Choyxo`rlarga 10 taqiq
- Och qoringa choy ichish mumkinmas. Ayniqsa, oshqozon xastaliklaridan aziyat chekuvchilarda kasalliklarning tuzalishi kechikadi.
- Qaynoq choy tomog`ingizni, qizilo`ngach va oshqozonni kuydirishi va bu a`zolarga xos kasalliklarning kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkin.
- Sovuq choy. Aslida choy kishiga tetiklik baxsh etib, uning miya faoliyatini faollashtirishi kerak. Ammo bu ichimlikning me`yordan ortiq sovuqligi sizni battar lanj qilib, ko`proq ter yig`ilishiga sabab bo`ladi.
- Achchiq choyda kofein va tanin moddalari yuqori darajada bo`lishini unutmang.
- Uzoq vaqt turib qolgan choy. Bu ichimlik tarkibida polifenol va efir yog`lari oksidlanishni boshlaydi, uning rangi va ta`mi ham o`zgaradi, ozuqaviy qiymati kamayadi. Eng yomoni, o`zi bilan birga organizmga mikroblarni ham olib kirishi mumkin.
- Quruq choy shamasini qayta-qayta damlash. har gal choydan foydalanganda uning foydasi kamayaveradi, 50%, 30%, 10% ko`rsatkich darajasida.
- Ovqatdan avval choy ichmang. Yaxshisi, 20-30 daqiqa oldin choyxo`rlik qiling.
- Kechki choyxo`rlikdan voz keching. Uxlashdan oldin ichilgan choy ekzema, til yarasi, milklar qonashi, tomoq og`rig`i kabilarga sabab bo`lishi mumkin.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.