loading...

Xitoy Xalq Respublikasi 

28382

Jahonning eng qadimiy va yirik davlatlaridan hisoblanadigan hozirgi Xitoy 1949-yil 1-oktyabrda tashkil topgan. Uning hududi 9,6 mln. km.kv ga teng. Maydonining kattaligiga ko'ra jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Bu mamlakat hududi g'arbdan sharqqa 5 ming km. ga, shimoldan janubga esa      3 ming km. gacha cho'ziladi.
  Xitoy - xilma-xil tabiiy resurslarga juda boy. U toshkomir, temir va marganes rudalari, boksit va polimetallar surma, volfram, molibden, qalayi kabi mineral xomashyolar bilan jahonda eng yaxshi ta’minlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Daryolar gidroenergetika resurslariga nihoyatda boy, bunday quvvatlar hajmiga ko'ra u dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari esa o'rmonga boy. Jami hududining 8 foizi o'rmonlardan iborat. Shunday qilib, Xitoyda dunyodagi eng baland, sovuq va qurg'oqchil tog`liklar bilan iliq va mo'tadil iqlimli nam subtropik va tropik tabiatli hududlar yonma-yon joylashgan.
  Xitoy - aholisining soniga (1350,0 mln kishi) ko'ra jahonda eng yirik mamlakat. Hozirgi vaqtda Xitoyda jahon aholisining 20 foizga yaqini yashamoqda.
 Xitoyda aholi ko'payishini kamaytirishga olib keladigan o'ziga xos demografik siyosat amalga oshirilmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasida qonunlashtirilgan bu demografik siyosatga ko'ra «bir oilaga bir bola» tavsiya qilinadi. 
   Mamlakat aholisining umumiy soni 1955-2013-yillar orasida 615 mln. dan 1350,0 mln. gacha, ya’ni 2,2 baravardan ortiqqa ko'paydi. Xitoy aholisi ana shunday qat’iy cheklashlarga qaramasdan, so'nggi vaqtda yiliga 12-13 mln. kishigacha kо`paymoqda.
   Xitoy jahonning eng yirik mehnat resurslariga ega bo'lgan mamlakati hamdir. Unda 795,4 mln.dan ziyodroq mehnatga layoqatli aholi mavjud. 
   Aholisining milliy-etnik tarkibiga ko'ra Xitoyni bir vaqtning o'zida ham ko'p millatli, ham bir millatli mamlakatlar qatoriga kiritish mumkin. Xitoyda 60 dan orliq turli millat va elatlar yashaydilar. Bular uyg'urlar, mo'g'ullar, tibetliklar, dunganlar, manjurlar va boshqalardir. Shu sababli Xitoy ko'p millatli mamlakatlar qatorida turadi. Bir millatli mamlakat deyilishining sababi Xitoy aholisining 90 % dank o`prog`ini xitoyliklar – xanlar tashkil qiladi. 
  Xitoy aholisi hududiy jihatdan notekis taqsimlangan. Aholining o'rtacha zichligi har 1 km.kv maydonga 141 kishini tashkil qilgani holda, bu ko'rsatkich Buyuk Xitoy pasttekiligi qismida 400-500 kishini, Xuanxe va Yanszi daryolari oraliq tekisliklarida 800 -1000 kishini, cho`l va baland Tibet yassi tog`ligi hududlarida esa 1-2 kishini tashkil etadi. Aholisining 90 foizi mamlakat hududining 1/3 qismidagina to`plangan.
 Xitoy jahonning o'rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlari qatoriga kiradi. Aholining 47,8% i shaharlarda yashamoqda. Bu 739,4 mln. kishini tashkil etadi. U hozirgi vaqtda jahon mamlakatlari orasida yirik shaharlar (450), millioner shaharlar (60) ning umumiy soniga hamda shahar aholisining mutlaq miqdoriga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Faqat yirik va "millioer” shaharlardagina jami shahar aholisining 1/2 ga yaqin qismi yashamoqda. Shanxay (14,4 mln.kishi), Pekin (12,7 mln.kishi), Guanchjou (11,8 mln), Shenchjen (11,7), Dunguan (7,6 mln), Tyanszin (7,2 mln) dunyoning eng yirik shaharlari qatoriga kiradi. Xitoy aholisining katta qismi qishloqlarda yashaydi. Unda 700 mingga yaqin qishloqlar hisobga olingan. Qishloqlar va qishloq aholisining soniga ko`ra ham bu mamlakat jahonda birinchi o`rinda turadi.
 
Xo`jaligi, transporti va ichki tafovutlari
  Xitoy yillik ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmiga ko`ra jahonda uchinchi o`rinda turadi. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aholi jon boshiga to`g`ri kelish ko`rsatkichlariga ko`ra, u oddiy rivojlanayotgan davlatlar darajasidadir. Shuni ta`kidlash lozimki, so`nggi yillarda Xitoy iqtisodiyoti ancha tez o`smoqda. 
  YIM ishlab chiqarishda industrial tarmoqlar hissasi 41% ni, qishloq xo`jaligi 12% ni, xizmat ko`rsatish sohasi 47% ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanmasi 2012-yilda 2300 mlrd. AQSH dollarini yoki jahon bo`yicha 7,9% ni tashkil etdi. Shundan, 1290 mlrd. Dollarga teng qismi (56,1%) eksportga tog`ri keladi. 
  Sanoati hozirgi tarmoqlarning deyarli barcha turlariga ega. Hozirgi industriyasining asosini neft va neft kimyosi, atom energetikasi, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, elektroenergetika, metallurgiya kabi eng ilg`or sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. 
  Sanoat geografiyasida ham katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Agar Xitoyda XX asrning 70-80-yillarida sanoat korxonalarining 2/3 qismidan ko`prog`i dengizbo`yi hududlarida joylashgan bo`lsa, hozirgi industrial qurilishlarning asosiy qismi mamlakatning kam o`zlashtirilgan ichki rayonlarida olib borilmoqda. 
  Hozirgi vaqtda Xitoyda 750 mingdan ziyod sanoat korxonalarning mavjudligi va ularda 70 mln.dan ortiq ishchi-xizmatchilarning ish bilan bandligi ko`rsatkichlarining o`zi ham mamlakatda sanoat rivojlanishi darajasining tobora o`sib borayotganligini isbotlaydi. 
  Sanoatning tayanch tarmog`i – yoqilg`i-energetika sanoatidir. Yiliga 1,4 mlrd.t dan ortiq ko`mir qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari shimoli-sharqiy va sharqiy Xitoyda joylashgan. 
  Xitoyda 2012-yilda 300 mln.t ga yaqin neft (shimoli-sharqiy va sharqiy Xitoy hamda Sariq dengiz shelflaridan) qazib olindi. 
  Xitoy ishlab chiqaradigan elektroenergetika miqdoriga ko`ra jahonda AQSH va Yaponiya keyin uchinchi o`rinni egallaydi. Tarmoqda turli yoqilg`ilar asosida ishlaydigan IES lar salmog`i eng yuqoridir. Uning hissasiga ishlab chiqarilayotgan jami elektroenergiyaning 4/5 qismi to`g`ri keladi. IES larda yoqiladigan yoqilg`ilarning ¾ qismi esa ko`mirdan iborat.
  Xitoyda metallurgiya majmuyining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyati bor. Undagi qora va rangli metall konlari birlamchi energiya manbalariga nisbatan juda qulay joylashgan. Qora metallurgiya sanoati tarmoqlari orasida yetakchilik qiladi. 
  Metall mahsulotlarining asosiy qismi esa Anshan, BaTou, Bensi, Baoshan, Pekin, Uxan, Shanxay kabi bir qator to`la siklli metallurgiya kombinatlari ishlab beradi. Umuman, Xitoy hozirgi vaqtda 400 mln. t dan ortiq po`lat ishlab chiqarmoqda. Bu ko`rsatkichga ko`ra u jahonda birinchi o`rinni egallaydi. 
  Rangli metallurgiyaning asosini alyuminiy, mis, qo`rg`oshin, rux kabi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Xitoy rangli metallurgiyasining mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalar Xitoyning sharqiy va shimoli-sharqiy rayonlarida joylashgan. 
  Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Xitoyda televizorlar, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobillar, kompyuterlar, turli o`lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlik sanoati markazlari Shanxay, Shenyan, Tyanszin, Pekin, Chanchun, Xarbin va boshqalardir. 
  Kimyo, neft-kimyo va qurilish materiallari sanoati mamlakatni mineral o`g`itlar, maishiy-rozg`or mahsulotlari, sement kabi mahsulotlar bilan bilan ta`minlashda katta yutuqlarga ega. Mamlakatda 300 mln. t dan ortiq ortiq neft qayta ishlanmoqda. 
  Yengil va oziq-ovqat sanoati Xitoyda hamisha yetakchi sanoat tarmoqlaridan bo`lib kelgan. Ayniqsa, to`qimachilik sanoati bu borada katta ko`rsatkichlarga ega. Jumladan, ip-gazlama sanoati (bu tarmoq to`qimachilik mahsulotlarining 90% ini yetkazib bermoqda) ishlab chiqarishda Xitoy jahonda eng yirik davlat hisoblanadi. 
  Qishloq xo`jaligi. Hozirgacha qishloq xo`jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim sohasi bo`lib kelmoqda. Unda 400 mln. dan ortiq mehnat yoshidagi aholi ish bilan band. Xitoy qishloq xo`jaligining asosiy qismi dehqonchilikdir. Unda esa donchilik tarmog`ining salmog`i eng katta. Jami ekin maydonlarining 80% i turli ekinlar bilan band. XXI asr boshida mamlakat bo`yicha 450 mln. t dan ortiq don mahsulotlari hosili olindi. 
  Jahon bo`yicha hisoblaganda cho`chqalarning 40% i, turli ish hayvonlari (ot, ho`kiz, tuya va boshqalar) ning 20% i, qo`y va echkilarning 16% i Xitoyga tog`ri keladi. 
  Transporti.Hozirgi vaqtda 60 ming km ga cho`zilgan mamlakat temiryo`llarida yil davomida tashilayotgan turli xo`jalik yuklari va yo`lovchilarning teng yarmi ana shu tarmoq hissasiga tog`ri kelmoqda. U, ayniqsa, Xitoyning markaziy rayonlaridan to eng chekka g`arbiy qismlarigacha yoyilgan hududlarini birlashtiradi. Uning temiryo`llari O`zbekiston orqali o`tadigan qadimiy Buyuk ipak yo`li mamlakatlarni bir-birlari bilan bog`lashda ham katta ahamiyatga egadir.
  Avtomobil transporti – Xitoyning ikkinchi transport tarmog`i relyef sharoiti juda og`ir bo`lgan baland tog` yoki cho`l rayonlarigacha kirib borganligida ko`zga tashlanadi. Mamlakatning dengiz qirg`og`i bo`yi rayonlarini bog`lashda va tashqi iqtisodiy aloqalarini olib borishda dengiz transporti asosiy o`rin tutadi. Shu bilan birga, Xitoyda hozirgi zamon transportining boshqa an`anaviy (daryo, quvur, havo, elektron) hamda noan`anaviy (ot-ulov, arava, velosiped kabi) tarmoqlaridan ham keng foydalaniladi. 
  Ichki tavofutlari. Xitoyni Sharqiy, Markaziy va G`arbiy iqtisodiy rayonlarga bo`lish mumkin. Shularning ichida Sharqiy iqtisodiy rayon o`zining tabiiy, ijtimoiy, demografik va iqtisodiy salohiyatiga ko`ra har tomonlama peshqadamlik qiladi. Mazkur rayonda mamlakat doirasida sanoat mahsulotlarining 95% i, qishloq xo`jalik mahsulotining 91% i, YIM ning 93,5% i ishlab chiqariladi. Bu o`rinda, ayniqsa, dengizbo`yi hududlari, yirik shaharlar Shanxay, Pekin, Tyanszin, Guanchjou erkin iqtisodiy zonalar sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив