harakatga
kelgan va surilayotgan qor massasining o`pirilishidir. Qor ko`chkisi doimiy qor
qoplamiga ega bo`lgan barcha tog`li rayonlarda yuz berishi mumkin. Qop
ko`chkisi katta hajmdagi qor massasi bo`lib, u 20-30 m/s tezlikda harakat
qiladi. U 25-30 m o`lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko`chkidan paydo
bo`lishi mumkin. 150 m.kub hajmdagi ko`chkining og`irligi 20 dan 30 t.gacha yetadi.
Qor ko`chkisining uch turi bo`ladi:
1. Yangi yoqqan qordan (qor yog`ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo`ladi).
2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog`liq.
3. Qor ko`chkilari sel oqimlari, ko`chki, o`pirilish, suv toshqinlariga olib keladi.
1999-yil 21-noyabr
kuni Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovonida qor ko`chkisi sodir
bo`ldi. Soat 5:30 dan 12 largacha 8 bor qor ko`chishi takrorlanishi
oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta
mashinaning chuqurlik tomon surib tushirilgani aniqlandi. Qor ko`chkisi
natijasida 29 odam halok bo`ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq
yo`lovchi qutqarib qolindi.
Qor ko`chkisiga duch kelib qolsangiz quyidagi muhofaza choralari sizga yaqindan yordam beradi: Qor ko`chkisi yaqinlashib qolgan bo`lsa, avvalo, gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qilishga harakat qiling. Bu holat og`iz va burningiz qor bilan to`lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo`shlig`i bo`lishiga yordam beradi. Ko`chki to`xtagandan so`ng yuzingiz va ko`kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So`ngra yuqori tomon qayerdayu, pastki tomon qayerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun so`lagingizni ko`lingizga olib uni oqizib ko`ring. So`lak pastlik qayerda ekanligini ko`rsatadi va siz qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo`ladi.
Har qanday holda ham uxlamang. Erinmay yuqoriga tirmashavering. Sizni qidirishayotganligini doimo yodda tuting.
Sel - kuchli oqim, ya’ni tog` daryolari o`zanlarida to`satdan shakllanuvchi, katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog`in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo`ladi. Odatdagi oqimlardan farqli ularoq, sel uzluksiz oqim sifatida emas, balki alohida tulqinlar tarzida harakat qiladi. Shuningdek, o`zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopipshoq massani olib keladi. Ayrim tosh va bulaklarning o`lchami ko`ndalangiga 3-4 m.ga yetadi. Sel to`siqqa uchragandan so`ng, ularni oshib o`tadi va yanada kuchli bo`la boradi.
Sel haqida ma`lumot
Turi | Birlamchi sababi | Tarqalishi va yuzaga kelishi |
---|---|---|
Yomgirli | Jala, kuchli yomg`ir |
Qoyalarning yuvilishi va ko`chki hosil bo`lishi natijasida yuzaga keladi |
Muzli |
Qor va muzlarning keskin eriy boshlashi |
Baland tog`li hududlarda, erigan muzlik suvlarining urib ketishi bilan bog`lik |
Seysmogen |
Kuchli zilzilalar |
Yuqori seysmik faol hududlarda |
Insonning bevosita ta’siri |
texnogen jinslarning to`planishi, sifatsiz qurilgan tug`onlar |
texnogen jinslarning yuvilishi va siljishi, to'g'onlarning buzilishi |
Insonning bilvosita ta’siri |
Tuproq-o`simlik qoplamining buzilishi |
O'rmon, o`tloqlar birlashgan maydonlarda, qoya va o'zanlar ning yuvilishi |
Selni «tog ajdari» deb atashadi. Sel 10 m/soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. Bitta joyning o`zida sel oqimlarining paydo bo`lish soni katta emas. Chunki sel hosil bo`lishi uchun faqatgina yogingarchilikning ko`p bo`lishi yetarlimas. Buning uchun yana suv oqimi olib ketishi mumkin bo`lgan tog` massasi ham mavjud bo`lishi zarur. Tog massasi esa o`z navbatida tog` jinslarining yemirilishidan hosil bo`ladi. Uning paydo bo`lishi uchun 5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi.
Sel hodisasiga misol qilib, 1998-yil 7-iyuldan 8-iyulga o`tar kechasi Shohimardonda yuz bergan sel hodisasini keltirish mumkin. Harorat, keskin ko`tarilib ketishi natijasida qorlarning tez erishi 200 m/soniya tezlikdagi sel oqimiga sabab bo`ldi. Sel oqibatida 104 nafar odam halok bo`ldi. 15 km uzunlikdagi gaz magistrali, 14 km avtomobil yo`li, 4 ta ko`prik, 3 km uzunlikdagi vodoprovod, 3 km elektr uzatish, 34741 m uzunlikdagi telefon tarmog`i ishdan chiqdi. 14200 kishi xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilindi.
Selga qarshi kurashish uchun yer yuzasi daraxt o`tkazish yo`li bilan mustahkamlanadi, tog` yonbag`irlaridagi o`simlik qoplami maydonlari kengaytiriladi, vaqti-vaqti bilan tog` havzalaridagi suv oqizib turiladi, selga qarshi tug`onlar, dambalar va boshqa muhofaza inshootlari quriladi. Samarali usullardan biri sel oqimlarini maxsus sel tutkichlarda ushlab qolishdir.
Aholini muhofaza qilishni o`z vaqtida tashkil etishda xabar berish va aloqa tizimi birinchi o`rinda turadi. Ammo shuni ham nazarda tutish lozimki, bunday hollarda vaqt juda o`z bo`ladi va aholi xavf to`g`risida bir necha o`n daqiqa (ayrim hollarda 2 va undan ortiq soat) oldingina ogohlantirilishi mumkin.
Sel xavfi belgilari (gumburlash, suv loyqalanishi) paydo bo`lishi bilan darhol eng zarur buyumlarni olib, oldindan belgilab qo`yilgan yo`nalishda xavfsiz joylarga ko`chib o`tish lozim. Bunda yul sel o`zanlari tubidan o`tmasligiga e’tibor berish lozim. Sel oqimi o`tgandan so`ng sel o`zaniga tushib bo`lmaydi, uning ketidan ikkinchisi kelishi mumkin. Agar uy o`pirilgan qirgoq yaqinida bo`lsa yoki uning tagi qisman yuvilib ketgan bo`lsa bunday joyda qolish xavfli hisoblanadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.