loading...

Ko‘llari, suv omborlari va yerosti suvlari 

25788

O‘zbekistonda ko‘llar hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan. Ularning aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ko‘proq daryo vodiylari bo‘ylab joylashgan. Ko‘llar paydo bo‘lishi jihatidan xilma-xildir. Tog‘lardagi ko‘llar tektonik, to‘siq (to‘g‘on) va morena ko‘llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko‘llar yoki zovur-drenaj suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan. O‘zbekistondagi tektonik yo‘l bilan vujudga kelgan eng katta ko‘l Orol ko‘lidir.

Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko‘llari Orol, Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydarko‘l, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi oqimidagi Dengizko‘l, Qoraqir,  Sho‘rko‘l, Farg‘ona vodiysidagi Axsikentko‘l, Damko‘l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudochye, Ulug‘sho‘rko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, ular suv yuzasining maydoni bir necha yuz gektardan bir km.kub  gachani tashkil etadi.

O‘zbekistonda sun’iy suv havzalari — suv omborlari ham ko‘p. Ularning eng muhimlari Tuyamo‘yin, Chordara, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz va boshqalardir. Bu suv omborlari, asosan, daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to‘plab, yozda ekin dalalariga berish maqsadida qurilgan.

Respublikamizda yerosti suvlari — grunt (sizot suvlari), artezian (qatlamlar orasidagi) suvlaridan va mineral suvlardan iborat. Artezian suvlari ko‘pincha toza va chuchuk bo‘ladi.

Grunt suvlari yer betiga yaqin joylashgan paytda buloq bo‘lib oqib chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Grunt suvlari yog‘inlar, daryo, ariq, ko‘l, suv omborlarining suvi yerga shimilishidan hosil bo‘ladi.

Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo‘lib, bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko‘proq botiqlarda to‘planadi va bosim ostida bo‘lganligi sababli otilib chiqadi. Bunday suvlar artezian suvlari deyiladi. Qatlamlar orasidagi suv grunt suviga qaraganda toza, chuchuk va tiniq bo‘ladi.

Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasidagi 1500-3000 m  chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan. Bu suvlarning harorati +40, +70°C ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota, vodorod sulfid, yod, brom, litiy, bariy va h. k.) bor. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 60 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. Bularning eng muhimlari Toshkent, Chortoq, Farg‘ona, Chimyon, Jayronxona, Oltiariq va boshqa mineral suvlaridir.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив