O`qituvchilarga yangi tahrirdagi metodik qo`llanma
Aziz hamkasblar! Yaqinda
A.Soatov, R.Qurboniyozov, M.Mirakmalov va E.Nazaraliyeva hammuallifligida tayyorlangan 6-sinf
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan o`qituvchilar uchun mo`ljallangan yangi tahrirdagi metodik qo`llanma nashrdan chiqdi.
Metodik qo`llanma Respublika Ta`lim markazi
qoshidagi "Tabiiy va aniq fanlar bo`limi” geografiya fani yo`nalishidagi
Ilmiy-metodik kengashining 2012-yil 31-maydagi qaroriga ko`ra tasdiqlangan va
qo`llanma qayta ishlangan variant ochiq savdo uchun tavsiya etilgan.
Maktab o`quvchilarining
puxta bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishlari o`qituvchining pedagogik mahoratiga
bog`liq. Barcha dunyoviy bilimlarni egallashda geografiya fani ustivor
ahamiyatga ega. Shu bois geografik bilim "fan→o`qituvchi→o`quvchi” tizimi
orqali o`zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, o`quvchi dastlabki bilimni
o`qituvchisi orqali oladi. Binobarin,
o`qituvchining o`zi chuqur geografik bilimga, yuksak malaka va ko`nikmaga eha
bo`lishini, ilg`or pedagogik texnologiyalarni mukammal o`zlashtirgan bo`lishini
davr talab qilmoqda. Bu yangi asrning yangi avlodini tarbiyalash borasidagi
talabi desak, xato qilmaymiz.
Darhaqiqat, geografiya fani o`qituvchisi
mazkur kursni o`qitish jarayonida muayyan metodik ko`rsatmaga tayanishi,
o`quvchilarga beradigan geografik bilimlarni tizimli va mantiqan to`g`ri
tuzilgan reja asosida berishi muhim ahamiyatga ega. 6-sinfning "Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi” kursidan o`qituvchilar uchun tayyorlangan mazkur
metodik qo`llanmada ana shu jihatlar hisobga olingan.
Mazkur metodik qo`llanmada 68 soatga
mo`ljallangan barcha mavzularga oid darsni o`tish yo`riqnomasi berilgan. Ushbu
yo`riqnomalarga ijodiy yondashib pedagogik faoliyat olib borilsa, geografiya
ta`limida ijobiy samaraga erishish mumkin.
Respublika Ta`lim markazi
Murojaat uchun telefon: (+99897)
739-08-11
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.