loading...

Yo`l harakati xavfsizligi qoidalari 

39115

YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARI

KO'CHA VA YO'LLARDA O'QUVCHI O'ZINI QANDAY TUTISHI LOZIM? 

Piyodalarga yo'lakchalarda va maxsus piyodalar yo'lkasida yurishga ruxsat etiladi. Shunday joylar bo'lmasa, yo'l chekkasidan yoki velosiped yo'ikasidan harakatianing. O'ng tarafdan, mashinalar yo'nalishi bo'yicha harakatianing. 
Unutmana! Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi.  Ko'cha va yo'llarda o'ynamang! Transport vositasiga osilmang! 

Chang'i, g'ildirakchali konki va skeytbordda faqat to'silgan maydonlarva bog'larda uching!Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qtsmiga chiqmang. 
Agar, ko'cha yoki yo'lni kesib o'tish zarur bo'lsa, velosipeddan tushib oling, skeytbordni esa qo'lingizdaushlang.

TRANSPORTDA YURISH QOIDALARI

JAMOAT TRANSPORTIDA

Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.

KO'CHA VAYO'LLARDAN O'TISH

Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qistnini, faqat yer osti va yer usti o'tish joylaridan va "Piyodalarning o'tish joyi" belgisi mavjud joylardan kesib o'ting. Bunda o'zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo'qiigiga ishonch hosil qilib, ko'cha va yo'lni tik perpendikulyar holda kesib o'ting.

SVETOFOR ISHORALARI (SIGNALLARI)

Svetofor yoki yo'l harakatini tartibga soluvchi yo'l noziri borjoylarda ko'chadan ishora (signal) bo'yicha o'ting . Yo'l harakatini tartibga soluvchi yoki svetofor yo'q joyiarda yo'ining qatnov qismini transportlarga xalal bermasdan, o'zingizni erkin tutib, ikkilanmasdan kesib o'ting. Ikki tomonlama harakatlanish tashkil etilgan ko'chani kesib o'tishdan oldin to'xtab, chapga qarang va transport vositasi bo'lmasa, o'tishni boshlang. Yo'ining o'rtasiga borib, o'ngga qarang . Agar yaqin masofada transport vositasi bo'lsa, xavfsiz joyda yoki ko'chaning o'rtasida kutib turing, yo'l bo'shagach harakatda davom eting.

Esingizda tuting! Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qismida yo'l-yo'l chizig'i bir tarafga ikkitadan ortiq bo'lsa va harakatdagi transportlarning signallari va chiroqlari yoqilgan holatda bo'lsa, bu tez yuradigan transport vositalari qatnaydigan yo'l hisoblanib, uni kesib o'tmang!!!

JAMOAT TRANSPORT! SALONIDA:

Salonga kirgan zahoti, o'rtasiga o'tib oling, chiqish maydonchalarida to'xtab turmang. Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo'lovchilarga joy bering. 
Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so'zlashmang. Haydovchini ishidan chal- g'itmang. Oynalardan boshingizni chiqarmang. Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo'lsa, awalroq harakatqilib chiqishga hozirlik ko'ring.

TRANSPORTDAN TUSHISHDA: Transport vositasi batamom to'xtab bo'lgandan so'ng tushing. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolmang va avval o'ng tomonga qarab yaqin­ lashib kelayotgan transport vositasi bo'lmasa, yo'lkadanyuring.

 Avtobusning yoki trolleybusning orqasidan,Tramvayning o'ting oldidan o'ting 

AVTOBUS YO 'L-TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA:

Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalardan foydalaning. Yo'l-transport hodisasidan so'ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini bilib, so'ng chiqishga harakat qiling.

TRAMVAY YOKI TROLLEYBUS YO'L- TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA

Tramvay, trolleybus salonida sarosimaga tush­ masdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini aniqiab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tushing, chunki vagon elektr tokida bo'lishi murnkin.

AVARIYA HOLLARIDA AVTOBUSDAN CHIQISH:

1. eshik

2. shamollatish tuynuklari

3. halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalar

METRO

METROGA KIRAVERISHDA:

Aylanma g'ov (turniket) orqali bepul o'tishga urinmang: bu xavfli (tabaqalarning zarb bilan urishi jarohatga olib kelishi mumkin).

Birinchi xavfli joy - aylanma g'ov

ESKALATORDA: Ogoh, xushmuomala va ehtiyotkor bo'ling. Shovqin qilmang va baland ovozda so'zlashmang. Eskalatorda yugurmang, uning harakatiga qarshi turmang, tutqich hamda zinalarga buyumlarni qo'ymang va o'tirib olmang. Eskalatordan tushayotganda to'xtab qolmang, tiqilinch holatni yuzaga keltirmang. Tezlik oshib ketsa yoki eskalator yaroqsiz holatga kelsa, tezda boshqa eskalatorga o'tib oling. Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlamang.

Birinchi xavfli joy - aylanma g'ov

Ikkinchi xavfli joy- eskalator

PLATFORMADA

Platforma chekkasiga yaqinlashmang, belgilangan chegaradan o'tmang. Poyezd batamom to'xtamaguncha vagonlar yoniga yaqinlashmang. Relsga tushib qolgan narsani o'zboshimchalik bilan ko'tarmang, stansiyadagi navbatchini chaqiring.

VAGONDA

Agar poyezd yer osti yo'lida (tunelda) to'xtab qolsa, metropoliten xodimlari va mashinist ko'rsat-malarini bajaring. Yelkangizdagi og'ir sumka yoki rukzakni tushiring. Har qanday xavfli holatda poyezd haydovchisi bitan tezkor aloqani jo'rtinchi o'rnatib, tugmani bosib, vagon xavfli joy - raqamini, shoshilmasdan nima vagon bo'lganini tushintiring.

Jamoat transportida, metroda yurganda ogoh bo'ling! Egasiz qoldirilgan sumka, paket va boshqa narsalami ko'rganda shu zahoti ichki ishlar xodimlariga yoki poyezd mashinistiga xabar hering. Shu narsalar ichida portlovchi moddalar bo'lishi mumkin. Qo'lingiE bilan tegmang, atrofda turgan odamlarni xavf haqida ogoh qiling.

Uchinchi xavfli joy-perron (platforma)

AVTOMOBILDA

Agar 12 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, oldingi o'rin-diqqa o'tirmang. Avtomobilga o'tirgach, xavfsizlik kamarinitaqiboling. Avtomobilda o't o'chiruvchi moslama va dorilar turadigan quticha qayerda joylashganligini eslab qoling. Harakatlanish vaqtida ogoh bo'lib, diqqat bilan yo'lni kuzatib boring.

TEMIR YO'LDA

Temir yo'llarda, ayniqsa, temir yo'l kesishmalarida, ogohlantirish belgilari qo'yilgan joylarda yurmang, o'ynamang. Poyezdlar tagiga kirmang, piyodalar ko'priklari va o'tishjoylaridanfoydalaning. Poyezd kelishi arafasida, platforma chekkasida turmang va yugurmang. Poyezd batamom to'xtamaguncha vagon oynalaridan boshingizni chiqarmang. Poyezd harakatlangan vaqtda tamburning tashqi eshiklarini ochmang va sakrab tushmang,

TATILDA:

Ko'chaga chiqishdan oldin, ushbu xavfsizlik qoidalarini to' liq o'qib, organing:

Ota-ona ruxsatisiz bemaqsad ko'chaga chiqmang. Mahallalarda, dahalarda belgilangan joylarda o'ynang va transport harakatiga xalaqit bermang, o'z xavfsizligingizni ta'minlang. Oromgohlarga borishda ushbu xavfsizlik qoidalariga to'liq rioya qilng. Ko'cha va yo'llarda yurish qoidalarini amalda bilmasangiz, kattalar nazoratida chiqing.

MAKTABDA:

IV.Maktabga borish va kelishda o'rganib chiqilgan "Uy - maktab - uy" yo'nalishi orqali harakatlaning. Transport vositasiga chiqishda yuqoridagi talablarni to'liq bajaring. Yo'l harakati Qoidalarini qunt bilan o'rganing va uni o'zgalarga ham o'rgating. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidalarini o'rganing va ularni amalda biling. Voyaga etmaguncha transport vositasini boshqarmang. Ota-onaning o'git, nasihatlariga quloq soling, o'zboshimchalik qilmang.

 

YO'L -TRANSPORT HODISALARI (YTH) SODIR BO LGANDA, BIRINCHI TIBBIY YORDAM

YORDAM BERISH QOIDALARI

Murakkab bo'lmagan me'yorlar va qoidalar o'qib, o'rganilib, uning talabiari to'liq bajarilsa, shikastlanishga va o'limga olib keluvchi ko'p hodisalarning oldini olish mumkin. Ularga amal qilsangiz, o'zingiz va yaqin kishilaringizning hayotini saqlab qolishingiz mumkin. Ehtiyot choralari ko'rilishiga qaramay, baribir yo'llarda baxtsiz hodisalar bo'lib turadi. Agar Siz shunday vaziyatga tushib qolsangiz yoki yordam berishga qaror qilgan bo'lsangiz, quyidagi qoidalarga amal qiling.

QUYIDAGI HOLATLARDAJAROHATLAR HAYOT UCHUN XAVFLI BO'LADI: 
• bosh yoki tanaga kuchli zarba berilganda;

• elektrtokita'sirida; 
d) portlashda.

BOSHVA UMURTQA POG'ONASINING JAROHATLARI: Bosh va umurtqa pog'onasi jarohatlarining beigilari darhol yoki kechroq namoyon bo ' lishi mumkin .

JAROHAT BELGILARI

 
— Es-hushi darajasining o'zgarishi; uyquchanlik, hushning noaniqligi, hushdan ketish.

   Bosh, bo'yin yoki ko'krak qafasining orqa devorida qattiqog'riq yokibosimhissi. 
•  Qo ' l va oyoq , barmoqlarida sanchiq , yoki sezuvchanlikning yo ' qolishi . 
•  Tana biron-bir qismining harakat qobiliyatini yo'qotishi. 
•  Boshda yoki umurtqa pog'onasida g'ayri tabiiy bo'rtiqsimon hosilalarning paydo bo'lishi. 
•  Quloqlar yoki burundan qon yohud orqa miya suyuqligi kelishi. 
•  Bosh, bo'yin yoki ko'krak qafasining orqa devori sohasidan qon ketishi.
• Nafas olish va chiqarishning qiyinlashishi.


• Ko'rish qobiliyatining buzilishi.

• Ko'ngil aynishi yoki qayt qilish.

—Ko'z qorachiqlarining har xil kattalikda bo'lishi.

—Tana muvozanatini yo'qotish.

— Bosh qismida, ko'zlar va quloqlar atrofida ko'kimti


BIRINCHI YORDAM

Tezyordamni chaqiring. Shikastlangan odamning boshini qaysi holatda uchratgan bo'lsangiz, shu holicha ikki tomonidan qo'llaringiz bilan qimirlamasligini ta'minlang. Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlang. Es-hush va nafas darajasini kuzating. Tashqiqonketishinito'xtating. Shikastlangan odamning me'yoriy tana haroratini ta'minlang. Agar shikastlangan odam boshida himoya qalpog'i bo'lsa, uni yechmang. Uni shikastlangan odam nafas olmayotgan holdagina yeching.

HARAKAT-TAYANCH SOHASINING SHIKASTLANISHI

Harakat - tayanch sohasining shikastlanishi juda keng tarqalgandir. Ular turli sharoitlarda yuz beradi: yiqilganda, noqulay yoki kutilmagan harakatda yoki yo'l-transport hodisasida. Sinish bu suyak butunligining buzilishidir. U to'liq va chala, yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Nisbatan keng tarqalgan yopiq sinishda teriga shikast yetmaydi. Ochiq sinishda esa, yara jarohati yuz beradi.

CHIQISH - bu suyak bo'g'imdagi odatiy holatiga nisbatan siljishidir.

Suyakning chiqishiga sabab bo'lgan katta kuch ta'sirida suyak sinishi va atrofdagi asab hamda qon tomirlarga jarohat yetkazishi mumkin. Suyakning chiqishini bo'g'imning ko'zga tashlanadigan deformatsiyasiga ko'ra osonlik bilan aniqlash mumkin.

Paylarning cho'zilishi va uzilishi bo'g'imga haddan tashqari kuch bilan ta'sir etganda yuz beradi. Pay cho'zilishining og'ir turlarida bo'g'imning bir ozgina harakati ham qattiq og'riq bilan kechadi. Boldir-panja va tizza bo'g'imlari, barmoqlar va bilak paylarining cho'zilishi keng tarqalgandir.

Mushaklar va tog'aylarning cho'zilishi odatda og'ir buyumlarni ko'targanda, mushaklar haddan tashqari og'ir ish bajarganda yoki noqulay harakatda qo'qqisdan yuz beradi. Agar bu tarzdagi jarohatlarga e'tibor berilmasa, mushaklarning cho'zilishi surunkali holga aylanishi mumkin, ayniqsa, bo'yin, bel va son sohalarida.

KASALLIK BELGILARI

• Og'riq 
• Shish 
• Odatdagi harakat vazifasini bajara olmaslik 
• Teri rangi o'zgarishi deformatsiya (shaklning o'zgarishi)

• Tashqi qon ketishi

•  Jarohat olgan paytda suyaklarda qisirlash yoki shaqillagan tovush.

 

BIRINCHI YORDAM

• Tinchlik 
• Tana jarohatlangan qismining harakatsizligini ta'minlash 
• Jarohatlangan joyga sovuq narsa qo'yish 
•  Tananing jarohatlangan qismini bir oz yuqori holatda joylashtirish.

Tananing jarohatlangan qismi "shina" (taxtacha, karton, buklangan jurnallar, ko'rpa, bintlarva h.k) bilan mustahkamlanadi.

Shina: 
— Shikastlangan qism holatini o'zgartirmagan holdao'rnatiladi. 
— Jarohat qismini ham, ana shu sohadan yuqori va quyida joytashgan bo'g'imlarni ham o'z ichiga olmog'i kerak

 •  Jarohatlangan sohadan yuqorida va pastda mahkamlanadi. 
•  O'rnatilganidan so'ng barmoqlarni tekshir, paypaslab ko'rganingda ular iliq va tirnoqlar atrofi 
pushti rangda bo'lishi kerak.

— Uvishishdan shikoyat bo'lsa, bog'lovni bo'shating.

XAVFSIZLIK HAQIDA  YANABIR ESLATMA

Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo'lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini so'rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering.

Agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo'lakda bo'lsa, qo'ni-qo'shnilardan kimning buyumi ekanligini so'rang, egasi topilmasa, darhol ichki ishlar idoralariga yoki 102 ga xabar bering va topilmani ko'rgan vaqtingizni belgilab qo'ying.

Agar qarovsiz yotgan buyum maktab va maktabgacha bo'lgan muassasalar binosi ichida bo'lsa, darhol ma'muhyatga xabar qiling.

Agar qarovsiz yotgan buyum bozorlarda yoki do'konlarda bo'lsa, zudlik bilan ma'muriyatga yoki ichki ishlar bo'linmasiga xabar qiling.

Maktab tevarak atrofida transport vositalarining to'xtashi 150 metr masofada ruxsat etiladi. Bundan yaqin masofada turgan transport vositasi ko'rsangiz zudlik bilan bino ma'muriyatiga yoki 102 ga xabar qiling.


SERVIS BELGILARI.

Servis belgilari transport vositalari, yo'lovchilar va haydovchilarga xizmat ko'rsatish joylari haqida ma'lumot berish uchun qo'llaniladi.


6.1
"Tibbiy yordam ko'rsatish joyi"

6.2
"Shifoxona"

6.3
"Yonilg'i shoxobchasi"

6.4
"Texnik xizmat ko'rsatish joyi."

6.5
"Transport vositalarini yuvish joyi"

6.6
"Telefon"

6.7
"Oshxona"

6.8
"Ichimlik suv"

6.9
"Mehmonxona"

6.10
"Kemping"

6.11
"Dam olish joyi"

6.12
"DAN maskani"

BUYURUVCHI BELGILAR

Transport vositalariga ko'rsatilgan yo'nalishda yoki faqat ma'lum yo'nalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi.

2. Imtiyoz belgilari.

4.1.1
"Harakatlanish to'g'riga"

4.1.2
"Harakatlanish o'ngga"

4.1.3
"Harakatlanish chapga"

4.1.4
"Harakatlanish to'g'riga yoki o'ngga"

4.1.5
"Harakatlanish to'g'riga yoki chapga"

4.1.6
"Harakatlanish o'ngga yoki chapga" Faqat yo'naltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruxsat beradi. (Muayan kesishmada talab etilgan harakat yo'nalishiga tegishli yo'naltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1-4.1.6 belgisini qo'llash mumkin.
4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yo'nalishli transport vositalariga daxli yo'q (avtobus, trolleybus, marshrut taksi va hokazo).
4.1.1-4.1.6 belgilarining ta'siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldida o'rnatilsa, shu kesishmasiga tatbiq etiladi.
4.1.1 belgisi yo'l boshlanishiga o'rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovli va yo'lga tutash boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

4.2.1
"To'siqni o'ngdan chetlab o'tish"

4.2.2
"To'siqni chapdan chetlab o'tish"

4.2.3
"To'siqni o'ngdan yoki chapdan chetlab o'tish" To'siqni har tomondan chetlab o'tishga ruxsat etiladi.

4.3
"Aylanma harakatlanish" Yunaltirgichlarda ko'rsatilgan yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi.

4.4
"Engil avtomobillar harakatlanadi" Engil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to'la vazni 3.5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
belgining ta'sir oralig'ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi.
Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

4.5
"Velosiped yo'lkasi" Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etiladi. Velosiped yo'lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.

4.6
"Piyodalar yo'lkasi" Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etilgan.

4.7
"Eng kam tezlik" Faqat belgida ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.

4.8
"Eng kam tezlik belgilangan yo'lning oxiri"
IMTIYOZLI BELGILAR
Imtiyoz belgilari - chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo'lning tor qismida yo'l harakati qatnshchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo'llaniladi.


2.1
"Asosiy yo'l" Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasidan oldin o'tish huquqi beriladigan yo'lning boshlanishi.

2.1
"Asosiy yo'lning oxiri "

2.3.1
"Ikkinchi darajali yo'l bilan kesishuv"

2.3.2
"Ikkinchi darajali yo'lning tutashuvi" 2.3.2 - tutashuv o'ngdan, 2.3.3 - tutashuv chapdan.

2.3.3

2.4
"Yo'l bering" Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

2.5
"To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan" To'xtash chizig'i oldida, agar u bo'lmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'lda 7.13 qo'shimcha belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan chiqayotgan transport vositalariga yo'l berish kerak.
Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin masqanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.

2.6
"Ro'para harakatlanishning ustunligi" Qarama-qarshi harakatnalishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

2.7
"Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz" Yo'lning tor qismida harakatlanmoqchi bo'lgan haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasidan oldin o'tish huquqiga ega
.
OGOHLANTIRUVCHI BELGILAR

1.1
"Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi"

1.2
"Shlagbaumsiz temir yo'l kesishmasi"

1.3.1
"Bir izli temir yo'l"

1.3.2
"Ko'p izli temir yo'l"
Shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi. 1.3.1 - bir izli yo'l, 1.3.2 - ikki va undan ortiq izli yo'l.

1.4.1
"Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv" Aholi yashamaydigan joylarda temir yo'l kesishmasining yaqinligi haqida qoshimcha ogohlantirish.

1.4.

1.4.3

1.4.4

1.4.5

1.4.6

1.5
"Tramvay yo'li bilan kesishuv"

1.6
"Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi"

1.7
"Aylanma harakatlanish bilan kesishuv"

1.8
"Svetofor tartibga soladi" Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar o'tish joyi yoki yo'l qismi.

1.9
"Ko'tarma ko'prik" Ko'tarma ko'prik yoki solda kesib o'tish.

1.10
"Sohilga chiqish" Daryo oyki suv havzasi qirg'og'iga chiqish.

1.11.1
"Xavfli burilish" Yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinish cheklangan burilish joyi: 1.11.1 - o'nga, 1.11.2 - chapga.

1.11.2

1.12.1
"Xavfli burilishlar" Yo'lning havfli burilishlari bo'lgan qismi. 1.12.1 - birinchi burilish o'nga, 1.12.2 - birinchi burilish chapga.

1.12.2

1.13
"Tik nishablik"

1.14
"Tik balandlik"

1.15
"Sirpanchiq yo'l" Yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismi.

1.16
"Notekis yo'l" Qatnov qismi notekis bo'lgan yo'l (o'nqir-cho'nqir, o'ydim-chuqur joylar, ko'prikning yo'lga notekis tutashuvi va shu kabilar).

1.17
"Tosh otilish xavfi" Mukammal qoplamali yo'l qismida transport vositasi g'ildiragi ostidan shag'al, tosh va shunga o'xshashlarning otilib chiqish ehtimoli.

1.18.1
"Yo'lning torayishi" 1.18.1 - ikki tomonlama torayish; 1.18.2 - o'nga torayish va 1.18.3 - chapga torayish.

1.18.2

1.18.3

1.19
"Ikki tomonlama harakatlanish" Yo'lning qarama-qarshi harakatlanish qismining boshlanishi.

1.20
"Piyodalar o'tish joyi" 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 - 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o'tish joyi.

1.21
"Bolalar" Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish manzillari va shunga o'xshashlar)ga yaqin yo'lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimoli.

1.22
"Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv"

1.23
"Ta'mirlash ishlari"

1.24
"Mol haydab o'tish"

1.25
"Yovvoyi hayvonlar"

1.26
"Toshlar tushishi"

1.27
"Yonlama shamol"

1.28
"Pastlab uchuvchi samolyotlar"

1.29
"Tonnel" Sun'iy ravishda yoritilmagan yoki kiraverishning peshtog'ining ko'rinishi cheklangan tonnel.

1.30
"Boshqa xavf-xatar" Ogohlanturuvchi belgilarda ko'zda tutilmagan xavf xatarlar bo'lgan yo'l qismi.

1.31.1
"Burilishning yo'nalishi" Kichik radiusda qurilgan, ko'rinishi cheklangan yo'lda harakatlanish yo'nalishi. Yo'lning ta'mirlanayotgan qismini aylanib o'tish yo'nalishi.

1.31.2

1.31.3
"Burilishning yo'nalishi" "T" simon chorrahada yoki yo'l ayrilishlarida harakatlanish yo'nalishi. Yo'lning ta'mirlanayotgan qismini aylanib o'tish yo'nalishi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив