loading...

O‘rta Osiyo iqlimi. Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 

12805

O‘rta Osiyoning iqlimi juda rang-barang. O‘lkaning shimoliy qismida hali qish hukmron bo‘lib turgan vaqtda uning janubida va tog‘ oralig‘idagi vodiylarda daraxtlar gullab, bahor fasli boshlangan bo‘ladi. O‘rta Osiyo o‘lkasidagi iqlimiy sharoit, asosan, quyidagi omillar ta’sirida vujudga kelgan: joyning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi, havo massalarining harakati, joyning relyef tuzilishi.

O‘lkaning geografik o‘rni va Quyosh radiatsiyasi. O‘rta Osiyo Yevrosiyo materigining deyarli qoq markazida joylashgan. Bu uning aynan shu kenglikda joylashgan boshqa hududlarga nisbatan Quyoshdan ko‘proq radiatsiya olishiga sabab bo‘ladi.

Quyoshning yer yuziga tushadigan nur energiyasi va issiqligi Quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Quyosh radiatsiyasining miq dori muayyan vaqt mobaynida 1 sm.kv  yer yuzasiga kaloriya miqdorida tushgan nurli energiya bilan ifodalanadi.

Quyosh radiatsiyasining yer yuzasida taqsimlanishi geografik kenglikka bog‘liq, chunki quyosh nurlarining yer yuzasiga qanday burchak ostida tushishi hamda turli yerlarda kunning uzoqligi geografik kenglikka bog‘liq. Quyosh nurlari yer yuzasiga qancha tik tushsa, xuddi shu joy muayyan vaqtda ko‘p issiqlik oladi.

O‘rta Osiyo shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasidagi kunning uzunligidagi eng katta farq yozgi va qishki quyosh tushishi kunlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, dekabrning oxirida o‘lkaning chekka janubiy qismlarida kun shimolga nisbatan taxminan 1 soat-u 10 minut uzun, iyun oyining oxirida esa, aksincha, 1 soat-u 50 minut qisqa bo‘ladi.

Joyning geografik kengligi shu hududda joylashgan yer yuzasiga tushishi mumkin bo‘lgan quyosh energiyasi miqdorini belgilaydi. Lekin quyoshdan keladigan energiyaning hammasi ham yer betiga yetib kelmaydi. Uning 20 foizga yaqin qismi yer yuziga tushmay, havo qobig‘idan yana fazoga qaytib ketadi. Quyosh nurlarining bir qismini havodagi suv bug‘lari, changlar, shuningdek, bulutlar yutadi va tarqatib yuboradi. Natijada atmosferada tarqoq radiatsiya vujudga keladi.

Quyoshdan yer betiga bevosita yetib kelgan radiatsiya to‘g‘ri radiatsiya deyiladi. Yer yuziga to‘g‘ri radiatsiya ham, tarqoq radiatsiya ham tushadi.  Yer yuzasiga tushadigan tarqoq radiatsiya bilan to‘g‘ri radiatsiya birgalikda yalpi radiatsiya deb ataladi. Yalpi radiatsiya Qoraqum cho‘lining janubida 1 sm.kv  yuzada 150 kkal issiqlikka teng. Yalpi radiatsiya shimolga tomon kamayib boradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив