loading...

Dunyo okeani. Iqlimiy, kosmik, biologik va rekreatsion resurslar 

14549

  Insoniyatning yaqin kelajagida katta ahamiyatga ega bo`lishi kutilayotgan tabiiy resurs turlaridan biri Dunyo okeani resurslaridir. U amalda bitmas-tuganmas xazinadir. 
  Bu xazinaning dastlabki xili dengiz va okean suvining o`zidir. U yer yuzi gidrosferasining 96,5% ini tashkil qiladi. Dengiz suvlarining eng muhim xususiyatlaridan biri unda D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidagi 75 xil kimyoviy elementning erigan holda mavjudligidir. Shu sababli suvni tabiatning eng muhim minerali deb ham hisoblaydi. 
  Dunyo okeani suvida eng ko`p erigan holda uchraydigan boyliklardan biri tuzdir. Qadim zamonlardayoq dengiz suvidan osh tuzi ajratib olishga erishilgan. Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlarda hozir ham tuz olishda dengiz suvidan foydalanishadi. Umuman, hozirgi vaqtda dunyo bo`yicha iste`moldagi tuzning 1/3 qismi dengiz suvlaridan olinmoqda. Dengiz suvlarida magniy, oltingugurt, brom, yod, aluminiy, mis, uran, kumush, oltin kabi elementlar mavjud. Ulardan hozirgi paytda magniy, brom kabi elementlar ajratib olinmoqda. Boshqa xildagi yana bir muhim boylik turi Dunyo okeani ostidagi mineral resurslardir. Quruqlikda uchraydigan deyarli barcha turdagi mineral resurslar dengiz va okean sayozliklarida (shelf) ham mavjud. Hozirgi vaqtda anchagina xildagi mineral resurslar dengiz shelflaridan qazib olinmoqda. Ayniqsa, Fors, Meksika qo`ltiqlari, Shimoliy, Kaspiy, Barens kabi dengizlar sayozliklaridan qazib chiqarilayotgan neft va gaz miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda okean ostining boshqa xil qazilma boyliklaridan foydalanish ham kuchayib bormoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya, Xitoy shelflaridan ko`mir, Indoneziya, Tailand qirg`oq sayozliklaridan qalayi, shuningdek, olmos (Namibiya), qahrabo (Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad oblasti), oltin vat emir-marganes konkretsiya (tabiiy qotishma - AQSH) mineral resurslari qazib olina boshlandi. 
  Dunyo okeanining uchinchi xil boyligi energetika resurslaridir. Bunday boyliklar ko`lami ham juda katta. Hozir dengiz suvining qalqishi (ko`tarilishi va pastga tushishi) hosil bo`ladigan energiyani o`zlashtirishda dastlabki yutuqlarga erishilgan. Rossiya, Knada, AQSH, Argentina, Avstraliya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya davlatlari suv qalqishi energiyasi zaxiralari bilan yaxshi ta`minlangandir. Aynan davlatlarning ko`pchiligida hozirgi vaqtda qalqish elektr stansiya (QES) lari qurilgan. 
  Nihoyat, Dunyo okeanining inson uchun eng ahamiyatli to`rtinchi xil boyligi – biologic resurslardir. Suvdagi deyarli barcha turdagi hayvonot va o`simliklar hayot uchun eng zarur hisoblanadigan oqsil va boshqa zaruriy birikmalarga boy.
  Ma`lumotlarga ko`ra, okean suvlarida 140 ming turdagi hayvonot va o`simliklar bor. Hozir dunyo aholisining oqsillarga bo`lgan ehtiyojining 20% idan ko`proq dengiz hayvonlari hisobiga qoplanmoqda. Jami ovlanadigan dengiz hayvonlarining 85% i baliqlar hissasiga tog`ri keladi. Bering, Oxota, Yaponiya, Norveg dengizlari, Tinch okeanining Janubiy Amerika qirg`oqbo`yi suvlari dunyodagi baliqlarga eng boy kengliklardan hisoblanadi. 
  Biroq, okean va dengizlarda yashaydigan baliq va hayvonlar tobora muhofazaga muhtoj bo`lib bormoqda. 
IQLIMIY VA KOSMIK RESURSLAR
  Iqlimiy va kosmik resurslar qatoriga insoniyatga xizmat qilayotgan quyosh, shamol va geothermal energiya resurslari kiradi. Bular va Dunyo okeanining energiya resurslari noan`anaviy energiya resurslari deyiladi. 
  Bunday resurslar orasida eng ahamiyatlisi quyosh energiyasidir. Yerdagi hayot manbayi hisoblanadigan bu energiyadan inson o`z manfatlari yo`lida doimo foydalanib kelmoqda. Quyosh bitmas-tuganmas energiya manbayidir. 
  Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh energiyasi miqdori shunchalik kattaki, u yer qa`rida aniqlangan jami mineral yoqilg`ilar quvvatidan o`nlab, jahonda hozir iste`mol qilinayotgan jami energiyaga nisbatan minglab marta ortiqdir. Tabiiyki, yer yuzasining quyoshli kunlar ko`p va quyosh nurlari eng tik tushadigan qurg`oqchil tropic mintaqalarida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari katta. Hozirgi vaqtda jahonning bir qator mamlakatlarida quyosh elektr stansiyalari qurilgan.
 Muhim noan`anaviy energiya vositalaridan biri shamol energiyasidir. Inson qadimdan shamol tegirmonlari, yelkanli kemalar xizmatini tashkil qilishda shamol energiyasidan foydalanib keladi. Bunday energiya resurslariga, ayniqsa, Yer yuzisining nisbatan sershamol mo`tadil mintaqalari boy. 
  Yana bir muhim noan`anaviy energiya manbayi Yerning o`zi, uning ichki energiyasidir. Bu energiyani geothermal energiya ham deyiladi. Geotermal energiyaga, ayniqsa, issiq tabiiy bug`lar va termal suvlarning tektonik yoriqlar orqali yer yuzasiga chiqib turgan va chiqishi yaqin bo`lgan hududlar juda boydir. Odatda, bunday hududlar o`z vaqtida tektonik harakatlar ancha faol o`tgan mintaqalar bo`ylab joylashgan. Ular vulqonli va geyzerli Islandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Filippin, Italiya, Meksika, AQSHning g`arbiy, Rossiyaning sharqiy rayonlari va boshqalardir. 
  So`nggi yillarda, bir tomondan, samarali yoqilg`I zaxiralarining kamayib borishi, ikkinchi tomondan, asosan, ekologik "toza” bo`lganligi sababli, jahonda noan`anaviy energiya resurslaridan foydalanishga bo`lgan e`tibor kuchayib bormoqda. 
BIOLOGIK RESURSLAR
  Biologik resurslar deb, Yer yuzasining o`simlik va hayvonot boyliklariga aytiladi. 
  O`simlik resurslari madaniy va yovvoyi o`simliklarni o`z ichiga oladi. Ularning turlari niyohatda xilma-xildir. O`simlik resurslari ham tuproq, hayvonot resurslaridek tugaydigan, shu bilan birga, tiklanadigan tabiiy resurs hisoblanadi va ular azaldan insoniyatning ko`p hollarda hayotiy ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ayniqsa, bu  borada o`rmonlarning ahamiyati nihoyatda katta. Jahonda jami o`rmon maydonlari 40 mln. km.kv (4 mlrd. gektar) ni yoki butun quruqlikning 30% ga yaqinini tashkil qiladi. Lekin o`rmonlarni kesish tobora oshib borishi (yiliga o`rtacha 4 mlrd. m.kub yog`ich tayyorlanmoqda), o`rmonli maydonlar hisobiga yangi yerlarni o`zlashtirish, turli industrial qurilishlarning ko`payib borishi kabi holler o`rmonlarning amalda kamayishiga olib kelmoqda. 
  Darhaqiqat, keyingi 200 yil davomida sayyoramiz o`rmonlari 2 baravarga kamaydi. So`nggi yillarda esa jahon bo`yicha o`rmonli maydonlar yiliga o`rtacha 25 mln. gektardan qisqarib bormoqda. Demak, kislorodni qayta tiklaydigan, grunt suvlarini me`yorida ushlab turadigan, tuproq qoplamini ortiqcha yemirilib ketishdan saqlaydigan, qimmatli yog`och boyliklarining manbayi, hayvonot dunyosining makoni va yana ko`p qimmatli xususiyatlarga ega bo`lgan o`rmonlarni har jihatdan asrash, undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. 
  Dunyo "o`rmon resurslari” xaritasida ("Atlas”ning 8-beti) kenglik chiziqlari bo`ylab katta masofalarga cho`zilgan ikkita mintaqa ko`zga yaqqol tashlanadi. Bular: Shimoliy va Janubiy o`rmon mintaqalaridir. 
  Shimoliy o`rmon mintaqasi mo`tadil va qisman subtropik iqlimli hududlar bo`ylab joylashgan. Jahondagi jami o`rmonli maydonlarning yarmi, yog`och zahiralarining esa deyarli yarmi shu mintaqa hissasiga to`g`ri keladi. Bu mintaqa o`rmonlarining muhim xususiyati, ularda, asosan, tik o`sadigan sifatli, ignabargli daraxtlarning o`sishidir. Bunday o`rmonlarga boy davlatlar Rossiya, Kanada, AQSH, Finlandiyadir. Ularda, garchi daraxt kesish ishlari ancha keng miqyosda olib borilayotgan bo`lsa-da, daraxt ekish yo`li bilan o`rmonlarni tiklashga katta e`tibor berib kelinayotganligi sababli o`rmonli maydonlar deyarli kamaymayapti. 
  Janubiy o`rmon mintaqasi, asosan, tropik va ekvatorial iqlim mintaqalari bo`ylab joylashgan. U yer yuzasidagi o`rmonli maydonlarning yarmi va umumiy o`rmon zaxiralarining yarmidan sal ko`pini o`zida birlashtiradi. Mintaqaning o`ziga xos xususiyatlaridan biri unda, asosan, keng bargli daraxtlarning qalin, aralash va ko`p yarusli bo`lib o`sishidir. Shuningdek, bu o`rmonlar yog`ochlik xususiyatlari yuqori bo`lgan qimmatli daraxtlarga ancha boy. Bu mintaqa o`rmonlariga, ayniqsa, Braziliya, Peru, Boliviya, Kolumbiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Hindiston, Myanma, Indoneziya, Malayziya kabi mamlakatlar ancha boy. Tartibsiz, samarasiz foydalanishlar (o`rmonlarni yoqib ekin maydonlarini kengaytirish, tartibsiz kesish va daraxtlarni o`tin sifatida ishlatish) keyingi yillarda Janubiy mintaqa o`rmonlarining tez kamayib borishiga olib kelmoqda. Lotin Amerikasi va Osiyoning nekg bargli o`rmon maydonlari faaqat XX asrning so`nggi 30-35 yilida 40% ga, Afrika o`rmonlari esa yanada ko`proq qisqarib ketdi. Mutaxassislar fikricha, agar tropik o`rmonlarga bo`lgan munosabat ijobiy tomonga o`zgarmasa, XXI asr davomida ulardan ajralib qolishimiz mumkin. Bunday xavf insoniyat oldiga o`rmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni har jihatdan muhofaza etishdek dolzarb vazifani qo`yadi. 
REKREATSIYA RESURSLARI
 Hozirgi davr ijtimoiy hayotida dam olish, istirohat, davolanish va turizm obyektlarining ahamiyati juda tez o`sib bormoqda. Insonning jismoniy va madaniy dam olishi hamda davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalar rekreatsiya resuarslari deb ataladi. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko`ra rekreatsiya resurslari tabiiy va ijtimoiy rekreatsiya resurslariga bo`linadi. 
  Tabiiy rekreatsiya resurslari qatoriga toza havoli go`zal tabiat go`sha (landshaft) lari kiradi. Ular daryo, ko`l, dengiz bo`ylari, tog` etaklaridagi o`simlik dunyosi xilma-xil bo`lgan manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo`lishi mumkin. Aholining dam olish, sport bilan shug`ullanish, ov qilish imkoniyatlari keng hududlar, markaziy shaharlar atroflaridagi yashil mintaqalar, park va bog`lar yoki maxsus qo`riqxona va milliy bog`lar ham tabiiy rekreatsiya hududlaridir. 
  Ijtimoiy yoki madaniy-tarixiy rekreatsiya resurslari. Turli davrlarda inosn aql-zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san`at obidalari va yodgorliklari, muzeylar, saroylar ijtimoiy yoki madaniy-tarixiy rekreatsiya obidalari bo`lib hisoblanadi. Bular orasida Afinadagi Toj Mahal (Hindiston), Samarqanddagi Registon, Xivadagi Ichanqal`a va boshqalar alohida o`rin egallaydi. 
  Dam oluvchilar va turistlar o`rtasida tabiiy va ijtimoiy resreatsiya resurslariga boy mamlakatlar yoki alohida hududlar katta qiziqish uyg`otadi. Shu sababli Ispaniya, Italiya, Fransiya, AQSH, Kanada, Gretsiya, Turkiya, Shveysariya, Hindiston, Misr, Meksika kabi davlatlar jahonning eng yirik xalqaro turizm markazlari hisoblanadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив